Dolzarb masalalari



Yüklə 277,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix19.10.2023
ölçüsü277,31 Kb.
#156938
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Px8WHICiXGqL0MP2DYybOGbhMOyapFfCx3uFHfms

 
Singapur 
Singapurda tabaqalashtirilgan ta’limo‘quvchilarning boshlang‘ich darajasini 
hisobga olgan holda ko‘p bosqichli dasturlarda tashkil etiladi. Ushbu mamlakatning 
ta’limyutuqlarini baholash tizimi baholashning davomiyligi va sifatini olishga 
qaratilgan. Sifat ta’limjarayonining barcha ishtirokchilari uchun tushunarli bo‘lgan 
jarayonlar, baholash usullari va turlari shaffofligi orqali erishiladi. Ta’limyutuqlarini 
baholash o‘quv dasturlarining mazmuni asosida o‘rganishga individual 
yondashishni qo‘llagan holda, Shuningdek, har bir o‘quvchining qobiliyatlari, 
qiziqishlari va motivatsiyasini hisobga olgan holda individual traektoriyasini 
belgilaydi. 
Singapurda ikki asosiy baholash turi mavjud: ichki (maktab ichida) va tashqi. 
Maktab ichidagi baholash amaliyotida ham formativ, ham summativ baho 
qo‘llaniladi. Formativ baholash natijalari o‘quvchilarning o‘quv jarayonini 
yaxshilash uchun, summativ baholash natijalari o‘quvchilarning individual 


taraqqiyoti to‘g‘risida qaror qabul qilish va o‘quv dasturlarini takomillashtirish 
uchun ishlatiladi. 
Tashqi baholash o‘quv yutuqlarini kuzatish, tizimning barcha darajalardagi 
faoliyati to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni olish va barcha manfaatdor tomonlar 
uchun hisobotlarni tayyorlash maqsadida keng ko‘lamli baholash shaklida amalga 
oshiriladi. 
Singapurdagi aksariyat maktablar Kembrij imtihon kengashining baholash 
tizimiga amal qilishadi: o‘quvchilar asosiy maktabning 4-5-sinflarida, o‘rta 
maktabning yuqori sinflarda o‘qishning 2 yoki 3-yillarida GCEO Level darajasidagi 
imtihon topshiradilar. 
Ta‘kidlash joizki, Singapur akademik yutuqlarini baholash tizimi haqiqiy 
bilimlarni emas, balki olingan bilimlarni maqsadlar, vazifalar va kutilgan natijalarga 
muvofiq ravishda qo‘llash qobiliyatini baholaydi. 

Yüklə 277,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin