Mehnat talimi kasb tanlashga yollash darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi.
3.Kasblarxususiyatinio’rganishdakasbgayo’llash O’quvchilarni kasblarning xususiyatlari bilan amaliy tanishtirish uchun mehnat ta’limi dasturida ko’rsatilgan ta’lim mazmuni yo’nalishlarining har bir gruppasidan bittadan ixtisosni ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu ixtisoslar mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish ta’limi bo’yicha kasblarning beshta tipidan uchtasiga taalluqli bo’lishi lozim. Masalan, metall va unga ishlov berish texnologiyasi (odam-texnika) mashinasozlik chizmachiligi (odam-belgilar sismavzusi) savdo xizmat ko’rsatish (odam-odam). Bu uchta ixtisosdan har biri bilan tanishish uch bosqichdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqich-o’quvchilarni mazkur ixtisoslik bo’yicha turli ish o’rinlari (individual, jamoa va shu kabilar), ularni tashkil qilish, jihozlar va uskunalar; mazkur ixtisoslikdagi turli ishchilar foydalanadigan mehnat qirollari texnik mehnat mahsulotlari (buyumlarning turlari) bilan tanishtirish.
Bu bosqichda materialni og’zaki bayon qilish metodlari (tushuntirish, hiqoya qilish, suhbat o’tkazish), shuningdek, texnik obyektlarni ko’rsatish yetakchi metodlari hisoblanadi. Materiallardan foydalanib, o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etilishi mumkin (avvalo, bir gruppa ixtisoslari bo’yicha) qo’llanadigan yozma instruktsiya o’quvchilarni asbob-uskunalarning texnik-iqtisodiy xarakteristikalari, ularni ishlatish usullari bilan tanishtirish, o’lchovlarini bajarish va shu kabi topshiriqlarni o’z ichiga olishi kerak. Quyida misol tariqasida instruktsiya kartasining namunasi keltiriladi.
16K20 tokarlik-vint qirqish dastgohini o’rganish amaliy ishi uchun instruktsiya kartasi.
Maqsad. Dastgohning tuzilishini o’rganish va uning eng muhim texnik xarakteristikalarini aniqlash.
Jihozlar va asboblar. 16K20 dastgohi, uning texnik pasporti, chilangarlik chizg’ichi.
Asosiy texnik ma’lumotlar. Dastgoh turli tokarlik va rezba qirqish ishlarini
bajarishga, donalab va seriyalab ishlab chiqarish sharoitida materiallarni tez qirqishga mo’ljallangan.
Ishni bajarish tartibi.
Pasport yordamida stanokdagi uzatmalar qutisi, oldingi va keyingi babkalarni, support, patron, yurgizish vinti, yurg’izish valini topish.
Dastgohdagi boshqarish organlari izatish qurilmalarining tutqichini yoki qirqiladigan rezba qadamini shpindelning aylanish chastotasi orqali boshqarish, supportning ko’ndalang va yuqori salazkalarini qo’l bilan surish, uzatishni ulash va ajratish, pinolni, keyingi babkani boshqarish; yurgizish shturvali bosh yuritma elektrodvigatelini ulash va ajratish knopkalarini boshqarishning elektr pultini topish.
shpindelning aylanish chastotalari soni (pasport bo’yicha);
v) shpindelning aylanish chastotasining oxirgi qiymati (pasport bo’yicha);
g) ishlanayotgan homashyolarning eng katta diametri: dastgoh tepasida, supportning ko’ndalang salazkalari ustida tekshirish;
markazlar o’rtasidagi masofa;
boshqarish tutqichining berilgan holatida shpindelning aylanish chastotasi.
Tekshiruv savollari:
Metalga tokarlik ishlov berish asosida qanday fizik qonunlar yotadi?
Oldin o’rganilgan (5-7-sinflarda) dastgoh bilan bu dastgohning
o’xshashligi va farqi nimada?
Dastgohdagi asosiy texnik jarayonlarini aytib bering. Bu dastgoh qayerda ishlatiladi?
Maktab dastgohini boshqarishning asosiy uzellari va organlari vazifasini tushuntirib bering.
Ikkinchi bosqich - o’quvchilarni mazkur ixtisoslik kasblari uchun tipik bo’lgan asosiy operatsiyalar bilan tanishtirish. Bunda tashkiliy namoyish metodlaridan texnologik operatsiyalarni, mehnat xarakterlarini, qator tipik operatsiyalarni bajarish usullarini ko’rsatishdan keng foydalaniladi. Masalan, "Metal va unga ishlov berish texnologiyasi" ixtisosligi uchun ta’limiy namoyish o’quvchilarga parmalash stanogini boshqarish, detallarga ishlov berish (parmalash, teshiklarni parmalab kengaytirish, zenkerlash, moslamalar hamda mexanizatsiyalashgan asboblar bilan kengaytirish, tashqi rezba, ochiq yoki yopiq teshiklarda rezbalar ochish) usullarini; tokarlik yoki frezerlik stanoklarini boshqarish, silindrik yuzalarni silliqlash yoki yassi yuzalarni, to’g’ri burchakli yoriqlarni frezalash usullari va shu kabilarni.
"Savdo xizmati ko’rsatish" ixtisosligi uchun sotiladigan tovarlar tayyorlash usullarini sifat va xokazolarini tekshirish, haridorga xizmat ko’rsatish usullarini (haridorga maslahat berish, tovarni olib berish va xokazolar), savdo asbob- uskunalarida (elektron tarozi, avtomatlarda va shu kabilarda) ishlash usullarining ko’rsatishni o’z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich. Har bir o’quvchining ixtisoslik bo’yicha elementar ishlarni bajarish (oldingi bosqichda ko’rsatilgan va o’quvchilarga tushunarli ayrim operatsiyalarni tadbiq qilgan xolla uchchala gruppadagi ixtisosliklar bo’yicha amaliy ishlarni o’quvchilarni mehnat havfsizligi qoidalari bilan tanishtirishda (zarur hollarda jurnalga imzo chektirib) boshlash kerak.
Ixtisoslik gruppalarining har biriga doir amaliy ishlarni tahliliy mazmuni o’rtasida qisqacha to’htalib o’tamiz.
gruppa. Amaliy ishlar mehnat ta’limi darajasida qo’llaniladigan asboblarga o’xshash asboblardan foydalanilgan holda qator oddiy operatsiyalarni
bajarishdan iborat bo’lishi mumkin. Masalan: "Yog’och va unga ishlov berish texnologiyasi" ixtisosligi bo’yicha yog’ochda turum va quloqlar yasash, unga duradgorlik asboblari bilan ishlov berish (tolalari bo’ylab va ko’ndalangiga tilish, taxta, g’o’lalarni randalash) detallarni mix, turumlar va xokazolar bilan birlashtirish; "Metall va unga ishlov berish texnologiyasi" ixtisosligi bo’yicha yupqa metall listni qaychilar bilan kesish, moslamalarni qo’llab qo’l asboblari bilan bukish, xomashyolarni qirralarini, kesilgan joylarini burchaklarini egovlash; parmalash stanogida ochiq yoki yopiq teshiklarni parmalash, detallar va xokazolarga ishlov berish; "Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi" ixtisosligi bo’yicha furnituralar (knopkalar, petlyalar, ilgaklar, tugmalar)ni almashtirish, mashinada baxiya va buklama choklarni tikish, baxiya va qoplama choklar bilan buyumlar tikish.
gruppa. Amaliy ishlarni tashkil etishda shunday ishlar tanlanishi kerakki, ularni bajarish uchun o’quvchilar 5-7-sinflarda olgan ko’nikma, malakalari kifoya qilsin. Masalan, "Avtomobil ixtisosligi bo’yicha amaliy ishlar ayrim chilangarlik operatsiyalarini bajarishni o’z ichiga oladi. Bu operatsiyalar avtomobillarga xizmat ko’rsatish, ayrim mexanizm va detallarni ta’mirlash bilan bog’liq bo’lib, tozalash, detallarni ajratilgandan keyin yuvish va moylash, shablon asosida qistirmalar qirqish, rezbani to’g’rilash, ayrim detallarni moylash, ularni sortlarga ajratish, joriy (kundalik) texnik xizmat ko’rsatish (shinalar bog’lamini tekshirish, tortish va xokazolar) avtomobil agregatlari o’quv mexanizmini ajratish va yig’ish, maketlar tayyorlash va shu kabilardan iboratdir.
gruppa. O’quvchilarning amaliy faoliyati ishchilarning mehnat funktsiyalariga kiradigan, usta tushuntirib berganidan so’ng o’quvchilar bilib oladigan ayrim elementar ishlar va operatsiyalarni o’z ichiga oladi. Masalan, savdo xizmati ko’rsatish ixtisosligi bo’yicha ularni sirtdan qarab chiqish, savdo zaliga tashish va joylashtirish narhi yozilgan qog’ozlar o’rnatish, savdo zali yordamchi xonalarini yigishtirish, ishga tayyorlash va boshqalar.
O’quvchilarning amaliy ishlari jarayonida instruktaj o’tkaziladi, ish usullarini tushuntirish va ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Kirish va joriy instruktajlar
mehnat ta’limi jarayonida o’tkaziladigan instruktajlarga o’xshaydi.
Yakunlanuvchi instruktajning mazmuni o’quvchilarning ishdagi individual qiyinchiliklarini ana shu qismidan iborat biladi.
O’quvchilarni kasb xususiyatlarini o’rganishda kasbga yo’llashning maqsadi o’quvchilarning ta’lim ixtisosligini tanlash niyatini aniqlashdir. O’quvchi bilan suhbat o’tkazish jarayonida o’qituvchi ularning ko’rib chiqilgan ixtisosliklar yoki ularga o’xshash ixtisosliklar bo’yicha bundan kenyingi ta’limga munosabatini bilib oladi. O’quvchilarga anketa (yozma savol)lar tarqatiladi. Bundan maqsad u yoki bu ixtisoslik bo’yicha o’qish niyatini aniqlashdir. O’qituvchi darsdan tashqari vaqtda ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan birga anketalarga olingan javoblarni analiz qiladi, ularni u yoki bu ixtisoslik bo’yicha ta’lim olish o’rinlari miqdori bilan taqqoslaydi.