Dolzarb masalalari



Yüklə 277,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix19.10.2023
ölçüsü277,31 Kb.
#156938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Px8WHICiXGqL0MP2DYybOGbhMOyapFfCx3uFHfms

Afzalligi 
O‘quv maqsadiga muvofiq baholanadi. 
Ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasi ob’ektiv baholanadi. 
Baholash o‘zining aniq ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. 
Ta’lim oluvchining olgan bahosi uning yo‘l qo‘ygan xatolarini yaqqol ko‘rsatib 
beradi. 
Baholanuvchini ta’lim olishga yo‘naltiradi; 
Baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini 
xolisona aniqlab beradi, ularning o‘z bilimi va malakalariga bo‘lgan ishochini 
oshiradi. 
Hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarini o‘rnatadi. 
Ta’lim mazmunini aniqlab beradi. 
Baholanuvchilarning o‘z faoliyati natijalariga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. 
Kamchiligi 
Mezonlarni ishlab chiqish ko‘p vaqt talab qiladi. 
Mezonlarning xolisligi, aniqligi va haqqoniyligini ta’minlashga nisbatan 
talablarning ko‘pligi; 
Qiyoslashga asoslangan baholash - nisbiy baholash shakli bo‘lib, u yuqorida bayon 
qilingan mezonga asoslangan baholashdan so‘ng, uning natijalari asosida
baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro taqqoslash 
orqali o‘lchashdan iborat. 
Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda 
baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar 
o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi.
Afzalligi 
O‘qituvchi ko‘p vaqt sarflamaydi. 
Turli shart - sharoitga oson moslashtirish mumkin. 


 Muayyan baholanuvchilar guruhi a’zolarini ularning o‘zlashtirish darajasiga qarab 
tabaqalashtirish imkonini beradi.
Baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini ajratib olish imkonini 
beradi (masalan, olimpiadaning navbatdagi bosqichiga ishtirokchilarni yoki kollejga 
kirish imtihonlari natijasida, boshqalarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkich ko‘rsatgan 
25 kishini ajratib olish mumkin).
Kamchiligi 
Faqat muayyan o‘quvchilar guruhi, sinf, maktabdagi mavjud natijalarga qiyosan 
baholash amalga oshiriladi. 
Baholar o‘qituvchi tomonidan sub’ektiv belgilanishi mumkin. 
Bilimlarni xolisona va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 277,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin