Dinshunoslikka


O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
Dinshunoslikka kirish

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
1. «Mistitsizm» so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
2. So‘fiylik islomdagi qanday oqim hisoblanadi?
3. So‘fiylikning paydo bo‘lishi va shakllanishi qaysi davrni 
qamrab oladi?
4. Mistik qatlamda ma’naviy ideal va o‘zlikni anglash muam­
mosiniy yechilishi qanday asosga ega?
5. Tasavvufda murid haqqa yetish yo‘lida bosib o‘tishi lozim 
bo‘lgan necha bosqich mavjud?
Adabiyotlar
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf 
haqida tasavvur. – T.: «Sharq», 2005.
2. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. – T.: 
Yozuv chi, 1996.
3. Globallashuv sharoitida tariqatlar: ta’limot va uslub­
lar, tahlil va xulosalar / Mas’ul muharrir: I.Usmonov. – T.: 
Movarounnahr, 2014.
4. Tasavvuf atamalari izohli lug‘ati / Mas’ul muharrir: I.Us­
monov. – T.: Movarounnahr, 2015.


206
14-MAVZU. DIN VA SAN’AT
Reja:
1. Diniy qadriyatlar va tasviriy 
san’atning inson ma’naviy hayoti­
da tutgan o‘rni.
2. Din va musiqa munosabatlari.
3. Diniy arxitektura san’ati.
Tayanch tushunchalar:
tasviriy 
san’at va din, diniy arxitektura, 
Qadimgi Ahd, Psalom, sinagoga, 
Aron Kadesh, Ner Tamid, Bima, monastir, altar, prestol, masjid, 
mehrob, Masjidi Aqso, Masjidi Nabavviy, Masjidi Xarom.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarga diniy qadriyatlar va tas­
viriy san’atning inson ma’naviy hayotida tutgan o‘rni, din va mu­
siqa munosabatlari, diniy arxitektura san’ati bo‘yicha ma’lumot­
lar berish.
1. Diniy qadriyatlar va tas-
viriy san’atning inson ma’naviy ha-
yotidagi o‘rni.
Insonda tabiat, jami­
yat va odamlarni qadrlash tuyg‘usi 
bor. Qadriyatning mazmuni o‘z 
navbatida kishilarning ehtiyojlari, 
maqsadlari bilan bog‘liq. Inson ni­
maningdir qadrini baholayotga­
nida o‘z ehtiyojlari, maqsadlari­
dan kelib chiqadi. Shuningdek, 
kishilarning qadriyat haqidagi fikri subyektiv va nisbiydir. Chun­
ki jamiyat rivojida tarixiy zaruriyatga mos ravishda goh u, goh bu 
qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning oldingi pog‘onasiga chiqib oladi.
Din borliqni yaratuvchi, boshqaruvchi, adolatning yuk­
sak namunasi sifatida Haqiqat, Ezgulik, Go‘zallik, Muqaddas­
lik va boshqa tushunchalar orqali tasavvur qilinadigan buyuk 
ma’naviy­ruhiy qadriyatdir.
Uqba masjidi (Tunis)
mehrobi


207
Xudoga bo‘lgan e’tiqod insonga ilohiy qonunlarni belgilay­
diki, natijada inson yuksak diniy e’tiqodi tufayli Xudo tomo­
nidan yuborilgan axloqiy qonunlarni muqaddas qadriyat sifati­
da qabul qiladi. 
Zardushtiylik, monaviylik, buddaviylik, vedizm, hinduizm, 
xristianlik hamda islom dinlari qadriyatlarining tasviriy san’at 
turlari bilan ham integratsiya holatlari mavjuddir. Dinlarda axlo­
qiy­estetik qadriyatlar borki, bu kishilarning ma’naviyatiga kuchli 
ta’sir etadi. San’at esa diniy, ma’naviy qadriyatlarning aksariyati­
ni o‘z uslubiga ko‘ra ifodalaydi. 
Tasviriy san’atning u yoki bu tu­
rining takomillashishi taraqqiyoti yoki 
tanazzuli jamiyat mafkuraviy hayoti­
ga bog‘liq. San’at tarixiy bosqichlar­
da mafkura vositachisi sifatida faoliyat 
ko‘rsatgan. O‘z davrida mafkura san’at 
rivojiga ta’sir qilib, ba’zi davrlarda ijod­
kor iste’dodiga samarali ta’sir ko‘rsat­
sa, ba’zan mustabid ruhdagi qarashlar 
ijodkor faoliyatini cheklab qo‘ygan.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin