Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Tayanch tushunchalar:
«Mutaas­
siblik», «ekstremizm», «terrorizm», jihod, hijrat, takfir, shahid­
lik, xalifalik, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi» 
Qonun, ma’rifiy islom.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarda «mutaassiblik», «ekstre­
mizm» va «terrorizm» tushunchalarining mazmun­mohiyati, 
mutaassiblikning islom dini va jamiyatga yetkazgan zararlari, is­
lom dinida uning qoralanishi, globallashuv sharoitida mafkuraviy 
xurujlarning oldini olish yo‘llari haqida bilim va tasavvurni hosil 
qilish.
1. «Mutaassiblik», «ekstremizm» va «terrorizm» tushunchalari-
ning mazmun-mohiyati.
Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodi­
salarning ildizlari uzoq, tarixga borib taqalsa­da, ular hech qa­
chon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek ta’did 
solmagan. Shunday ekan, uning oldini olish va unga karshi kura­
shish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi. Ush­
bu vazifalarga to‘xtalib, Respublikamizning Birinchi Preziden­
ti Islom Karimov: «Birinchi galda, terrorchilarni tayyorlaydigan 
zaminga, g‘oyaga, mafkuraga e’tibor berish, shularga qarshi 
kurashish ke rak. Bolalarimizning ongini va hayotini buzadigan, 
ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo‘qotadigan mana shunday 


272
g‘oyalarga qarshi biz qurol bilan 
emas, g‘oya bilan kurashishimiz 
zarur», deb ta’kidlaydilar. 
Zero, ilmiy istilohda qo‘lla­
nayotgan «mutaassiblik», «fun­
damentalizm», «ekstremizm», 
«terrorizm», «fanatizm» kabi ata­
malar deyarli barchaga tushunarli 
bo‘lsa­da, har kishi ularni o‘zi­
cha talqin etishi mumkin. Keng 
ma’noda bu atamalar qonuniy 
hokimiyatga qarshi kurashuvchi 
ijtimoiy­siyosiy guruh va oqim­
larga tegishlidir. Ammo muayyan mintaqa yoki din bilan bog‘liq 
bo‘lgan tadqiqotlarda yuqoridagi atamalarning hammasi ham 
doimo qo‘l kelavermaydi. Masalan, «fundamenta lizm» atamasi 
aslida asrimiz boshida AQSH protestantlari orasida quyidagi besh 
aqida: Isoning bokira ayoldan dunyoga kelgani, uning insoniyat 
gunohlarini oqlash uchun qurbon bo‘lgani, jisman qayta tirilishi, 
yer yuziga jismonan ikkinchi marta kelishi, nihoyat, Kitobning 
muqaddasligini o‘z ichiga olgan ta’limotga berilgan nom sifatida 
paydo bo‘lgan.
Bu atama islom diniga nisba­
tan olinganida faqat bir aqi­
da — Isoning bokira ayoldan 
tug‘ilga nida o‘xshashlik bor, xo­
los.
Oxirgi paytlarda matbuot­
da o‘zini musulmon hisob­
lovchi mutaassib jangarilarni 
«fundamentalist 
lar» deb atash 
odat tusiga kirib qoldi. Ko‘rinib 
turibdiki, bu fundamentalizm­
ning ilk ma’nosiga muvofiq kel­
maydi. Agar o‘z e’tiqodlarini faol 
Bu kabi manzaralar terrorchilik avj 
olgan hududlarda odatiy ko‘rinishga 
aylangan
Odamlarning uy joyi, maktab va 
masjidlar jangarilar tomonidan vayron 
qilinmoqda 


273
targ‘ib qilayotgan injilchi­xristian fundamentalist larining ko‘plab 
jamoalari jahon bo‘ylab hozir ham mavjudligini hisobga olsak, 
Misr, Jazoir va boshqa davlatlardagi mutaassib musulmon guru­
hlariga nisbatan «fundamentalizm» emas, balki «islom niqobi os­
tidagi ekstremizm» iborasini ishlatish ma’qulroq ko‘rinadi. 
«Ekstremizm» (lotincha — «aql bovar qilmas darajada», «had­
dan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun­qoidalarga zid radikal 
qarash va harakatlarni anglatadi. Bunday harakatlarga diniy tus 
berish diniy ekstremizmga olib keladi.
«Diniy ekstremizm» — jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy 
qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g‘oyalarni aldov 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin