Дипломна работа Холматов Нурулла " Smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish "


FSN rusumli uzluksiz ishlovchi qurilma



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/34
tarix13.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#112934
növüДиплом
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
portal.guldu.uz-smenada 1000kg yarim dudlangan kolbasa ishlab chiqarish txnologik liniyasini tashkil etish

FSN rusumli uzluksiz ishlovchi qurilma. Qurilmaning (32-rasm) unumdorligi 
soatiga 375 bosh shoxli kichik molni tashkil etadi. Asosiy shoxli kichik mol 
tanasini harakatlantiruvchi osma konveyerdan 1 tashkil topgan bo‘lib, uzunasi 
bo‘ylab hayvon old oyoqlarini fiksatsiyalash konveyeri 2 mavjud, quvvati 1,7 kVt-
ga teng elektrodvigateldan 3 reduktor va tortish yulduzchasi 4 orqali harakatga 
keltiriladi. Zanjirni taranglash yulduzcha 5 yordamida amalga oshiriladi. 
Asosiy yuk tashuvchi konveyerning ikkinchi tomonidan terini shilish uchun 
konveyer 6 o‘rnatilgan. Uning oxirgi qismi bukilgan va qiya qilib o‘rnatilgan. Bu
terini 0 – 8
o
burchak ostida shilishni ta’minlaydi. Teri shilish konveyeri harakatga 
quvvati 4,5 kVt –ga teng eletrodvigatel 7 orqali keltiriladi. Yuk tashuvchi konveyer 


va old oyoqlar konveyerning harakatlanish tezligi 5 m/min, teri shilish qiya 
konveyerining tezligi 10 m/min
Terini mexanik ravishda shilish uchun tana zabelovkasi amalga oshiriladi ( teri 
yuzasining 25% -gacha ochiladi), teri transportyorga qo‘yiladi, old oyoqlaridan 
fiksatsiyalanadi, teriga zanjirchadan sirtmoq kiydiriladi, zanjircha halqasi teri 
shilish konveyerining ilgakiga tashlanadi va bo‘yindan orqa oyoq tomoni 
yo‘nalishida teri shilish jarayoni amalga oshiriladi. Teri shilish jarayonini nazorat 
qiladigan ishchi maxsus maydoncha 5 mavjud. Konveyerlarni ishlatish pultdan 9 
boshqariladi. Teri shilish jarayoni tugagandan so‘ng, old oyoqlarni fiksatsiyalash 
konveyerining oxirida, oyoqlarni kesish uchun diskli arra 10 o‘rnatilgan.
Terini orqa oyoqdan bo‘yin tomon shilgan vaqtda old oyoqlarni fiksatsiyalash talab 
etilmaydi, shuning uchun qurilma faqat ikki – tashuvchi va terini shilib oluvchi 
konveyerlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Qurilma unumdorligi smenada 3000 bosh. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin