Direktor va mutaxasislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/4
tarix08.07.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#136180
1   2   3   4
Maktabgacha PSIXOLOGIYA Yuldasheva Umida

Kichik guruh bolalari hali hayot tajribalari kam bo‘lganligi
uchun tashqi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lmaydilar. Ularga
hali narsalarning rangini, hajmini ajrata olishga o‘rgatuvchi
o‘yinchoqlar zarur. Shuning uchun ularga qo‘g‘irchoq, yumshoq
o‘yinchoq bilan birga har xil rangli matolar ham berishi
kerak. O‘z qo‘girchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab,
o‘ynaydilar. Bolalarga beriladigan qo‘g‘irchoq chiroyli va sinmaydigan
bo‘lishi juda muhimdir (ularga ko‘proq plastmassadan
yoki rezinadan qilingan qo‘g‘irchoq berish kerak. Ular
qo‘g‘irchoqni kiyintiradilar, yechintiradilar, cho‘miltiradilar va
hokazo). Kichik guruh bolalari qo‘g‘irchoqlarni yuvintirayotganlarida
uning qanday materialdan qilinganiga ahamiyat bermaydilar.
Shuning uchun ularga pishiq yasalgan, tezda buzil309
maydigan qo‘g‘irchoqlarni berish kerak.
Nozik qo‘g‘irchoqlarni
katta guruh bolalariga berish mumkin.
O‘g‘il bolalarga esa har xil rangdagi bir-birining ichiga
sig‘adigan quticha, piramida kabi o‘yinchoqlarni berish foydalidir.
Kichik guruh bolalariga o‘ynash uchun fil, yo‘lbars, bo‘ri,
jirafa kabi o‘yinchoq-hayvonlarni berish yaramaydi. Chunki bu
yoshdagi bolalar hali bunday yovvoyi va yirtqich hayvonlar bilan
tanish emaslar. Ularga yaxshisi o‘zlari kundalik hayotlarida
kuzatgan va kuzatishlari mumkin bo‘lgan tanish hayvonlarning
obrazlarini ifodalovchi o‘yinchoqlarni berish maqsadga
muvofiqdir. Masalan, ot, qo‘y, it, sigir, echki, mushuk kabi.
O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalari o‘yinchoqlar bilan
o‘ynaganlarida ham guruh bo‘lib o‘ynashni yoqtiradilar. Chunki
ularni kichik guruh bolalari kabi ayrim narsalar emas, balki atroflaridagi
eng yaqin odamlarning onasi, otasi, tarbiyachisi, mudira kabilarning qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘layotganliklari ko‘proq qiziqtiradi. Binobarin, ular o‘zlarining o‘yinlarida hattoki,o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydigan o‘yinlarida ham kattalarning turli faoliyatlarini taqlidan takrorlaydilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga mazmunli-rolli o‘yinlarga, uy-ro‘zg‘or ishlariga, mehnat qurollariga doir o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshda xayol taraqqiy eta boradi. Qalam – sehrli cho‘pga, burglar – pulga, qog‘ozga chizilgan naqsh – qo‘g‘irchoqlar gilamiga aylanadi.
Masalan, 4 yoshli bolalar o‘yini kuzatilganda Habiba legolarni
bir idishga solib qoshiq bilan aralashtirib bo‘tqa tayyorlab,
qog‘ozga chizib singlisini ovqatlantirgan. Shuning uchun bu yoshdagi
bolalar o‘yinchoq talab qilavermaydilar, balki o‘z qo‘llari bilan
o‘yinchoq yaratishni xohlaydilar. 5 yoshli bolalar katta hajmdagi
o‘yinchoqlarni o‘ynamay qo‘yadilar. Hayvonlar to‘plami, oila
qo‘g‘irchoqlari, soldatchalar bilan turli ko‘rinishgadi o‘yinlarni
o‘ylab topadilar. Bunday o‘yinlar boladagi xayol, idrokning
rivojlanayotganini,konkret tafakkurdan ijodiy fikrlashga o‘tayotganini
ko‘rsatadi, bolaning emotsional hayotini boyitadi.
Tayyorlov guruhi bolalari qurish-yasash, mayda bo‘laklardan
turli samolyot, kemalar, mashinalar hosil qilishni, turli stol
o‘yinlarini, yig‘iladigan robotlarni, ovozli, yig‘laydigan chaqaloq
qo‘g‘irchoqlarni, tikish va to‘qish asboblarini talab qiladilar. O‘z
qo‘llari bilan birorta narsa yasab kimgadir sovg‘a qilishni istaydilar.
Shuning uchun bolaning narsa yasashga bo‘lgan har qanday
istagini qondirish, ehtiyoji va qiziqishini quvvatlash lozim.
Bu yoshda o‘yinchoqlar magazini ikkinchi darajali bo‘lib qoladi.
Bolalar endi ko‘proq o‘quv qurollariga qiziqadilar. Demak,
bu vaqtda avvalgi o‘yinchoqlar bolaga kerak bo‘lmay qoladi. Lekin
hech qachon bola o‘ynamay qo‘ygan o‘yinchoqlarni bolaning
ko‘z o‘ngida axlatga tashlab yuborish kerak emas. Chunki,
har bir o‘yinchoq bolaning xotirasi, his-tuyg‘ulari, tashvish-u
quvonchlari bilan bog‘liq. Yaxshisi uni kimgadir yoki maktabgacha
ta’lim muassasasiga berib yuborish mumkin. Maktab yoshiga
kelib bolalar o‘yinchoqlarsiz ham o‘yinlar tashkil qila oladilar.
Umuman maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida ularning
taraqqiyotlari uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan
o‘yinchoqlar masalasiga tarbiyachilar ham, ota-onalar ham
jiddiy e’tibor bilan qarashlari kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Ta’lim to‘grisida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


». Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –
T.: Sharq HMK – 1997.
2. I.A. Karimov. Barkamol avlod orzusi. – T.: «O‘zbekiston»
– 2000.
3. I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.:
Ma’naviyat. – 2008.
4. M. Vohidov. Bolalar psixologiyasi. – Toshkent. «O‘qituvchi»
– 1882.
5. A.V. Petrovskiy va boshqalar. Umumiy psixologiya. – T.:
«O‘qituvchi». – 1992.
6. P.I. Ivanov. Umumiy psixologiya. – Toshkent. – 2007.
7. E. G‘oziyev. Psixologiya. Darslik. «O‘qituvchi» nashriyotmatbaa
ijodiy uyi. – Toshkent. – 2008.
8. V.M. Karimova, F.A. Akramova. Psixologiya. Ma’ruzalar
matni. FTDK, DITAF – Toshkent. – 2000.
Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin