Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106
Dinshunoslikka kirish

«Aqidaparastlik» («aqida» — arabcha — «ishonch», «biror nar­
sani ikkinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron­bir g‘oya yoki 
tamoyilga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan 
qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, 
ko‘r­ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi.
«Mutaassiblik» (arab. «g‘uluv ketish», «chuqur ketish») muayyan 
g‘oyalarning to‘g‘ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan be­
rilish, «o‘zgalar» va «o‘zgacha» qarash hamda g‘oyalarga murosa­


276
siz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad 
 etishi, ularni tan olmaslikda namoyon bo‘ladi
Ongi zaharlangan va mutaas­
sibga aylangan kishilar o‘zlari 
qilayotgan ishlarni to‘g‘ri deb hi­
soblab, har qanday nomaqbul ish­
lardan ham bosh tortmaydilar. 
Vaholanki, ularni bu yo‘lga bosh­
lagan «rahnamolar»ning asl maq­
sadi mohiyatan g‘ayriinsoniy xa­
rakterga ega. Mutaassiblikning 
jirkanch basharasi dunyoning 
turli nuqtalarida sodir etilayot­
gan qo‘poruvchilik va xunrez­
lik voqealarida yaqqol namoyon 
bo‘lmoqda. 
Ayni paytda, dunyoviy va diniy 
bilimlarning sayozligi, sof diniy 
tushunchalarning asl mazmun­
ini bilmaslik ham mutaassiblik 
g‘oya 
larining tarqalishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. Bu jarayonning 
eng xatarli jihati dinni siyosi­
ylashtirish vositasida hokimiyatda intilish, dinni noto‘g‘ri talqin 
qilish bilan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik ishlar­
ini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqarish­
ga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Demak, diniy ekstre mizm 
kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi mutaassib fikr va qa­
rashlarning paydo bo‘lishidir. Mutaassiblik diniy ekstre mizm va 
terrorizmga zamin tayyorlaydi. Shu o‘rin qayd etish joizki, ko‘p 
manbalarda ishlatilgan «aqidaparastlik» so‘zi hozirgi voqelik­
dan kelib chiqib «mutaassiblik» so‘zi bilan almashtirilgan holda 
iste’foda etilmoqda.
«Terror» (lotincha — 
«qo‘rqitish», «vahimaga so­
lish») — aholining keng qat­
lamlarida dahshat va qo‘rquv 
uyg‘otish, jamiyatda beqaror­
lik keltirib chiqarish orqa­
li davlat hokimiyatini egallash 
maqsadiga qaratilgan jinoiy 
faoliyatdir. Terror — omma­
viy va siyosiy maqsadlarga 
eri 
shish uchun zo‘ravonlik­
dan hamda zo‘ravonlik qilish 
bilan tahdid solishdan mun­
tazam foydalanishdir. Shun­
day qilib, «terror» dushmanni 
jismoniy zo‘ravonlik yo‘li bilan 
qo‘rqitish, hatto uni jismonan 
yo‘q qilishni anglatadi. «Ter­
rorizm» esa terror amaliyotidir


277
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida «terrorizm»ga 
quyidagicha ta’rif berilgan: «Terrorizm — xalqaro munosabatlarni 
murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligi­
ni buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojaro­
lar chiqarish, ijtimoiy­siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini 
qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ular ning 
mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsni biron­bir faoli­
yatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga maj­
bur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxe yoki mol­mulkka 
xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish 
tahdidi, shuningdek, terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishi­
ni, ishlab turishini, moliyalashtirilishni ta’minlashga, terrorchilik 
harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlari­
ga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday 
faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har 
qanday mablag‘­vositalar va resurslar berish yoki yig‘ishga, boshqa 
xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat».

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin