2. Muloqot vazifalari va turlari . Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon boladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ ozini hayotga joriy etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bolish orqali, ilm olishga bolgan keng imkoniyatlar evaziga inson ozining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi.
R.S. Nemovning fikriga kora, maktabgacha bolgan davrda odam muloqotining ontogenetik taraqqiyoti bosib otadigan asosiy bosqtchlarni quyidagicha tasavvur qilib, tariflash mumkin:
1. Tugilgandan 2-3 oylikkacha bolgan yosh davri. Mazmun jihatidan biologik bolgan, bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirish vositasi bolib xizmat qiluvchi aloqaviy muloqot. Muloqotning asosiy vositasi sodda mimika va oddiy imo-ishoralar.
2. 2-3oylikdan 8-10 oylikkacha yosh davri. Asosiy his-tuygu organlari faoliyatining boshlanishi va yangi taassurotlarning paydo bolishi bilan bogliq bolgan bilish muloqotining dastlabki bosqichi.
3. 8-12 oylikdan taxminan 1,5 yoshgacha bolgan davr. Kognitiv ehtiyojlarga xizmat qiluvchi boshqariladigan, verbal-neverbal muloqot. Tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishga otish.
4. 1,5 yoshdan 3 yoshgacha. Jismli faoliyat va oyinning paydo bolishi bilan bogliq faoliyat va oyin muloqotining yuzaga kelishi. Faoliyat va shaxs muloqotiga bolinishning dastlabki bosqichi.
5. 3 dan 6-7 yoshgacha bolgan davr. Tabiatdan berilgan turli xildagi tabiiy belgilar yoki orttirilgan muloqot vositalarini ixtiyoriy ravishda tanlash va ulardan foydalanish. Syujetli-rolli oyinlarga jalb qilish asosida paydo boladigan syujetli-rolli muloqotning rivojlanishi.
Maqsadlariga kora, muloqot xizmat korsatish ehtiyojlariga muvofiq holda biologik va ijtimoiy turlarga bolinadi. Biologik bu organizmni mustahkamlash, muhofazalash va rivojlantirish uchun zarur bolgan muloqot. U asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish bilan bogliq. Ijtimoiy muloqot maqsadlari shaxslararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, individ shaxsiy kamolotining interxususiy munosabatlarini ornatish va rivojlantirishdan iborat. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni nechta turga ajratish mumkin bolsa, muloqotning ham shuncha xususiy maqsadlari bolishi mumkin.
Vositalariga kora, muloqot bevosita va vositali, togridan togri va bilvosita bolishi mumkin.
Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy organlar: qollar, bosh, tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita va qurollardan foydalanish bilan bogliq. Bular yo tabiiy (yogoch, erdagi izlar va h.k.) yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio, televidenie, internet va h.k.) jismlar.
Togridan-togri muloqot shaxsiy aloqalar va muloqot aktining ozida qatnashayotgan odamlarning bir-birini bevosita idrok qilishini belgilaydi, ularga, masalan, jismoniy aloqalar, odamlarning bir-birlari bilan suhbatlashishlari, bir-birlarining harakatlarini bevosita korib turgan holda, ularga javob qaytarishlari kiradi. Bilvosita muloqot vositachilar sifatida ish yuritadigan boshqa odamlar orqali amalga oshiriladi.
Muloqot turlari orasida, shuningdek, ish boyicha va shaxsiy, instrumental va maqsadli kabi turlarni ajratish mumkin.