Dolzarb masalalari



Yüklə 277,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix19.10.2023
ölçüsü277,31 Kb.
#156938
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Px8WHICiXGqL0MP2DYybOGbhMOyapFfCx3uFHfms

Finlandiya 
Finlandiyaning baholash tizimi o‘quv jarayonlarini takomillashtirishga 
qaratilgan va asosan shakllantiruvchi xarakterga ega. Shuning uchun baholashning 
asosiy maqsadi o‘qish va o‘qitishni takomillashtirishdir. 
Formativ baho o‘qituvchilarga ularning o‘quvchilariga ma’lum mavzularni 
o‘rganishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni aniqlashga imkon beradi. Ushbu 
yondashuv o‘qituvchilar va maktab ma‘muriyati o‘quvchilarini o‘z vaqtida qo‘llab-
quvvatlashni ta’minlaydi, bunda ballar Shunchaki oddiy ballardan farq qiladi. 
«O‘qituvchilar o‘quvchilarga ushbu baholar nimani anglatishini va ular qanday qilib 
o‘quv jarayonini yaxshilashlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berishlari kerak» 
[Finlandiya Ta’lim Milliy Kengashi, 2010]. 
Finlandiya Milliy Ta’limKengashi (2004) baholashni majburiy va milliy mezonlarga 
mos keladigan ikkita toifaga ajratadi: joriy baholash (shakllantiruvchi - formativ) va 
yakuniy baho (yillik, malaka). 
Formativ baholashning maqsadi - tadqiqot qobiliyatlarining o‘sishiga ko‘maklashish 
hamda o‘quvchilarning o‘zini o‘zi baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
Yillik baholashning maqsadi o‘quv jarayonida o‘quvchilarning rivojlanishi 
to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirish, Shuningdek ularni yaxshilash bo‘yicha 
takliflar berishdir. 
Yakuniy baholashning maqsadi so‘nggi 2 yil ichida o‘quvchilarning ta’limyutuqlari 
darajasini aniqlashdan iborat. 
O‘quv dasturini yangilash jarayonida milliy standartlashtirilgan baholash, maktablar 
va o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi baholash jarayonida olingan ma’lumotlardan 
foydalaniladi. 
Kanada 
Kanadaning baholash tizimida ishlashning asosiy o‘lchovi - bu 
topshiriqlarning umumiy hajmiga to‘g‘ri va to‘liq javoblarning ulushi. Barcha 


fanlardan olingan ballar asosida o‘rtacha ball (foiz) hisoblanadi. Keyingi yilga o‘tish 
uchun 50% dan ball ko‘proq to‘plash kerak. 
O‘quv yutuqlarini baholashning eng standart usuli bu maktab ichidagi baholash 
bo‘lib, u ikki baholash shaklidan iborat - formativ va summativ. 
Formativ baholash diagnostik xarakterga ega va o‘quv yili davomida tizimli 
ravishda amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarning kunlik 
taraqqiyotini kuzatib borish va o‘qitish hamda o‘quv jarayoniga o‘z vaqtida tuzatish 
uchun qulay muhit yaratishdir. Baholash tartib-taomillarining ajralmas qismi 
o‘quvchilarga o‘z maqsadlariga erishish uchun kerakli yordamni ko‘rsatish uchun 
qayta aloqa o‘rnatishdir. 
Summativ baholash fiksatorlik xususiyatiga ega, ya‘ni u ma’lum bir vaqt ichida 
o‘quvchilar erishgan yutuqlar to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradigan 
ta’limni aniqlashga qaratilgan. Odatda, summativ baholash o‘quv bo‘limi, 
mashg‘ulot, kurs, chorak yoki dastur oxirida bo‘lib o‘tadigan oldindan belgilangan 
tadbirlar shaklida rejalashtiriladi va baholash hamda hisobot berish uchun ishlatiladi. 
Kanadaning baholash tizimi quyidagi printsiplar asosida qurilgan: 

baholash maksimal darajada obyektivlikni ta’minlaydigan turli 
xil usullarga asoslangan bo‘lishi kerak; 

natijalarni baholash va tahlil qilish o‘qituvchining vazifasidir: 
o‘qituvchi o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, 
o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilishi kerak; 

baholash natijalari o‘quvchilarning o‘quv maqsadlariga bo‘lgan 
taraqqiyoti yoki orqaga qaytishini aks ettirishi kerak. 

Yüklə 277,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin