Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

 
Tasnif 
Sut sanoati korxonalari texnologik uskunalari tuzilishi, ishlash printsipi, 
bajaradigan texnologik operatsiyalari va ularni amalga oshirish usullariga qarab 
ajratiladi. Uskunalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan umumiy hususiyatlariga qarab u 
yoki bu guruhga birlashtirilib tavsiflanishi mumkin: ish tsikli xarakteri bilan, ishlab 
chiqarish tizimiga mosligi bilan, mexanizmlanish va avtomatlashtirish darajasi 
bilan, funktsional vazifasi bilan va boshqalar. 
Ish tsikli xarakteriga qarab uskunalar davriy va uzluksiz bo‘ladi. Davriy 
ishlaydigan uskunada mahsulotga ma’lum vaqt davomida ishlov beriladi, so‘ng 
bo‘shatiladi. Uzluksiz ishlaydigan uskunada mahsulotni yuklash(ortish), ishlov 
berish va bo‘shatish bir vaqtda amalga oshiriladi. 
Uskunaning mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi u bajaradigan 
asosiy va yordamchi operatsiyalarning nisbati bilan belgilanadi. Bu nisbatdan yelib 
chiqqan holda uskunalar avtomatlashtirilmagan, yarim avtomatlashtirilgan va 
avtomatlashtirilgan turlarga bo‘linadi. 
Avtomatlashtirilmagan uskunalarda yordamchi va asosiy operatsiyalarning bir 
qismi qo‘l mehnati yordamida bajariladi. Yarimavtomat uskunalarda asosiy 
operatsiyalarni uskuna, yordamchilarni esa odamlar bajaradi.tomatlarda hamma 
operatsiyalar uskunada bajariladi. 
Texnologik uskunaning ishlab chiqarish tizimidagi tutgan o‘rniga qarab alohida 
birliklari (bitta operatsiyani bajaradi), agregatlar (ketma-ket ?ar-xil operatsiyani 


bajaradi), uskunalar kombinatsiyasi (yakunlangan operatsiyalar tsiklini bajaradi) va 
potokli texnologik liniyalar (hamma operatsiyalar uzluksiz potokda bajariladi) 
Sut xom ashyosiga ishlov berish usuli va ta’sir ko‘rsatish printsiplariga qarab 
uskunalar funktsiyasi belgilanadi. Funktsional belgisiga qarab uskunalar quyidagi 
umumiy guruhlarga bo‘linadi: sutni qabul qilish, transportirovka qilish va saqlash 
uchun; sutga mexanik ishlov berish uchun; sutga issi?lik ishlovini berish uchun
quyultirish va quritish uchun; sut va sut mahsulotlarini quyish, qadoqlash va 
upakovka qilish uchun. Funktsional alomatlariga qarab tasniflash uskuna ish 
printsipini mexanika, gidromexanika, issiqlik fizikasi, fizkimyo, biokimyo va 
mikrobiologiya qonunlari bilan maxkamroq bog‘lash imkonini beradi. 
Bundan tashqari sut mahsulotlarining konkret turlarini ishlab chiqarish uchun 
qo‘llaniladigan uskunalardan (sariyog‘ tayyorlovchi, sariyog‘ hosil qiluvchi, 
frizerlar, s
ыr uchun presslar) ham foydalaniladi) 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin