Direktor va mutaxasislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/4
tarix08.07.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#136180
  1   2   3   4
Maktabgacha PSIXOLOGIYA Yuldasheva Umida


O’ZBKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI
DIREKTOR VA MUTAXASISLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI

50-GURUH TINGLOVCHISI

Yuldasheva Umidanning


Maktabgacha yosh davri psixologiya fanidan tayyorlagan







Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda yangi interfaol o‘yinlarni qo’llashning ahamiyati


Reja:
1 Mazmunli-rolli o‘yinlar va ularning ahamiyati
2 Bolalarning psixik rivojlanishiga o‘yinchoqlarning ta’siri
3 O`yinchoqlarning turlari

O‘yinning bolalar psixik taraqqiyotidagi g‘oyat katta


ahamiyatini nazarda tutib, mashhur pedagoglar va mutafakkir
yozuvchilar o‘zlarining bu masalaga doir qimmatbaho fikrlarini
yozibqoldirganlar. A.S. Makarenkoning fikricha,bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishlari uchun birdan-bir vositadir.
Katta odamlar uchun mehnat faoliyati
qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin shunchalik ahamiyatga ega. «Yaxshi o‘yin faoliyati,– deydi A.S. M akarenko, – yaxshi bajarilayotgan mehnatga o‘xshaydi. Mana shuning uchun bolalar
o‘yin faoliyatida o‘zlarini qanday namoyon etsalar, katta
bo‘lganlaridan so‘ng mehnat faoliyatlarida ham ko‘p jihatdan
o‘zlarini shunday namoyon etadilar». A.S. Makarenkoning bu
fikri bolalarning o‘yin faoliyatlari orqali ularda yuksak insoniy
sifatlarni tarbiyalash imkoniyati naqadar katta ekanligiga
ahamiyat bilan qarashni taqozo etadi. O‘yin faoliyati bolalarni
insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning
shakliga,ya’ni ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy
tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni
egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan, ma’lum malaka, ko‘nikma hamda elementar tushunchalarga
ega bo‘lishi kerak. Bularga esa bola faqat o‘yin faoliyati
tufayligina erishadi.
O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda
bolalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, narsalar haqida
fikr yuritish ham, san’at, xayol qilish, dam olish va xushchaqchaqlik
manbalari ham mujassamlangandir. Mana shu
jarayonlarning barchasi o‘yin faoliyatida namoyon bo‘ladi
hamda bolalar talab qilayotgan darajadagi to‘laqonli hayotni
ta’min eta oladi. O‘yinning bolalarni maftun etuvchi tomoni
ana shunda. O‘yin faqat tashqi muhitdagi,
narsa va hodisalarni bilish vositasi bo‘libgina qolmay, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va mazmunli o‘yinlarda bolalarning
barcha psixik jarayonlari bilan birlikda ularning individual
fazilatlari ham shakllanadi.Mana shu nuqtayi nazardan o‘yin
maktabgacha ta’lim-tarbiya ishlari orasida eng asosiysi hisoblanib,
markaziy o‘rinda turadi. Demak, maktabgacha yoshdagi
ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq ravishda
tashkil qila bilishga bog‘liqdir.
Bolaning haddan tashqari o‘yinga berilib ketishini (xayoliy
tarzda cho‘pdan yasalgan otni, stulchalardan qilingan paroxodni
berilib haydashni) real voqelikdan chetga chiqib ketish
deb qaramaslik kerak. Bola voqelikni, ya’ni o‘zi yashab turgan
muhitni va undagi turli-tuman narsa hamda hodisalarni juda
sevadi. Bola o‘zining voqelikka bo‘lgan cheksiz muhabbatini
va undagi narsa hamda hodisalarni bilishga bo‘lgan intilishini
o‘zining xilma-xil o‘yin faoliyatlarida ifoda etadi. Shuning
uchun bola o‘zining turli variantdagi o‘yinlarida xayoliy muhit
yaratib, voqelikni mumkin qadar to‘la va to‘g‘ri aks ettirishga
intiladi.
Chet el psixologlaridan J. Piaje va Koffkaning fikricha, bolalar
go‘yoki bir-biridan ajratilgan ikki xil dunyoda, ya’ni xayollar,
afsonalar dunyosida va (real) voqeiy dunyoda yashaydilar. Bolalar
o‘zlarining faoliyatlarida
qanchalik xayolga berilib ketmasinlar,
har doim voqeiy dunyoga, undagi real narsalarga nazar tashlab
turadilar. Buning haqiqatdan ham shunday ekanligini ularning
o‘yin jarayonida o‘z xatti-harakatlariga «bunday bo‘ladi», «bunday
bo‘lmaydi» deb baho berib turishlaridan ko‘rish mumkin.
Ular qanchalik o‘yinga berilmasinlar, voqeiy dunyoni hech qachon
Unutmaydilar va unga go‘yoki andaza tariqasida zimdan
qarab turadilar.
Psixolog A.N. Leontevning fikricha, bolalarning o‘yin faoliyatlarida
real voqelikdan chetga chiqib ketish darajasidagi afsonaviylik
yo‘q. Bolalar o‘yinlaridagi turli-tuman harakatlar va
narsalar voqelikda haqiqatdan bor bo‘lgan real harakat hamda
real narsalarning real obrazlaridir. Bola o‘zi yashab turgan
real voqelik bilan bog‘liq bo‘lmagan xayoliy, afsonaviy
o‘yinlar yaratishning hali uddasidan chiqa olmaydi. Chunki
bola hali o‘zi bilmagan, ko‘rmagan, eshitmagan narsalarini o‘z
o‘yin faoliyatida aks ettira olmaydi. U yoki bu o‘yinni o‘ynash
uchun bolalar albatta elementar ravishda bo‘lsa ham hayotiy
hodisalar hamda mehnatning bir qancha turlari bilan tanish
bo‘lishlari kerak.
Demak, bolaning hayoti qanchalik mazmundor
va yashash doirasi qanchalik keng bo‘lsa, uning o‘yinlari
ham shunchalik xilma-xil bo‘ladi. Natijada bola zerikib, toliqib
qolmaydi. Bolalar hayotini mazmundor qilish ko‘p jihatdan
tarbiyachilar hamda ota-onalarga bog‘liq. Ota-onalar va tarbiyachilar
bolalarni vaqti-vaqti bilan sayohatga olib chiqib turishlari
maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa
emas, aksincha bolalar xayolining o‘zi o‘yin jarayonida yuzaga
kelib, rivojlanadi. Bolalar o‘yin faoliyatlarida turli xayoliy
va afsonaviy obrazlarni yaratadilar. Odamning tashqi muhitdagi
narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon
emas, balki aktiv hamda ijodiy yaratuvchan, o‘zgartiruvchan
jarayondir.
Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati, o‘yinning
Umumiylik xarakteriga ega bo‘lishidir. Bola o‘zining turli-tuman
o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir kasb
egasining emas umuman haydovchilarning, militsionerlarning,
tarbiyachilarning, uchuvchilarning xatti-harakatlarini
aks ettiradi. Albatta, turmush tajribasi va faoliyat doirasi juda
cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni (onasini, otasini va boshqalarni) va ularning xatti-harakatlarini
aks ettiradilar. O‘rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarning
o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga
ega bo‘la boshlaydi. O‘yin faoliyati bolalarni individual
ravishda o‘rganish imkonini beradi. Bolalarning individual
xususiyatlarini xususan ularning guruhiy o‘yinlari orqali kuzatish
qulaydir.
Guruhiy o‘yinda bolalar bir guruh odamlarning murakkab
hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «Sotuvchi
– xaridor» o‘yinida bolalar sotuvchi, kassir, ishchi, xaridorlar
rollariga bo‘linib o‘ynaydilar. Bolalarning mana shu kabi guruhiy
o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, guruhiy
o‘yinda har bir bola o‘z rolini yaxshi bajarishga intilishi
bilan birga o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib
ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun
qobiliyatini ishga solishni talab etadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin