«Terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlar
ga erishish uchun shasening hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi,
molmulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi (shikast
lantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro
tashkilotni, jismoniy va yuridik shaxsni bironbir harakatlar so
dir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur etishga, xalqa
ro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suvereniteti
ni, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga,
qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini
qo‘rqitishga, ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratil
278
gan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik
nazarda tutilgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy
qilmishlar; terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda
ishtirok etayotgan shaxs, terrorchilik guruhi — oldindan til birik
tirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyor
garlik ko‘rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guru
hi; terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki
terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish
uchun barqaror birlashuvi».
O‘zbekistan Respublikasining 2000yil 15dekabrda qabul qilin
gan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonuni
Yuqorida keltirilgan ta’riflarda terrorizmning nihoyatda mu
him bir xususiyati – uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy
natijalariga emas, balki u yoki bu xuruj natijasida odamlar orasi
da, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan xavotirli akssado, shovshuv
ga erishishga qaratilgani ta’kidlangan. XX asrning 60yillaridan
boshlab, terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi hodisa
sifatidagi salohiyati, butunbutun mintaqalar yo‘na lishi turlicha
bo‘lgan terrorchi tashkilotlar va guruhlar faoliyat ko‘rsatgan joy
larga aylanib qoldi. Buning natijasida, terrorchilik hara katining
ko‘lamigina emas, balki metodlari ham o‘zgardi.
Uning eng
dahshatli ko‘rinishlaridan biri — o‘zini avvaldan o‘limga tayyor
lagan terrorchikamikadzelar tomonidan amalga oshirilayot gan
harakatlarni keltirish mumkin.
Qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib, terrorizm tushunchasini
quyidagicha tahlil qilish mumkin: Terrorizm — siyosiy maqsadda
amalga oshirilayotgan terrorning nazariyasi va amaliyoti bo‘lib, u
ikki qismdan iborat:
Birinchisi, terrorning ma’naviymafkuraviy jihati. U terrorchi
larning histuyg‘uga asoslangan g‘oyalari, mavhum tushunchalar
(«dinning sofligi», «xalq baxti», «xalq manfaati»)ga tayanadi. Ular
real voqelikdan emas, o‘z shaxsiy tasavvurlari dunyosidan kelib
chiqib harakat qiladilar.
279
Ikkinchisi, terrorning amaliy tomoni bo‘lib, u terrorchilar, ter
rorchi guruhlar va tashkilotlar tomonidan yuqoridagi talablarni
bajarish (terrorchilik aktlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga
oshirish) natijasida o‘z maqsadlariga erishishdan iborat.
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy
bo‘la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan hara
kat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan
niqob sifatida foydalanadilar.
Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir
butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u
global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi.
«Xalqaro terrorizm» tushunchasi davlatlar, xalqaro tash
kilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qa
ratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og‘ir
jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosila
si hisoblanadi.
Xalqaro terrorizm fenomeni ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola
boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo
hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi o‘tgan asrning 30yillaridan bosh
langan. Masalan, 1934yilda Madridda bo‘lib o‘tgan jinoyatchilik
ka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag‘ishlan
gan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har
qan day ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qilish maqsadida birorbir vo
sitani qo‘llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan.
1937yilda 20dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday
harakatlar uchun jazolash haqidagi Konvensiyani imzoladi.
Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini
ta’kidlash zarur. 1970yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbob
ga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko‘proq uchragan bo‘lsa,
hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poyezdlarda port
lashlarni sodir etish orqali ko‘plab tasodifiy kishilarning qurbon
bo‘lishiga olib keladigan qo‘poruvchilikni amalga oshirishga e’tibor
berilmoq da. Eks pertlarning fikricha, bunday harakatlar birinchi
navbatda nobud bo‘lganlardan ko‘ra, uning guvohlariga qaratilgan.
280
Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari:
xalqaro huquq himoyasidagi obyekt yoki subyektlarga qarshi qa
ratilgani;
• davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi;
• a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jum
ladan, yollanma shaxslar bo‘lgan ekstremistik guruhlar tomo
nidan sodir etilishi;
• ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari
bo‘yicha xorijlik yo‘riqchilarning qatnashishi;
• ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida
tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi;
• tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilikni sodir etishda xo
rijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro
tus olgan noqonuniy qurolyarog‘ savdosi va narkobiznesdan ke
ladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi.
Hozirda diniyekstremistik va terrorchi tashkilotlar o‘z
maqsadlarini amalga oshirish uchun xalqlar o‘rtasida birinchi
navbatda millatchilik va diniy ayirmachilikni keltirib chiqa
rish va shu yo‘l bilan bir davlatda yashayotgan turli millat vakil
lari o‘rtasida milliy, diniy ixtilof va nizolarni vujudga keltirish
ga urinmoqda. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimov yer yuzida sodir bo‘layotgan bunday
ofatlarning qanday kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin
ligi haqida shunday deydi: «Taassufki, ba’zan islom dini va diniy
aqidaparastlik tushunchalarini birbiridan farqlay olmaslik yoki
g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ham ko‘zga
tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur
ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakl
lanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib,
boshko‘zini aylantirib, ulardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘li
da foydalanmoqda. Bunday nojo‘ya harakatlar avvalo muqaddas
dinimizning sha’niga dog‘ bo‘lishini, oxiroqibatda esa ma’naviy
hayotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishini barchamiz chuqur anglab
olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur».
|