Dolzarbligi



Yüklə 282,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix03.06.2023
ölçüsü282,39 Kb.
#124601
1   2   3   4
 
Keywords: modern technologies, multimedia resources, computer tools, emotional-aesthetic 
influence, qualification requirements. 


11
th
 -ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org Feb. 28
th
 2023
158 
Bugungi shiddat bilan o‘sib borayotgan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini, albatta, 
multimedia vositalarisiz tasavvur qilish juda qiyin. Ayniqsa, bugungi kunda til ta’limida 
o‘quvchilarning tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozish kompetensiyalarini to‘liq 
shakllantirishda o‘qitishning zamonaviy metodlari va ularni yuzaga keltirishda yaqindan 
yordam beradigan multimedia vositalarining o‘rni juda biqiyosdir. Ona tili mashg‘ulotlarida 
to‘g‘ri tanlangan multimedia vositalari, hattoki, o‘quvchilarda og‘zaki va yozma 
savodxonlikning ham oshishiga amaliy yordam beradi, albatta. Xo‘sh, nega ta’lim jarayonida 
multimedia vositalaridan foydalanish shunchalik muhim? 
Bizga ma’lumki, ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik 
nuqtayi nazardan juda katta ahamiyatga ega. Bunday jarayonda ta’lim oluvchiga beriladigan 
ma’lumotlar oqimi nisbatan chuqurroq o’zlashtiriladi va shu bilan bir qatorda vaqtni tejash 
imkoniyatiga erishiladi, olingan ma’lumotlar kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, 
o‘quvchilarning passiv tinglovchi sifatida ishtirok etishi o‘z-o‘zidan qisqaradi, izlanuvchanlik 
va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tatbiq etiladi, ta’lim 
jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda, multimedia ta’limning emotsional-
estetik ta’sirlanish, maqsadga intilish, tadqiqotchilik kabi motivlarni faolashtiradi. Ma’lumki, 
ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to‘rtdan bir qismini, ko‘rgan 
materiallarining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko’rib, ham eshitsa axborotning 
ellik foizini o‘z xotirasida saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalaridan foydalanganda 
esa bu ko‘rsatkich 75 % tashkil etadi. 
Hozirgi amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida ta’lim sohasida 
o‘quvchilarni o‘qitish ikki baravar samarali natija bermoqda. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
eshitgan ma’lumotlarning to‘rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo‘lsa, o‘quvchilarga 
berilayotgan ma’lumotlarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi 
va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 % gacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar 
audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan holatda o‘quvchilarga berilsa, 
ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish 70-95 % ga oshishi kuzatilar ekan. Albatta, bu jarayon 
ta’limda oldimizga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishdagi eng samarali natija hisoblanadi. 
Shu boisdan o‘quvchilar ongida katta hajmdagi axborotni qabul qilish, tushunish hamda 
voqelikka nisbatan faol va mas’uliyatli munosabatni tarbiyalashning psixofiziologik va estetik 
xususiyatlarini hisobga oluvchi multimedia nazariyasini xususan multimedia pedagogikasini 
yaratishga intilish bugungi ta’lim jarayonimizda dolzarb masalalardan biri sanaladi. 
Multimedia – bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. 
Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multipikatsiya, videotasvir va fazoviy 
modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi 
tushuniladi. 
Multimedia 
hozirda 
juda 
tez 
rivojlanayotgan 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalardan bo‘lib, u quyidagi xususiyatlarga ega:



Yüklə 282,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin