o‘zgartirish (terini tanadan ajratish burchagini o‘zgartirish) shart emas.
Shuning
uchun ushbu qurilmalarning konstruktsiyasi ancha oddiy.
Ish bajarishiga ko‘ra, qurilmalar davriy ishlovchi (tananing statsionar holatda
o‘rnatilishi) va uzluksiz ishlovchiga ajraladi (tananing konveyer bo‘ylab
uzluksiz
harakat qilishi).
Davriy teri shilish ususli unumdorligi soatiga 250 bosh molni tashkil etuvchi
kichik va o‘rta go‘sht
kombinatlarida ishlatiladi, uzluksizi esa yirik go‘sht
kombinatlarida unumdorlik 800-1000 bosh molni tashkil etuvchi kombinatlarda
ishlatiladi.
Go‘sht kombinatlarida ko‘plab teri shilish qurilmalari
ishlab chiqilgan va
ishlatilgan. Ularning umumiy elementi ilgakli tortish zanjiri,
lekin tana nisbatan
turli burchak ostida (gorizontal, vertikal, burchak ostida).
Amaliyot shuni
ko‘rsatdiki, terini shilishning eng ratsional yo‘nalishi orqa oyoqdan bo‘yin
tomonga 7-8
m/min tezlikda amalga oshiriladi.
Bu qurilmada old oyoqlarni fiksatsiyalash shart emas.
FSB qurilmasi. Go‘sht kombinatlarida keng qo‘llangan bu qurilma (31-rasm)
universal, chunki terini ham dum qismidan bo‘ynigacha, ham bo‘yindan orqa
oyoqqacha shilish imkoniyati mavjud. U terini tananing turg‘un
holatida yoki
uning konveyerda uzluksiz harakat qilib turgan vaqtida shilish qobiliyatiga ega.
Shoxli kichik mol terisini shilish uchun FSB mexanik qurilma:
1- baraban; 2 - elektrodvigatel; 3 - reduktor; 4 - baraban barmog‘i.
Qurilma gorizontal o‘rnatilgan diametri 1000
mm va uzunligi 850
mm - ga teng
bo‘lgan baraban1, AO 42-6 rusumli quvvati 1,7
kVt-ga teng elektrodvigatel 2,
RChP-120 rusumdagi reduktordan 3 iborat. Ikki rolikda osilib turgan tana orqa teri
tomoni bilan barabanga beriladi. Teri zanjir sirtmoq bilan ushlab olinadi.
Sirtmoqning ikkinchi tomoni barmoq 4 -ga ilinadi. Baraban pastga (pol tomonga)
aylanish vaqtida barmoq zanjirchani tortadi, tana barabanga yopishadi va teri orqa
pastki tomonidan bo‘yin tomonga tortiladi. Bunda old oyoqlar yoki bo‘yinni
fiksatsiyalash shart emas. Baraban pastdan yuqoriga aylanganda teri bo‘yindan
orqa oyoq tomonga qarab shilinadi. Bu
holda tananing old oyoqlari
fiksatsiyalanishi kerak. Tana harakatsiz holatda bo‘lishi mumkin yoki konveyer
bilan 3,75
m/min tezlikda harakat qilishi mumkin. Konveyerdagi tanalar orasidagi
masofa 900
mm - tashkil etadi.
Qurilmaning tana harakatsiz osilib turgandagi unumdorligi soatiga 125 bosh,
konveyerlar harakatlanayotganda esa soatiga 360 boshni tashkil etadi.
Barabanning aylanish chastotasi 4,83 min
-1
, teri
shilish vaqtidagi maksimal
kuchlanishi 140 kg. Qurilma juda ixcham. Uning uzunligi 1080
mm, eni 1200
mm
va balandligi 2200
mm.
Shoxli kichik molni qayta ishlaydigan yirik korxonalarda uzluksiz ishlaydigan
konveyerli qurilmalar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: