Dinshunoslikka


Mistik qatlamda ma’naviy ideal va o‘zlikni bilish muammo-



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
Dinshunoslikka kirish

2. Mistik qatlamda ma’naviy ideal va o‘zlikni bilish muammo-
sining yechilishi. 
Diniy dunyoqarashning naqliy qatlami mazmu­
nini, yuqorida ko‘rganimizdek, diniy madaniyat uchun poyde­
voriy ahamiyatga ega bo‘lgan, Najmiddin Kubro «shattorlar» 
deb atagan kishilarning diniy tajribalarida erishiladigan oliy ru­
hiy mazmun, ya’ni oliy g‘oyalar va eng sof ezgu tuyg‘ular birli­
gi tashkil etadi. Bu ruhiy mazmunning o‘zagini esa payg‘ambar­


193
lar eng oliy substansiyadan (Xudodan, Mutloqiyatdan, Eng oliy 
ezgulikdan) bevosita yoki bilvosita (farishtalar vositasida) subyek­
tiv ra vishda, ya’ni o‘z chuqur ichki kechinmalarida («jazba» ho­
latida) qabul qilib oladigan vahiylar mazmuni tashkil etadi. Bu 
ruhiy mazmun chuqur ichki («ezo») kechinmalar bilan uzviy eka­
ni nazarda tutilib, falsafada ezoterik, ya’ni ichki bilim deyila­
di. Ushbu mazmunning o‘ziga xosligini talqin etish uchun yana 
intuitsiya, irratsionallik, mistika, mifologiya, mo‘jizaviy nurlanish 
(yorishuv), transsendensiya, vahiy, hol, ekstaz va h.k. tushuncha­
lari ham ishlatiladi.
Eng oliy substansiyadan (Xudo) qabul qilib olinadigan bunday 
ruhiy mazmun, ya’ni oliy g‘oyalar va tuyg‘ular oddiy tafakkur, 
ayniqsa sezgilar va empirik tajribalar vositasida hosil qiladigan 
obyektiv bilimga nisbatan behad yuksakligi va sirliligi (misti­
ka, mo‘jizaviyligi) va oddiy mantiq tilida 
ifo dalash mumkin emasligi bilan ajralib 
turadi. Shu ma’noda bu bilim din struk­
turasining mifologik (naqlda yoki sim­
vollarda ifodalanuvchi) mistik mag‘zini 
tashkil etadi.
Ruhiy bilimning «jazba» holati bi­
lan uzviyligini nazarda tutgan so‘fiylar 
esa «hol ilmi» deydilar. Ushbu bilimning 
sinkretik tabiatini, ya’ni borliqni ratsio­
nal tafakkurdagi kabi analitik emas, balki 
yaxlit birlikda qabullash bilan bog‘liqligini 
nazarda tutib esa vahdat (birlik) yoki tav­
hid (birlashuv) ilmi ham deydilar. Bunda 
bilimning «diniy tajriba» natijasida Xudo 
bilan birlashuv, ya’ni «jazba» («hol») ho­
latida namoyon bo‘lishi nazarda tutiladi.
Fransuz olimi A.Massening Qur’on 
uralari va hadislarni o‘rganish asosi­
da chiqargan xulosasiga ko‘ra dinning 
Qodiriy tariqatiga 
ko‘ra murid «Alloh» 
lafzini qalbiga jo
qilishi lozim bo‘ladi


194
ezoterik qatlami aslida Odam Atodan, islom dinida esa Muham­
mad (s.a.v.)dan boshlangandir. Qadimgi manbalardan ma’lum 
bo‘lishicha aslida yagona dastlabki umumjahon Hikmati mavjud­
dir va u eng qadimgi muqaddas kitoblar mazmunidan o‘rin olgan. 
Bular qatoriga Misrning Germetik kitobi, Hindiston Purana­
lari, Xaldeyning «Sonlar kitobi» va h.k. bor. Aurobindo Gxosh­
ning ko‘rsatishicha, Vedalarning o‘zagini ham yashirin, sirli ru­
hiy mazmun tashkil etgan va Vedalarning o‘zida bunga ko‘plab 
ishoralar bor.
Bundan tashqari, ko‘p ezoterik manbalarda ta’kidlanishicha, 
ezoterik bilim barcha dinlarning yagona umumiy asosini tashkil 
etadi va payg‘ambarlarga va mistiklarga ular qismiy, o‘z davri va 
sharoitiga muvofiq ravishda nuzul etishi haqidagi g‘oya oldinga 
suriladi. Masalan, fransuz ezoterik faylasufi va so‘fiysi R.Genon­
ning aytishicha, Vahdat ilmi juda qadimiy bo‘lib, uning g‘oya­
lari asrlar osha avloddan avlodga uzatilib keladi. Shu ma’noda 
dinlarning ichki, ezoterik asosida (siyratida, mohiyatida, ildizda) 
prinsipial farq yo‘q, farq faqat ularning qaysi shariat, qaysi davr 
uchun nuzul etganida, ayniqsa ularning aqidalarida, dogmalari­
da, ifodalanish shakllarida, rasm­rusumlarida, udum va maro­
simlarida, ya’ni tashqi ko‘rinishlarida (suvratlarida) xolos.
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning «Men Ibrohim dinida­
man», «Iso bilan men ota bir ona boshqa birodarlarmiz» kabi 
hadislari ayni shunday g‘oyalarni asoslash uchun yetarlidir. Bu 
hadislar barcha dinlarning ezoterik o‘zagi tolerant xarakterga ega 
ekanini ko‘rsatadi. Ayni paytda mazkur hadislar va Qur’on karim 
«Moida» surasining «Bugun sizlarning diningizni komil qildim, 
ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun Islom­
ni din qilib tanladim» degan 3­oyati esa, o‘z navbatida, mazkur 
tole rantlik ayniqsa Islom diniga ko‘proq xosligini va bu din bar­
cha avvalgi dinlardan behad yuksakligini ham ko‘rsatadi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin