Ko`rish turi – ko`rish orqali materialni tez esda olib qolish.
Eshitish turi – eshitish orqali materialni yaxshi esda olib qolish.
Motor – turi odamni qayta takrorlash yoki yozib olish orqali esda olib qolishidir.
Aralash turi – ko`rish, eshitish, ko`rish – motor, eshitish – motor turlari haqida gapirish mumkin. Xotira sifati xotirada olib qolish tezligi, esda olib qolish mustahkamligi, esga tushirish tezligi bilan xarakterlanadi.
Esda olib kolishning yo`llarini bilmaydigan va puxta esda qoldirish uchun zarur shart sharoitlarini hisobga olmaydigan kishilar ko`pincha uz xotiralarini yomoniligidan nolib yurishadi. Shu bilan birga xotirani buzilish hollari ham bo`lishi mumkin. Kishining xotirasi biron bir kuchli, ta’sir (ko`p hollarda qo`rqish) miyaning katta yarim sharidagi kishi xotirasi bilan bog`liq bo`lgan markaziy nerv xujayralarining shikastlanishi oqibatida buzilishi mumkin. Shizofreniya, skleroz kabi kasallik turlari xotiraning buzilishi bilan bog`liq. Psixokorrektsiya - inglizcha so`zdan olingan bo`lib - shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo`llash jarayoni. Kishi xotirasini psixokorrektsiya orqali rivojlantirish va shakllantirish mumkin. Bularning o`ziga xos qoidalari mavjud. 4. Maktab o`quv tarbiya jarayonini tashkil etishda diqqatning barcha turlariga asosiy xususiyatlarini hisobga olish zarur. O`quv jarayonida ixtiyorsiz diqqat muhim rol’ o`ynaydi. Ixtiyorsiz diqqatning boshlangich sinflardagi roli ayniqsa kattadir. Chunki kichik yoshdagi o`quvchilarda diqqatni ixtiyoriy ravishda biror narsaga qaratish qobiliyati sust rivojlangan bo`ladi. Maktab ish tajribasida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatni birga qo`shib olib borish va ixtiyorsiz diqqatga tayangan holda ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash zarur. Butun o`qitish jarayonini to`g`ri va puxta uyushtirish o`quvchi diqqatini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Diqqat ta’limning muvaffakiyatliligi shartlaridan biri bo`lgani holda uning shakllanishi ham ushbu jarayonining o`zida yuz beradi.
O`quv faoliyati ayniqsa ixtiyoriy dikkatni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. O`quvchilarning dars paytidagi diqqati darsning tuzilish xususiyatlari bilan belgilanadi, o`rganilayotgan materialning mazmuniga ham, uning o`qituvchi tomonidan bayon qilinishiga ham bog`liq bo`ladi. O`quvchilar diqqatining safarbar etilishi o`qituvchi nutqning xususiyatlariga, uning aniqligi va ifodaliligiga va shu kabilarga ham bog`liqdir. Diqqatni jalb qilishda ko`rgazmalilik (kartinalar, jadvallar, chizmalar va boshqalar)dan maqsadga muvofiq foydalanish katta ahamiyatga ega. O`quvchilarning diqqatining uyushtirishida o`qituvchilarning izchil va muntazam talabchanligi muhim rol’ o`ynaydi. Ba’zi psixologlar (P.Ya.Gal’perin) diqqatni nazoratining alohida psixologik ta’siri deb tushunadilar. O`quvchilar diqqatining yosh davr xususiyatlarini ham, individual xususiyatlarini ham hisobga olish ta’lim tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Masalan, kichik maktab yoshida diqqatning etarli darajada ob’ektga to`planmaganligiga, jumladan aqliy faolikka etarli emasligiga, o`quv faoliyati ko`nikma va malakalarining shakllanmaganligiga, bola irodasining kuchsizligi sabab bo`lishi mumkin.
Pedagogik faoliyatda diqqatning tashqi ko`rinishidagi individual xususiyatlarni ham inobatga olish muhimdir. Tashki belgilariga - aft - angorning o`zgachaligiga, yuzlarning ifodasiga va nigohning qaratilganligiga qarab diqqatning yo`naltirilganligini va uning to`planganligi darajasini aniqlash mumkin.
Koos kubiklari metodikasi 1923 yilda S.C Koh3 tomonidan taklif etilgan bo`lib, fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik ko`rish yasash xususiyatlarini o`rganishga mo`ljallangan. Bu metodika D.Wechslerning (1959-1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan.
Link kubi metodikasi diqqat barqarorligini, ziyrakligini, aniqlashga imkon beradi.
P’eron-Ruzer metodikasi ko`rish-yasash xususiyatlarini, maqsadga yo`nalgan ko`nikmalarini, egallash imkoniyatlarini, xarakterlarning yangi usullarini o`zlashtirishni o`rganishga mo`ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin.
Diqqatning ko`chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini o`rganish maqsadida I.V.Kruk (1986) tomonidan taklif etilgan metodikaning o`zgartirilgan variantini etilgan metodikaning o`zgartirilgan variantini qo`llash mumkin.
Shul’t jadvali bo`yicha sonlarni izlash metodika diqqatning ko`chishi va bo`linish xususiyatlarini, sensomotor reaktsiyalar tezligini o`rganish uchun foydalaniladi.
Krepelin bo`yicha sanash va hisoblash metodikadan murakkab sezgi harakat reaktsiyalarini, ish qobiliyatini, ixtiyoriy diqqat barqarorligini aniqlash, psixik jarayonlar kechishining tezligini aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Bulardan korrektur sinovi metodikasi diqqatning tebranishini ko`rish analizatori uzoq vaqt ishlaganda bir xil ko`ruv qo`zg`atuvchilarga nisbatan sinaluvchining charchashini aniqlashga imkon beradi.
Psixologiyada xotirani o`rganish uchun maxsus metodikalar mavjud. R.Meili testi 1961 yilda ishlab chiqarilgan bo`lib, 7-14 yoshli bolalar kattalarning ko`rish va eshitish xotirasini o`rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va ko`rish xotirasi o`rganiladi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o`qib bergan so`zlarni, predmetlarning nomlarini eshitib esda olib qolish qobiliyati o`rganiladi. Bu tadqiqotlar bir kunda o`tkazilmaydi, bu esa xotiraning o`rganilyoetgan xususiyatlarini yaxshilab tahlil qilishga imkon beradi. Ko`rish xotirasi xususiyatlarini D.Wechsler (1945) taklif etilgan metodika yordamida o`rganish mumkin. Bu metodika xotira shkalasini o`rganish subtestlaridan biridir. Sinaluvchiga turli geometrik figuralar tasvirlangan rasmlarga qarash taklif etiladi. Har bir rasm sinaluvchiga 10 soniya ko`rsatiladi. Keyin sinaluvchi toza oq qog`ozda ko`rgan narsasini qayta esga tushirib, chizish kerak. Tajriba natijalarini miqdoriy tahlil qilish kerak.