Ko‘plab muvaffaqiyatli baholash tizimlari (SAT, PISA, GRE, GMAT,
TIMSS va boshqalar)ning umumiy xususiyati - ular hukumatlar, universitetlar yoki
ish beruvchilar uchun yaratilgan bo‘lib, imtihon topshiruvchilarning nafaqat bilimini
nazorat qilish, balki uning tafakkur darajasini rivojlanishini ham inobatga oladi.
Bugungi kunda biz o‘quvchining qanday rivojlanishini ko‘rsatadigan baholash
tizimlariga muhtojmiz, ya‘ni ushbu tizimlar nafaqat ballarni hisoblabgina qolmay,
balki o‘rgatadi. Jahon banki ekspertlarining fikriga ko‘ra, mamlakat o‘quvchilarning
ta’limjarayonini doimiy ravishda kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlashga imkon
beradigan tizimni yaratish muammosini hal qilmaguncha, o‘z rivojlanishida
ta’limsalohiyatidan unumli foydalanishni talab qila olmaydi.
Maktabni baholashning xalqaro modellarini qisqacha ko‘rib chiqish maktabni
baholashni amalga oshirishda tushunish va yondashuvlarning o‘xshash va farqli
tomonlarini aniqlashga imkon berdi. Shubhasiz, an‘anaviy baholash tizimi xalqaro
tajribani hisobga olgan holda ta’limsiyosatini yaxshilab qayta ko‘rib chiqishni va
qayta kontseptsiyalashtirishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: