Shoxli yirik mol tanasidan terini mexanik usulda shilish
uzluksiz uskunasi (Moskva go‘sht kombinati konstruktsiyasi):
1 - old oyoqlarni fiksatsiyalash konveyeri; 2 - terini fiksatsiyalash konveyeri; 3 –
teri uchun lentali transporter; 4 – konveyersiz osma yo‘llar; 5 –
ishchilar uchun
stend; 6 – yuritish stantsiyasi.
Konveyersiz parallel osma yo‘llar qurilma ustida 500
mm balandlikda o‘rnatilgan
(yo‘llar oralig‘ida) va tana harakati tomonga 4%-li og‘dirilgan. Osma yo‘lning
kirish va chiqish joylarida tana osilgan roliklarni bir yo‘ldan ikkinchisiga
o‘tkazuvchi
(va
aksincha)
avtomatik
strelkalar
o‘rnatilgan
(rasmda
ko‘rsatilmagan).
Har ikkala konveyer AO-71-6-4 rusumli elektrodvitateldan harakatga keltiriladi.
Uning quvvati 5; 6,5; 7
kVt –ni tashkil etadi, uchta tezlikka ega: 700, 940 va
1400
ayl/min, shularga muvofiq ravishda tananing old oyog‘i 5,2; 6,97 va 10,6
m/min tezlik bilan harakat qiladi. Terini fiksatsiyalash konveyerining tezligi old
oyoqlarni fiksatsiyalash konveyerini tezligidan kam.
Ushbu konveyerlar tezligi
sinxron ravishda o‘zgaradi. Teri qabul qilish lentali transportyori, quvvati 0,6
kVt –
ga teng bo‘lgan mustaqil elektrodvigateldan harakatga keltiriladi.
Qurilma quyidagicha ishlaydi. Orqa oyoqlaridan ikki rolikda osilgan shoxli yirik
molning zabelovka qilingan jussasi avtomatik strelka yordamida bir osma yo‘ldan
ikkinchisiga, qorin tomoni oldinga qaragan holda o‘tkaziladi.
Tananing oldingi oyoqlar paylariga ilgaklar o‘rnatiladi, ularning ikkinchi uchi old
oyoqlar konveyeri ilmoqlariga kiydiriladi. Terining zabelovka qilingan
chekkalariga zanjirchalar bog‘lanadi, ular halqa qilib tortiladi, va zanjirchalar
halqasi teri fiksatsiya konveyerining ilgaklariga
ikkala tomondan simmetrik
osiladi.
Ikkala konveyer harakati tezliklarining farqi hisobiga teri shilinadi. Bunda teri
shilishning kerakli yo‘nalishi saqlanadi.
Jarayon oxirida teri tanadan butkul ajraladi, fiksatsiyadan chiqariladi va lentali
transportyorga tushadi, go‘sht tanasi esa keyingi operatsiyalarga jo‘natiladi.
ko‘rinib turibdiki teri barcha jarayonlar bajarilishi davrida tana ostida turadi. Bu
ishning tozalik (sanitar) sharoitini ta’minlaydi.
Old oyoqlarni fiksatsiyalash konveyeri tezligiga bog‘liq
holda yoritilgan qurilma
unumdorligi, muvofiq ravishda smenasiga 560, 750 va 1150 boshni tashkil
etadi.
Teri shirish jarayonini nazorat qilish va kerak bo‘lganda terini to‘g‘rilab turish
uchun qurilma yonlarida ishchilar uchun maydonchalar 5 mavjud.
Sankt-Peterburg go‘sht kombinatida shoxli yirik mol terisini shilish uchun
konstruktsiyasi boshqacharoq mexanik qurilmasi ishlatiladi. Farqi,
jussa oddiy
osma konveyerda bir relsli osma yo‘lda keltiriladi. Teri shilish joyida hayvon
oyog‘ini fiksatsiyalovchi konveyer, yonida esa teri shilish uchun tortish zanjirli
maxsus profilli og‘ma konveyer o‘rnatiladi. Bu qurilma boshqa go‘sht
kombinatlarida ham o‘z tatbiqini topgan.
Dostları ilə paylaş: