Bolg‘achali
maydalagichlar.
Valetsli maydalagichlardan farqli bo‘lgan
bolg‘achali maydalagichlarda, ishchi organi sifatida aylanuvchi
val yoki sharnirli
diskka mahkamlangan po‘lat bolg‘achalar xizmat qiladi. Bunday rotorning
aylanishida markazdan qochma kuch ta’sirida bolg‘achalar rotorga perpendikulyar
ravishda joy egallaydi va rotorning butun uzunligi joylashgan vintli liniya bo‘yicha
joylashgan, staninaga mahkamlangan qirg‘ich va bolg‘achalar orasidagi bo‘shliqqa
suyak yoki boshqa mahsulot kelib tushib maydalanadi.
Maydalangan mahsulot (suyak, jizza) tushadi va
mahsulotning talab etilgan
maydalanish darajasigacha tegishli o‘lchamda teshikli to‘r orqali elaklanadi.
Dostları ilə paylaş: