Ba’zi musulmon jamiyatla
rida sekulyarizatsiya jarayonini
jadallashtirib yuborilishi aholi
ga bu hodisaning «mag‘zini
chaqish» imkonini bermadi,
aksincha, ularning qarshisi
ga «sekulyarizatsiya – diniy
erkinlikmi yoki diniy e’tiqod
ga nisbatan qaratilgan tajovuz
mi?» degan savolni ko‘ndalang
qo‘ydi.
265
O‘z navbatida, aksariyat
musulmon ulamolar tomonidan
umumiy shaklda, sekulyarizat
siya jarayoniga nisbatan salbiy
munosabat bildirilgan bo‘lishiga
qaramay, uning mohiyatini yori
tishda mazkur hodisaning ijobiy
jihatlari ham mavjudligini e’tirof
etgan holda, xolis yondashilga
niga guvoh bo‘lish mumkin.
Birinchi jihat (sekulyarizat
siyaning zararli ta’siri) bo‘yi
cha o‘ziga xos tadqiqot olib bor
gan musulmon ulamolardan biri
Yusuf Qarazoviydir. Bu haqda,
u o‘zining «Ummatga yetayot
gan zararli tashqi ta’sirlarning yechimi» («Alhulul almustavra
dah va kayfa janat alaa Ummatina») nomli asarida quyidagicha
fikr bildiradi: «Sekulyarizm xristian jamiyatida xayrihohlik bilan
qabul qilingan bo‘lishi mumkin. Lekin, u hech qachon musul
mon jamiyatida ommaviy ravishda yaxshi qarshi olinmadi. Bu
xristianlik dini islom dinidagi kabi inson hayotining barcha jab
halariga tegishli muammolarga yechim topib beradigan tartiblan
gan diniy qoidalar tizimi – shariatga ega emasligi bilan bog‘liq»
1
.
Shu bilan birga, Qarazoviy mazkur to‘xtamga aynan xristian
lik dinining muqaddas manbayi Injilning ba’zi oyatlari bilan ta
nishish vositasida kelganini ta’kidlab o‘tadi. Qarazoviy e’tibor qa
ratgan oyatda kelishicha, havoriylar Iso payg‘ambar (a.s.) huzuriga
kelib, undan «Qaysar (Rim imperatori)ga soliq to‘lash dinga mu
vofiqmi yoki yo‘q», deb so‘rashganida, ularning birining qo‘lida
gi dinor tangaga tushirilgan rasmni ko‘rsatib: «Bu sur’at va yozuv
kimniki?» – deb so‘radi. – Qaysarniki, dedilar. – Unday bo‘lsa,
1
O‘sha asar. – R. 52.
266
Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar,
– dedi Iso payg‘ambar»
1
. Qarazoviy ushbu oyatdan shunday xu
losaga keladiki, xristianlar uchun din va davlat masalalari diniy
ko‘rsatma asosida ajratib qo‘yilgani ularning sekulyarizatsiya ja
rayoniga moslashish sharoitini musulmonlardan ko‘ra yengil ke
chirishlariga sabab bo‘ldi, chunki, musulmonlar hayotlari davomi
da tug‘iladigan har qanday masalani barcha zamon va makonga
yaroqli diniy qonunchilik (shariat)ga muvofiq hal qilishga buyuril
gandirlar. Musulmonlar islomiy qonunqoidalar o‘rniga o‘zgacha
tamoyil va normalarga binoan o‘z hayotlarini tashkil etishlari esa
islom dinining mohiyatiga nisbatan zid holatdir
2
.
Musulmon davlatlarining dinga rasmiy munosabatlarini ifodalovchi xarita
Biz o‘rganayotgan mavzu – sekulyarizatsiya jarayoniga nisba
tan o‘ziga xos munosabat bildirgan musulmon olimlardan yana
biri Toriq Ramazon hisoblanadi. Toriq Ramazon mazkur masala
ning mohiyati (islom diniga zid tushuncha ekanligi) borasida
Yusuf Qarazoviy bilan hamfikr bo‘lsada, biroq, muammoning
1
Injil. Matto. 22:21. Turkiya muqaddas kitob jamiyati, 1996.
2
Gabriele Marranci. Bryan S. Turner. Muslim Societies and the Challenge of
Secularization: An Interdisciplinary Approach. –N.Y., 2010. –P. 53.
267
yechimini topishda uning boshqa jihatlariga ham e’tibor qarat
gani bilan Yusuf Qarazoviydan farq qiladi. Ushbu ikki musulmon
olimining sekulyarizatsiya jarayoniga nisbatan bildirgan munosa
batlarini o‘rgangan sharqshunos Gabriel Maransi (Gabriele Mar
ranci) fikriga ko‘ra, bu borada ikki olim o‘rtasidagi juz’iy farq,
birinchidan, Toriq Ramazon Yusuf Qarazoviyga qaraganda Yev
ropa jamiyatida ko‘proq hayot kechirgani va u yerda musulmon
lar to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan shunga mos
ravishda xabardor hamda tajribaga ega ekanligi, ikkinchidan, u
Yevropa mamlakatlarida «dinni davlatdan ajralganligi» tamoyili
ga amal qilinishi ko‘p bor takrorlansada, lekin, Yevropa siyosati
da «dinning jamiyatdagi vazifasi» mavzusi eng qizg‘in muhoka
ma ostidagi masala bo‘lib turganiga asosiy e’tiborni qaratganligi
bilan bog‘liq
1
.
Toriq Ramazon «sekulyarizatsiya jarayoni» islom diniga mut
laqo zid tushuncha emasligini ta’kid
lab, quyidagilarni aytadi: «Sekulyari
zatsiya – diniy erkinlik tamoyilini
qo‘llabquvvatlovchi Yevropa jamiyati
ning asosiy xususiyatidir. Musulmon
lar esa diniy ko‘rsatmalarni bajarish
da haddan oshishdan va sustkashlik
qilishdan qaytarilib, balki, bu bora
da mo‘tadil yo‘lda yurishlikka buyuri
ladilar. Yevropa qonunlari musulmon
larni o‘z dinlariga e’tiqod qilish va
uning ko‘rsatmalarini ado etishlaridan
qaytarmaydi, aksincha, ular (qonun
lar) insonlarning xohlagan dinga
e’tiqod qilish yoki qilmaslik huquqi
ga ega ekanliklarini kafolatlab, uning
1
Gabriele Marranci. Bryan S. Turner. Muslim Societies and the Challenge of
Secularization: An Interdisciplinary Approach. – N.Y., 2010. – P. 54.
Bir musulmon olimlar fikricha,
zamon bilan hamnafaslik islom
dini mohiyatiga mos keladi
268
amalga oshishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, erkinlik islom dini
ga ham xos birlamchi prinsipdir. Bu fikr tasdig‘ini islom tarixi
da cherkov kabi mutlaq hokimiyat asosida faoliyat olib borgan
birorbir siyosiy institut bo‘lmaganligida ko‘rish mumkin. Bu ji
hatdan (erkinlik masalasida) sekulyar hamda islomiy qonunqoi
dalar o‘rtasida sezilarli farqni uchratish mushkul. Shu bilan birga,
yuqoridagi mulohazani sekulyarizatsiyaga nisbatan xayrixohlik
yoki dinni kamsitish, deb emas, balki, in
soniyatga qarata «dinga majbur qilish yo‘q,
zotan, haq botildan ajradi...» (2:256), deya
xitob qilgan islom dinining mohiyatini to‘g‘ri
tushuncha va talqin asosida o‘rganishlikka
targ‘ib sifatida tushunish lozim»
1
.
Demak, Yusuf Qarazoviy va Toriq
Rama zonning musulmonlik pozitsiyasi dan
turib sekulyarizatsiya jarayoniga nisbatan
bildirgan munosabatlaridan shunday xu
losa qi lish mumkinki, bu borada ular ning
o‘rtasida sezilarli farq ko‘zga tash lanmaydi.
Ikki musulmon olimi ham islom dini inson
turmushining barcha jabhalarini qamrab
olganligiga tamoman ishonadilar hamda
hayotni dunyoviy va diniy sohaga ajratish
ni noto‘g‘ri, deb hisoblaydilar. Shuningdek,
ularning ikkisi ham zamo
naviy dunyo
da musulmonlar o‘z e’tiqodla riga muvofiq
hayot kechirishlari uchun o‘rta yo‘lni bel
gilab olishlari zarurligiga alohida urg‘u be
radilar. Chunki, ularning fikriga ko‘ra,
musulmonlar o‘zlari uchun mazkur mo‘ta
dil yo‘lni belgilab olishlari insoniyatni
dunyodan ajralib qolish (mutaassiblik)dan
1
O‘sha asar. – R. 55.
269
hamda birbirlariga zulm qilish (ekstremizm)dan qaytaradi
gan, shu bilan birga, moddiy ne’matlardan foydalanib, tana
ning huzur topishini ta’minlash tiriklikdan ko‘zlangan aso siy
maqsad, deb e’tiqod qiladigan toifalar (ateizm)ning davosini
rad etadigan islom dinining mohiyatini to‘g‘ri tushunish yo‘li
da muhim ahamiyatga egadir
1
.
Dostları ilə paylaş: |