Dolzarb masalalari


O‘quvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari



Yüklə 283,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix16.12.2023
ölçüsü283,33 Kb.
#181090
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6s8BUPrNobiVLnQ538Qmiu5eNFSnaS2x0fRVGyro

O‘quvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari 
O‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari 
ta’limjarayonida pedagogik rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarning yangi o‘quv 
materialini egallashlarida ishtiyoq va faollikni ta’minlaydi. Mazkur metodlar 
o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari, aqliy faolliklari, yangi bilimlarni 
egallashga bo‘lgan ehtiyojlari, muloqot madaniyati, o‘z-o‘zini nazorat qilish va 
boshqarish, baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. 
Shuningdek, ta’limning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, o‘quvchilarda ongli 
intizom, burch va ma‘suliyatni tarkib toptiradi. 
O‘qitishda o‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlariga 
o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish, didaktik-o‘yin, o‘quv munozaralari, 
o‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va ma‘suliyatini shakllantirish metodlari 
mansub bo‘lib, ular quyidagi: 
a)
o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish metodlari o‘quvchilarda ijobiy hissiyotni 
vujudga keltirish, qiziqarli analogiyalardan foydalanish, taajjublanish effekti, bilish 
quvonchini vujudga keltirish, o‘quvchilarni rag‘batlantirish va tanbeh berish uslubi. 
b)
didaktik-o‘yin metodi o‘yin syujetini tanlash, o‘yin vaziyatlarini vujudga 
keltirish, o‘quv-bilishga oid o‘yinlarni tanlash, o‘quvchilarni rag‘batlantirish 
uslubi. 
v)
o‘quv munozaralari metodi o‘quv bahslarini keltirib chiqaradigan vaziyatni 
yaratish, ilmiy bahslarni vujudga keltirish, o‘quvchilarni muvaffaqiyatlarga 
yo‘llash, o‘quvchilar fikrini bayon qilishi, ular javobidagi xatolarni to‘g‘rilash, 
o‘quvchilarni rag‘batlantirish uslubi. 
d)
o‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va ma‘suliyatini shakllantirish metodi 
ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, o‘qishning shaxsiy ahamiyatini 
tushuntirish, o‘quv talablarini qo‘yish, o‘qitishda rag‘batlantirish va tanbeh berish 
kabi uslublarni mujassamlashtiradi. 

Yüklə 283,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin