O‘zlikni bilishga olib boradigan yo‘lning uchinchi bosqichida
kishida taqdirga tan berish, sabr qilish, shukur qilish sifatlari (naf
si mutmaina) namoyon bo‘ladi. Ya’ni bunda inson o‘zining uchinchi,
ya’ni taqdirdan qo‘rqish, besabrlik, noshukurlik kabilardan tashkil
topgan po‘stidan ham xalos bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqichda saxovatpesha, shirinso‘z, itoatgo‘y, qa
noatli, toatibodatli, sofdil inson namoyon bo‘ladi. (Bu nafsi mul
199
hama, ya’ni ilhomlangan nafs bosqichidir.) Tasavvuf ta’limotida
o‘z ruhiy taraqqiyotida ayni shu bosqichga yetgan inson Xudo
ning sharofatiga sazovor bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Shu bosqichga qadar kechgan jarayonni ontologik jihatdan
ham tasavvur etish mumkin. Bu masalani to‘laroq va chuqur
roq tushunish imkonini beradi. Buning uchun hind falsafasi
ning gunalar haqidagi g‘oyalarini yana bir bor esga olish kerak.
Ilgari ham ayt ganimizday, ushbu ta’limotga ko‘ra inson tanasi
(umuman, materiya) sattva guna, rajas guna va tamas guna deb
atalgan uch xil substansiyaquvvatdan tashkil topgan. Bulardan
bi rinchisi, ya’ni sattva guna insondagi ijobiy, yorug‘ tuyg‘ular
ning (ko‘ngil xushligi, xotirjamlik, xushchaqchaqlik kabilar ning)
asosi ni tashkil etadi. Rajas guna inson irodaviy, faol intilish va
harakatlar va ular tufayli yuzaga keladigan tuyg‘ular (uqubat,
xavfu xatarlar, ehtiros kabilar) asosida yotadi. Tamas guna esa
inson vujudidagi nofaol, salbiy asos bo‘lib, u loqaydlik, befarq
lik, jaholat, turg‘unlik (tepsatebranmaslik), noaniqlik (xiralik),
qorong‘ulik kabilarni tashkil etadi.
Turli odamlar vujudida bu quvvatlar turli proporsiyada taqsim
langan deb qaraladi. Hozirgi psixologiya bularni temperament
tip lari deb ataydi. Lekin psixologiya ularni yuzaki xarakterlash
bilan cheklanadi, kelib chiqish sabablari, mohiyatini chuqur bi
lishga hozircha erishmagan. Shuning uchun u kishi o‘z tempera
ment tipini o‘zgartirishi mumkinligini inkor etadi. Vaholanki,
ezoterik ta’limotlarda insondagi ana shu quvvatlarni transformat
siyalash, ularni ijobiy quvvatlarga aylantirish borasida ko‘p asrlar
mobaynida samarali ishlar olib borilgan.
Shu tariqa nafsi ammora va nafsi lavvomadan qutulgandan (bi
rinchi va ikkinchi bosqichlaridan o‘tilganidan) keyin, ya’ni kishi ra
jas va tamas gunalarning ta’siridan xalos bo‘lganidan keyin asosan
faqat sattva guna qoladi. Sattva guna esa keyingi evolutsiya uchun
zamin bo‘ladi. Ushbu guna (quvvat) yordamida kishini saxovatpe
sha, shirinso‘z, itoatgo‘y, qanoatli, toatibodatli, sofdil insonga ay
lantiradi, ya’ni unda sof ijobiy temperament hosil bo‘ladi.
200
Shuningdek, ayni shu bosqichda kishida uning tug‘ma moyilligiga
qarab o‘ziga xos ijodiy qobiliyat (rassomlik, bastakorlik, shoirlik, in
tellektual intuitiv bilim va h.k.) uyg‘onadi. Vaholanki, keyingi ilmiy
tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ijodning, ayniqsa, hozirgi davr
dagi nafaqat shaxs, balki jamiyat hayotidagi ahamiyati beqiyos. Ze
ro, aynan ijod shaxsda noadaptatsion (turg‘unlashib, to‘xtab qolgan
sharoitga moslashuvning aksi bo‘lgan) faollikni, o‘zidagi hayotiy quv
vatni his etishni, voqelikka estetik (nafosat, go‘zallikni his etgan hol
da) yondashishni, atrofidagi katta ko‘pchilik ruhiyatiga ko‘tarinkilik
baxsh etuvchi ijobiy muloqotda bo‘lishni, bir so‘z bilan aytganda, eng
murakkab hayotiy sharoitlarda ham «yashash jasoratiga» egalikni
ta’minlaydi. Shu ma’noda ijodiy qobiliyat kishilari konkret jamiyat
ning hayotiyligini ta’minlovchi kuchlarini o‘zida gavdalantiradilar.
Dostları ilə paylaş: |