11
th
-ICARHSE
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA
https://conferencea.org Feb. 28
th
2023
158
Bugungi shiddat bilan o‘sib borayotgan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini, albatta,
multimedia vositalarisiz tasavvur qilish juda qiyin. Ayniqsa, bugungi kunda til ta’limida
o‘quvchilarning
tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozish kompetensiyalarini to‘liq
shakllantirishda o‘qitishning zamonaviy metodlari va ularni yuzaga keltirishda yaqindan
yordam beradigan multimedia vositalarining o‘rni juda biqiyosdir. Ona tili mashg‘ulotlarida
to‘g‘ri tanlangan multimedia vositalari, hattoki, o‘quvchilarda og‘zaki
va yozma
savodxonlikning ham oshishiga amaliy yordam beradi, albatta. Xo‘sh, nega ta’lim jarayonida
multimedia vositalaridan foydalanish shunchalik muhim?
Bizga ma’lumki, ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik
nuqtayi nazardan juda katta ahamiyatga ega. Bunday jarayonda ta’lim oluvchiga beriladigan
ma’lumotlar oqimi nisbatan chuqurroq o’zlashtiriladi va shu bilan bir qatorda vaqtni tejash
imkoniyatiga
erishiladi, olingan ma’lumotlar kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi,
o‘quvchilarning passiv tinglovchi sifatida ishtirok etishi o‘z-o‘zidan qisqaradi, izlanuvchanlik
va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tatbiq etiladi, ta’lim
jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda, multimedia ta’limning emotsional-
estetik ta’sirlanish, maqsadga intilish, tadqiqotchilik kabi motivlarni faolashtiradi. Ma’lumki,
ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to‘rtdan bir qismini, ko‘rgan
materiallarining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko’rib, ham eshitsa axborotning
ellik foizini o‘z xotirasida saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalaridan foydalanganda
esa bu ko‘rsatkich 75 % tashkil etadi.
Hozirgi amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida ta’lim
sohasida
o‘quvchilarni o‘qitish ikki baravar samarali natija bermoqda. Yuqorida ta’kidlaganimizdek,
eshitgan ma’lumotlarning to‘rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo‘lsa, o‘quvchilarga
berilayotgan ma’lumotlarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi
va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 % gacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar
audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan holatda o‘quvchilarga berilsa,
ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish 70-95 % ga oshishi kuzatilar ekan. Albatta, bu jarayon
ta’limda oldimizga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishdagi eng samarali natija hisoblanadi.
Shu boisdan o‘quvchilar ongida katta hajmdagi
axborotni qabul qilish, tushunish hamda
voqelikka nisbatan faol va mas’uliyatli munosabatni tarbiyalashning psixofiziologik va estetik
xususiyatlarini hisobga oluvchi multimedia nazariyasini xususan multimedia pedagogikasini
yaratishga intilish bugungi ta’lim jarayonimizda dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Multimedia – bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi.
Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multipikatsiya,
videotasvir va fazoviy
modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi
tushuniladi.
Multimedia
hozirda
juda
tez
rivojlanayotgan
zamonaviy
axborot
texnologiyalardan bo‘lib, u quyidagi xususiyatlarga ega: