Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi: 1. Til muloqot uchun qollaniladigan sozlar, ifodalar va ularni muloqotda qollash uchun manoli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli korinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.
2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha mano berishga qodir.
3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora manosini kuchaytirishi, toldirishi yoki rad etishi mumkin.
4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, yani, belgilangan manoga ega bolishi yoki ekspressiv, yani, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin.
5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy ananalarga, suhbatdoshga bolgan ishonch darajasiga bogliq boladi.
Inson ozining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi kashfiyotchiligi boyicha Er sayyorasida bizga malum tirik mavjudotlarni ancha quvib otdi.
Muloqot quyidagi bosqichlarga bolinadi: - muloqotga bolga ehtiyoj (axborotni etkazish yoki undan xabardor bolish, suhbatdoshga tasir korsatish zarur, va h.k.) boshqa odamlar bilan aloqaga kirishishga undaydi;
- muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini togri belgilash;
- suhbatdosh shaxsini belgilash;
- oz muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida soz yuritishini tasavvur qiladi (odatda anglanmagan holda);
- inson ongsiz ravishda (bazan ongli) foydalanishi mumkin bolgan aniq vositalar, nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, ozini qanday tutishini oylab qoyadi;
- suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qaytar aloqa ornatish asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish;
- muloqot yonalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish.
Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bolsa, sozlovchi muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi.
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bolish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur.