Dolzarb masalalari


Mustaqil ishlash metodlari



Yüklə 283,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix16.12.2023
ölçüsü283,33 Kb.
#181090
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6s8BUPrNobiVLnQ538Qmiu5eNFSnaS2x0fRVGyro

Mustaqil ishlash metodlari 
Bu metodlarga darslik, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari va ko‘rgazma vositalari 
ustida mustaqil ishlash metodlari kiradi. Mustaqil ishlash metodlarining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlarini o‘qituvchining bevosita 
boshqaruvisiz bajarishidir. Mustaqil ishlash metodida o‘quvchilarning mustaqil 
o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish nazarda tutiladi. Mazkur metodda 
darslik, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazma vositalari ustida mustaqil 
o‘tkazilgan kuzatish va tajriba natijalari, masala va mashqlar ishlash bilim manbai 
sanaladi. 
Barcha metodlar kabi mustaqil ishlash metodlarining ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. Ta’limiy vazifasi sifatida o‘quvchilarning bilim va 
ko‘nikmalarni mustaqil egallashlari, bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va 
takrorlashni ta‘minlashini qayd etish mumkin. Ular o‘quvchilarning amaliy o‘quv 
ko‘nikmalari va malakalarni yaxshi o‘zlashtirishlarida, ayniqsa, muhimdir, chunki 
mustaqil harakatsiz ko‘nikmalarni avtomatlashgan va ijodiy xarakterdagi malaka 
darajasiga ko‘tarib bo‘lmaydi. 
Tarbiyaviy yo‘nalishdagi vazifasi o‘quvchilarda mustaqillik, bilish faolligi
ma‘naviyat, faol hayotiy pozitsiyani egallash, mehnatsevarlik va insoniy fazilatlarni 
tarkib toptirishga yordam beradi. 
Rivojlantiruvchi yo‘nalishdagi vazifasi o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, 
tafakkuri, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga yordam berish, irodani 
chiniqtishdir. 
Mustaqil ishlash metodlari tarkibiga mustaqil ish topshiriqlarini berish, o‘quv 
faoliyatida mustaqillikni rivojlantirish, o‘quv mehnati malakalarini tarkib toptirish, 
namunaga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish, ijodiy topshiriqlar berish uslublari 
kiradi. 
Har bir o‘quvchining ta’lim- tarbiya jarayonidagi faoliyati o‘ziga xos bo‘lib biri 
– birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi 
harakatini bir xillikda baholash bir mavqeda ko‘rish albatta noo‘rin. 
O‘quvchilarning mustaqil ishlari, fikrlashi salohiyatlarida ham farq katta. 
O‘quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash o‘qituvchi tomonidan 
materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yo‘llar bilan hosil qilinadi. Bunda 
quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik 


asosida o‘rganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy 
ishlarni o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. 
Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni 
mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak 
va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat maktab o‘quvchilarida uyg‘un holda rivojlanishi 
kerak. Buning uchun avvalo, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash
ularda biror ishni qila olishga va Shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish 
lozim. 

Yüklə 283,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin