O‘z-o‘zini baholash. O‘quvchilar qo‘yilgan maqsadga erisha olishlari uchun
nimalar kerakligini aniqlay bilishlari kerak, buning uchun ularni o‘z-o‘zini
baholashga o‘rgatish zarur. O‘z-o‘zini baholash o‘qituvchi bilan dialog olib borishga
asoslangan. O‘quvchilarni o‘z-o‘zlarini baholashga tayyorlaganda o‘qituvchi
quyidagi savollarni ishlatishi mumkin.
Siz ushbu topshiriqni yaxshi bajarish uchun nimalar qildingiz?
Qayerda xatolar bor?
Boshqa o‘quvchilarga qaysi bo‘limlarni tushuntirib berishingiz mumkin?
Ushbu masalalar bo‘yicha maktabdan tashqari qanday tajribangiz bor?
Ushbu mavzu bo‘yicha qanday qo‘shimcha ma’lumotlarni bilasiz? va
boshqalar.
Kuzatuv
- baholashning muhim usuli bo‘lib, u ta’lim olish jarayonini tahlil va
nazorat qilishga qaratilgan. Quyidagilarni talab etadi:
Faqat ishning natijasiga emas, balki o‘quvchilar qanday ish olib
borayotganligi bilan ham tanishib borish.
O‘quvchilarning fikrlarini eshitish va zarur xulosalar chiqarish.
Dostları ilə paylaş: