274
mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni so‘zmaso‘z
sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyincha
lik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919yili Filadelfiyada Jahon
xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
Ekstremizm yoki fundamentalizmning muayyan din bilan bog‘lash
mutlaqo asossizdir
«Diniy fundamentalizm» — «ma’lum din vujudga kelgan ilk
davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini
hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi.
Istilohda aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, ularning har
qanday majoziy talqiniga murosasiz, so‘zmaso‘z talqinga asoslan
gan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan,
muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgi
langan barcha yo‘lyo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab
qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladi.
XX asrning 70yillaridan boshlab, bu so‘z islomga nisbatan
qo‘llanila boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi — Qur’on
va hadislarni so‘zmaso‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qa
ratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniykonservativ ruhdagi yo‘na
lishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida
jahon matbuotlarida
islom niqobidagi mutaassib jangarilarini «fundamentalistlar» deb
atash ham odat tusiga kirdi. Shunday ekan, ekstremizm yoki funda
mentalizmni faqat muayyan din bilan bog‘lash mutlaqo asossizdir.
Xususan, islom dini, u bilan bog‘liq turmush tarzi va qadriyat
lar majmuyi hech qachon ekstremistik tuzilmalarning go‘yo din va
musulmon jamoasi ravnaqi yo‘lida amalga
oshirayotgan terrorchilik
xurujlarining asosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas.
275
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohi
yatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqori
dagi kabi go‘yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligi
ni ko‘rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni
yuzaga keltirish uchun mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbayi si
fatida odamlar ongu shuurini egallash, jamiyatda beqarorlik kel
tirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondi
rish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zlarini «islomiy» deb e’tirof
etadigan
bunday toifalar siyosiy jabhada inqilobiy va qo‘poruvchilik usul
lari bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namo
yon qilsa, boshqalari targ‘ibottashviqot ishlari, diniy ta’lim, tur
li jamoat tashkilotlari, maktab, universitet va ommaviy axborot
vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish
oson hamda qulay
bo‘lgan audio va video mahsulotlarini tarqatish bilan ko‘proq
shug‘ullanadilar.
Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va mutaassi
blar turli dinlar, shu jumladan, xristianlik, islom, yahudiylik din
lari ta’limotidan foydalanmoqdalar.
Shu bilan birga, diniy ritori
ka ularga ko‘zda tutilayotgan jamiyatning aniq shaklu shamo yilini
taqdim etmagan holda (bu ular uchun xuddi anarxistlar kabi un
chalik ahamiyatga ega emas) xayoliy jamiyat haqidagi tasavvur
lardan foydalanish imkonini beradi. Bunda eng muhimi tartibsiz
lik va beqarorlikni keltirib chiqarishdir. Unga erishish esa, o‘ziga
xos umumiy maqsadni tashkil etadi, deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: