Monosemantik va polisemantik sozlar. Tildagi sozlar bir va birdan ortiq manoga ega bolishi mumkin. Bir manolilik hodisasi monosemiya, kop manolilik hodisasi esa polisemiya deb yuritiladi. Masalan, marmar, goya, xulosa, taassurot kabi sozlar va ilm - fan sohalariga doir atamalar bir manoli sozlardir. Oz va kochma manolari tufayli ikki yoki undan ortiq manoga ega bolgan sozlar esa kop manoli (polisemantik) sozlar deyiladi. Masalan: etak - choponning etagi, togning etagi. Tilshunoslikda sozning kop manolilik xususiyatini organish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kop manoli sozlar turli usullar vositasida mano kochishi orqali oz manosidan boshqa manolar ifodalagan holda tilning ifoda imkoniyatlarini boyishida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, kop manoli sozlar oz manosidan tashqari kochma manolarga ham ega boladi. Sozning nutqdan tashqarida, yani tilda ifodalagan manosi oz manosi deb ataladi. Masalan, koz, etak sozlari yakka holda ishlatilganda uning asl, yani oz manosi anglashiladi. Sozning gap ichida, yani nutqdagi oz manosidan boshqacharoq mazmun ifodalashi uning kochma manosi deb yuritiladi. Masalan, ishning kozi, togning etagi kabi birikmalar tarkibida koz va etak sozlari kochma manoda qollangan.
Sozning mano kochish usullari. Ozbek tilida polisemantik sozlar mano kochishning tort xil usuli mavjud: 1) metafora; 2) metonimiya; 3) sinekdoxa; 4) vazifadoshlik.
Metafora (yunoncha «kochirma» sozidan olingan) biror narsa, belgi yoki harakatning nomi ozaro oxshashligi bolgan boshqa narsa, belgi yoki harakatga kochishidir. Masalan: U tarozining ikki pallasini kozdan kechirdi (I.Rahim). Yormat tarvuzni kesdi. Bir pallasini ozi olib, ikkinchi pallasini Yolchi va Oroz oldiga qoydi (Oybek). Birinchi misoldagi palla sozining oz manosi taroziga nisbatan qollaniladi. Uning tashqi korinishiga kora oxshashligi ikkinchi misolda tarvuz bolaklariga nisbatan ham qollanishga sabab bolgan. Metafora asosida nom kochish aniq narsalar doirasida bolganda ular ortasidagi oxshashlikni ilgash uncha qiyin bolmaydi. Mavhum narsalar doirasida esa bu bir oz qiyin kechadi: Bir qarichlikdan dutorni sevaman. Bir qoshni kelinchakdan organgan edim (Oybek). Yigit yalt etib qoshni dalaga qaradi, u yerda xotin-xalajlar, bola-chaqalar chuvillashib paxta terishayotgan edi (M.Ismoiliy). Metafora asosida nom kochish birgina narsa nomi bolgan otlarga daxldor bolmay, boshqa turkumga mansub sozlarda ham uchraydi. Masalan: taqir chol- taqir bosh, taqir sholcha; otkir pichoq-otkir hid, otkir odam kabi sifatlar; dalalarda qushlar uchadi uning jahldan lablari pir-pir uchardi kabi fellarda ham metafora asosida mano kochishi uchraydi.