261
Sekulyarizatsiya jarayonining
yahudiy jamiyatidagi aksini
mazkur dinga e’tiqod qiluvchilar yahudiylik diniga oid ta’limot
va marosimlarni zamon ruhiga moslashtirishga harakat qilayot
ganlarida ko‘rish mumkin. Bu borada, hozirgi davrda o‘z din
larining qadimiy an’analariga ergashishni istayotgan yahudiylar
yangi shartsharoitlar bilan yahudiylik diniy normalari o‘rtasi
ni uyg‘unlashtirishga urinayotganlari fikrimiz tasdig‘idir. Shu
bilan birga, aksincha, ko‘plab zamonaviy yahudiylar an’anaviy
diniy tartibqoidalar tizimi tarkibidagi ba’zi normalar (masalan,
qadimiy ovqatlanish tartibqoidalari (kosher) bugungi kunga ke
lib o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, deb hisoblaganlari sababli ular
ga amal qilishda o‘tmish ajdodlari singari e’tibor qaratib o‘tir
mayaptilar
1
.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hozirda zamonaviy yahudiy
jamiyatida diniy tushunchalarga nisbatan ortodoksal, an’anaviy
va yangicha (sekulyar) qarashdagi aholi qatlami shakllanmoq
da. Shuning uchun ushbu uch toifaning yahudiylik dini ta’li
moti, marosimchiligi va qadriyatlariga bo‘lgan
munosabatida
ham muayyan farqlarni uchratish mumkin. Misol uchun, or
todoksal yahudiylar «yahudiylik – faqat yahudiy onadan tug‘i
lib, ko‘paygan millat dinidir», degan o‘z dinlarining an’anaviy
ta’rifini qo‘llabquvvatlab, bugungi kunda ba’zi yahudiylar bosh
qa din vakillari bilan turmush qurayotganlarini tanqid qiladilar.
Shu ningdek, ular Isroil davlatining vujudga kelishiga salbiy mu
nosabat bildirib, «Isroil davlatini barpo etish faqat Xudoning
qo‘lidadir», deb e’tiqod qiladilar. Isroil
davlatiga esa insonlar
tomonidan asos solingani bois uning faoliyati qonuniy (diniy)
emas, deb hisoblaydilar.
Bugungi kunda diniy hayot shaklidan ko‘ra dunyoviy turmush
tarzi tamoyillari asosida yashashni ustun ko‘ruvchi yahudiylar
ning o‘z dinlarining ta’limoti hamda tushunchalariga nisbatan
qarashlarida ham o‘ziga xos jihatlarni kuzatish mumkin.
1
Kenneth Atkinson. Judaism. USA., 2004. –P. 49.
262
Ko‘plab sekulyar (liberal) yahudiylar «o‘limdan so‘ng itoatsiz inson
larni ilohiy jazoga tortilishi» haqidagi ta’limotni inkor etadilar. Bundan
tashqari, ular «yahudiylik – Yer yuzidagi vaziyatni isloh qi lish maq
sadida nozil bo‘lgan din», deb ishonsalarda, «Xudo insonning hayo
ti davomida to‘qnash keladigan muammolarni hal etishi uchun ta’sir
ko‘rsatishi» to‘g‘risidagi yahudiylik dini aqidasini rad qiladilar.
Diniy tushunchalarga nisbatan
o‘ziga xos qarashga ega uchinchi
toifa esa bu borada yuqoridagi ik
ki guruhning tutgan uslublari
dan ko‘ra o‘z
yondashuvlarini afzal
va mo‘tadil, deb qaraydilar. Shu
boisdan ham yahudiy jamiyatini
o‘rganayotgan mualliflar asarlari
da ular «o‘rta yo‘l tarafdorlari» yoki
«traditsionistlar» kabi nomlar bilan
atalmoqdalar. Mazkur qarashda
gi yahudiylarning asosiy xususiya
ti diniy marosimlar (ayniqsa, dam
olish kuni va ovqatlanish tartibi)ga
katta e’tibor qaratishlari hamda or
todoksal yahudiylar singari e’tiqodiy
masalalarga keskin munosabat bildirmasliklarida namoyon bo‘la
di. Ularning fikriga ko‘ra, Xudo insonlardan muayyan belgilan
gan taqiqbuyruqlarga (613 buyruq) rioya etishnigina emas, balki,
o‘zaro ezgulik asosida hamkorlik
qilishlarini kutadi
1
.
Demak, globallashuv sharoitida sekulyarizatsiya jarayo
ni yahudiylik dini tarafdorlari turmush tarzi va dunyoqarashi
da ma’lum o‘zgarishlar yasadi. Bu holat yahudiylar tomonidan
diniy e’tiqod va tushunchalarga nisbatan turli xil munosabat
1
Qarang: Yaacob Yadgar. Secularism and Religion in JewishIsraeli Politics:
Traditionists and Modernity. –N.Y., 2011. –P. 61.
Globallashuv jarayoni yahu
diylik dini tarafdorlari tur
mush tarzi va dunyoqarashida
ma’lum o‘zgarishlar yasadi
263
bildirili shida ko‘zga tashlanmoqda. Bunday vaziyat salbiy oqi
batlarga, ya’ni, diniy tushunchalarni talqin etishdagi (ortodok
sal va sekulyar) qaramaqarshiliklar yahudiy jamiyatida mu
him o‘rin tutuv chi dinning roli pasayib
ketishiga olib bormasligi
uchun yahudiylikning «mo‘tadil yo‘li» jamiyat hayotida targ‘ib
qilinmoqda.
Dostları ilə paylaş: