Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

Qaynatilgan kolbasalar 
Qaynatilgan kolbasalarni tayyorlash jarayonida kovuriladi va qaynatiladi. 
Batonlarning yuronligiga qarab, bu kolbasalar 65—110°S xaroratda yarim soatdan 
to ikki soatgacha kovuriladi. Kovurish jarayonida pustidagi mayda teshikchalar 
berkiladi. qiyma esa yog‘ochning tula yonmasligi natijasida kerakli rangga kiradi, 
uziga xos ta’m va xushbuy hid xosil kiladi. Sungra kolbasalar 10—15 minutdan to 
2,5 soatgacha 70-85°S xaroratda to batonning ichki xarorati 68°S ga etguncha 
qaynatiladi. Chala dudlangan kolbasalar qaynatilgan kolbasalardan farq, qilib, 
pustga qiyma tikilgandan sung 9—14 soat davomi-da qiymani chuktirishga 
qo‘yiladi, sungra kovuriladi, qaynatiladi, dudlanadi va bir necha kun davomida 
quritishga qo‘yiladi. Dudlash kolbasalarning ta’mini oshiradi, ularga oltin tusli 
jigar rang beradi. 
Go‘sht xomashyosining sifati va tarkibiga ko‘ra, oliy 1- va 2-sortlarga 
bo‘linadi. Oliy va 1-sort-li kolbasalar yukori sifatli go‘sht xomashyosidan 
tayyorlanadi. Bu kolbasalarning qiymasi ko‘proq cho‘chqa go‘shti va cho‘chqa 
yog‘idan, ozroq koramol go‘shtidan iborat bo‘ladi. 2-sortli kolbasalar 2- sort 
koramol go‘shtidan, kesilgan go‘shtlardan, kalla-pochalardan, juda oz mikdorda 
cho‘chqa go‘shti va yog‘i qo‘shib tayyorlanadi. Oliy sortli qaynatilgan 
kolbasalarga Lyubitelskaya, Telyachya, Stolichnaya, Belorusskaya, Doqtorskaya, 
Ko‘rinaya, Krasnodarskaya, Diabeticheskaya (Parxez kolbasalar), Svinaya, 
Shpikachka kolbasalari kiradi; 1-sortga - Otdelnaya, Vetchinno-rublenaya, 
Moskovskaya, Osobaya, Svinaya, Stolovaya, pishloqli Novaya kolbasasi, mol 
go‘shtidan tayyorlangan Parxez kolbasasi, 2- sortga— Chaynaya, Zakusochnaya, 
Svinaya, mol go‘shtidan tayyorlangan (govyajya), qo‘y go‘shtidan tayyorlangan 
(baranya) va ko‘proq sarimsoq piyoz qo‘shilgan Chesnoqovaya kolbasalari kiradi. 


Oliy sortga cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan sardelkalar, Sutli 
(Molochnaya), Kaymoqli (Slivochnaya) va Lyubitelskiy sardelkalar, cho‘chqa 
go‘shtidan tayyorlangan sosiskalar; 1-sortga— “Russkie”, mol go‘shtidan 
tayyorlangan (govyaji), qo‘y go‘shtidan tayyorlangan (barani) sosiskalar, xom 
sosiskalar va mol go‘shtidan tayyorlangan (govyaji) sardelkalar kiradi. 
Qiymali kolbasalar a’lo nav go‘shtdan unga tu-xum va sariyog‘ qo‘shib 
tayyorlanadi. Qiymali kolbasalarning ba’zi xillariga maydalangan lista va 
topalchalaridan toza-langan kon qo‘shiladi. Tayyor qilingan qiyma kattiqroq 
cho‘chqa yog‘i qatlamiga uralib, kul bilan yuron (10—12 sm li) ichaklarga tikiladi 
va xar 5 sm orasi ingichka shpagat bilan kattiq qilib borlanadi. Sungra bu batonlar 
kovuriladi, keyin qaynatiladi (Ekstra, Xarkovskaya, Glazirovannaya va 
Pressovannaya kolbasalari kovurilmaydi). 
Sifati jihatidan qiymali kolbasalar fa-kat a’lo sort bilan qo‘yidagi 
assortimentda chiqariladi: Ekstra (butun til yoki mayda-mayda kir-kib ichakka 
tikiladi), YAzikovaya (bu ham shunday butun til yoki mayda-mayda kirkib 
ichakka tikiladi). Xarkovskaya, Sloenaya, Glazirovannaya (shaxmat yoki archa 
bargi shaklida) va Pressovannaya. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin