258
ramz
lar va tashkilotlarning ahamiyati hamda nufuzi susayi
shini bildiradi. Ikkinchidan, u diniy va dunyoviy masalalarni
o‘rtasini muvofiqlashtirishga bo‘lgan harakatdir. Uchinchidan,
u din insonning o‘z shaxsiy ishi ekanligini hamda diniy e’tiqod
va histuyg‘ular bilan boshqalarga ta’sir ko‘rsatishga urinish
kishilarning vijdon erkinligiga xilofligini ifodalaydi. To‘rtinchi
dan, bu tushuncha avvallari mutaassib
dindorlar tomonidan
«ular haqida savol be rish shakkoklik», deb baholangan borliq,
olam, Yer shari va inson yaralishi bo‘yicha ilmiy yangiliklar ning
kashf etilishini angla tadi. Beshinchidan, u dunyoning desakrali
zatsiyalash, ya’ni, ijtimoiymadaniy va iqtisodiysiyosiy munos
abatlarga ularni diniy ahamiyat kasb etishi nuqtayi na zardan
emas, balki,
ularga dunyo
viy tutgan o‘rni jihatidan yonda
shishdir. Masalan, nikoh Yer yuzidagi barcha dinlarda muqad
das maqomga ega sanaladi, lekin, dunyoviy jihatdan esa u ik
ki tomonning roziligi bilan tuzilgan shartnoma asosida erkak
va ayolni o‘zaro birga yashashlarini ta’minlovchi qonunchilik
tizimidir. Oltinchidan, sekulyarizatsiya an’anaviy qadriyatlarga
nisbatan e’tiqoddan uzoqlashish shaklida diniy tartibdagi hayot
dan dun yoviy turmush tarziga o‘tishning namoyon bo‘lishidir»
4
.
Shuningdek, mutaxassislarning fikriga binoan, «sekulyari
zatsiya» so‘zi lug‘aviy jihatdan «dunyoviylashuv», «cherkov
ta’siridan xalos bo‘lish» ma’nolarini bildiradi. Atamashunoslik
nuqtayi nazaridan esa «sekulyarizatsiya» atamasi «cherkov va
monastirlar qaramog‘idagi yer, molmulk doirasidan chiqish»ni
anglatadi
5
.
Yu. A. Kimelevaning «Философия религии» nomli ishida ush
bu ijtimoiymadaniy hodisaning mohiyati quyidagicha yoritilganligi
4
Hamilton M. The Sociology of Religion. –N. Y.
Routledge, 1995. – P. 187
2
Богданова О.А. Процесс секуляризации и кризис личности в западной
культуре XX века: Монография/ Рост. гос. экон. унив. – Ростовн/Д.,
2001. С.10.
259
ni uchratish mumkin: «Sekulyarizatsiyaning mazmuni diniy ham
da nodiniy ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida tafovutning yuzaga kelishi va
kundalik hayotdagi dinning hal qiluvchi roli yangicha madaniy nor
malar bilan almashganida namoyon bo‘ladi. Birinchi jihatga ko‘ra,
sekulyarizatsiya turli ijtimoiy institutlar o‘z faoliyatlarini diniy tash
kilot (ya’ni, diniy normalar)dan mustaqil ravishda olib borishlarini
anglatsa, ikkinchi jihatga binoan, insonning shaxsiy hayotida din
ning ahamiyati yo‘qolishini bildiradi».
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bugungi kunda bir necha muta
xassislar tomonidan sekulyarizatsiyaning yuzaga kelishi omillari
ko‘proq G‘arb madaniyati bilan bog‘lanib, an’anaviy xristianlik
diniga darz ketishi sifatida baholanmoqda. Sekulyarizatsiyaning
mohiyatini yoritishga qaratilgan bunday yondashuvlar «Postsovet
hududidagi noan’anaviy dinlar» mavzusi doirasida o‘tkazilgan
«Stol atrofida» («Круглого стола») nomli anjuman materialla
rida ham o‘z ifodasini topdi: «Yevropada xristianlik dini an’anala
ri ta’siri ning zaiflashishi, odatda, sekulyarizatsiya jarayoni bi
lan bog‘lanmoqda. Ammo, shu o‘rinda savol tug‘ila diki, mazkur
jarayonning yangi noan’anaviy diniy harakatlar ning tarqalishi
ga qanday aloqasi bor? Chunki, ba’zi tadqiqotchilar sekulyari
zatsiyani «insonni ilohiylashtirish», deb atamoqdalar.
Bundan
ko‘rinadiki, sekulyarizatsiya inson hayotida diniy qadriyatlar
ahamiyati yo‘qolishiga sabab bo‘lishi bilan birga, yangi diniy
harakatlarning tarqalishiga omil bo‘lmoqda.
Misol uchun, sink
retizm – bir tomondan, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi kishilar
ning birlashishi, ikkinchi tomondan, chegaralangan insoniy ta
fakkur shakliga nisbatan diniy nizomni ustun sanaguvchi ilohiy
maqomga qaratilgan shikoyat sifatida vujudga kelgan –
falsafiy
ta’limoti yuqoridagi fikr tasdig‘idir»
1
. Biroq, yuqoridagi jum
lalarda zamonaviy G‘arb jamiyati rivojlanishi bilan xristianlik
1
Нетрадиционные религии в посткоммунистической России. Материалы
«Круглого стола» // Вопросы философии. № 12, 1996.
260
dini ta’siri kamaya boshlagani va bu ko‘pchilik kuzatuvchilar
tomonidan uning inqirozi sifatida baholangani qayd etilgani
ga qaramay, yangi o‘tkazilgan tadqiqotlar britaniyaliklarning 80
foizdan ortig‘i qandaydir oliy ilohiy kuch mavjudligiga ishonishi
ni ko‘rsatdi
1
.
Dostları ilə paylaş: