Dolzarbligi



Yüklə 282,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix03.06.2023
ölçüsü282,39 Kb.
#124601
1   2   3   4
11
th
 -ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org Feb. 28
th
 2023
159 

an’anaviy axborot turlarini: matn, jadval, turli xil bezaklar hamda orginal axborot 
turlarini: nutq, musiqa, telekadrlar, videofilmlardan parchalar, lavhalar, animatsiya 
ko‘rinishidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.

“inson-kompyuter-inson” interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, 
muloqot jarayonida foydalanishda ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishga ega 
bo‘lish kabi bir qancha xususiyatlarga ega.
Yuqorida ham ta’kidlaganimizdek, ta’lim jarayonida multimedia vositalari yordamida 
o‘quvchilarga bilim berish afzalliklari bir qancha, Bular sirasiga: 

ta’lim jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish 
imkoniyatining mavjudligi;

ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada oshishi;

dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga 
erishilishi;

eng asosiysi esa, olingan bilimlarning uzoq vaqt xotirada saqlanishi natijasida uni 
amaliyotda qo‘llay olish malakasining rivojlanishidir.
Ta’lim jarayonida multimedia resurslaridan foydalanishning quyidagicha bir qancha usullari 
mavjud:
1. Multimedia darsligi. 
2. Bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar to‘plami keltirilgan metodik 
tavsiyalar.
3.O‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha nazariy bilimlarning o‘quvchilar tomonidan qanday 
darajada o‘zlashtirilayotganini tekshirishga mo‘ljallangan test dasturi. 
4. Elektron virtual kutubxona;
5. Har bir ta’lim oluvchi uchun amaliy topshiriqlarni tayyorlash va bosib chiqarish dasturi; 
6. Distant uslubida o‘qitish, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilar ma’lum masofada joylashgan 
holda ta’lim berish tizimi.
7. Internet tarmog‘iga ulangan multimedia kompyuterlari. 
8. Printer(topshiriqlarini tayyorlash va test natijalarini chiqarish uchun). 
9. Kompyuter ulangan proyektor yoki taqdim etish texnologiyasi va boshqalar.
Ta’kidlash mumkinki, multimedia resurslari ta’lim jarayoniga juda ham ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi, lekin ushbu resurslarni yaratishga e’tibor bilan yondashish zarur. Ta’lim jarayonida 
multimedia qanday ishlaydi? Samarali ishlab chiqilgan ta’lim muhiti (shu jumladan, 
multimediali ta’lim muhiti) quyidagi 4 ta elementni o‘z ichiga qamrab oladi: 
1. Axborotlarni aks ettirish;
2. Ishni nimadan boshlash va qanday davom ettirish bo‘yicha qo‘llanma;
3.Tushunish va xotirada saqlab qolish uchun mashqlar;
4.O‘tilganlarni takrorlash yoki keyingi bosqichga o‘tish zarurligini aniqlash uchun o‘zini 
baholash. 



Yüklə 282,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin