Jarayon : nazorat va minuslar
Testlarga qo‘yilgan baho bilish bilishni belgilovchi ko‘rsatkich emas.
STEAM tizimida ishtirok etish barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli va bu
qanday baholanishi hech qachon to‘siq bo‘lmasligi kerak. Ushbu loyihalardan kelib
chiquvchi ma’lumotlar sinchkovlik bilan kitob o‘qish talabidan ancha ustun turadi.
Baho o‘zi nima uchun kerak?
O‘qituvchi uchun: uning metodikasi, ish faoliyati o‘quvchilar tomonidan
qanday o‘zlashtirish darajasini bilish uchun.
O‘quvchi uchun: o‘qish jarayonidagi intellektining rivojlanish darajasini bili
uchun.
O‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini faqat, masalan, test yoki masala yechish orqali
standart bitta usul orqali baholashi o‘quvchi rivojlanishiga olib kelmaydi. Shuning
uchun nostandart usullar, ya’ni loyihalar, uy tajribalaridan foydalanish tavsiya
etiladi. Yana bir usul bu o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholashi. Bunda berilgan
nostandart topshiriqni o‘quvchi qanday bajarganligiga o‘zi adolatli baho qo‘yishi
kerak bo‘ladi, bu uning o‘z mehnatini baholashiva o‘z ustida ishlashiga poydevor
bo‘ladi.
Baho ta’lim jarayonida aniqlangan bo‘shliqlarni aniqlash va ularning ustida ishlash
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: