Metonimiya (yunoncha «qayta nomlash», «nomini almashtirish») narsa yoki hodisalarning makon va zamonda ozaro bogliqligi, doimiy aloqadorligi asosida birining nomi ikkinchisiga kochishidir. Bunda narsa, harakat va belgi ortasidagi ozaro oxshashlik emas, balki doimiy aloqadorlikning mavjudligi birining nomini aytganda ikkinchisini anglash, nazarda tutish imkonini beradi. Metonimiya asosida nom kochishda narsalar (otlar) ortasidagi quyidagicha uzviy aloqadorliklar asos bolishi mumkin: 1) narsa yasalgan materialning umumiy aloqadorligi asosida uning nomi boshqa narsaga kochadi: Moyi tugab piligi soxta bolgan chiroq bir lip etib sondi (S.Ahmad). Sochini mayda orib uchiga pilik taqqan edi (S.Ahmad); 2) narsalarning oziga xos harakat-holati, xususiyati jihatdan umumiy aloqadorligi asosida uning nomi boshqa narsaga kochadi: beshik-maktab talim va tarbiya beshigidir, qaldirgoch-litseyimiz qaldirgochlari; 3) orinning unda joylashgan narsa bilan doimiy aloqadorligi asosida uning nomi boshqa narsaga kochadi: kosa, qoshiq, tovoq-ovqat, zal-zal kulib yubordi, sinf-sinf oyoqqa qalqdi manolarida ishlatiladi; 4) harakat-hodisaning nomi shu harakat-hodisaning bajarilgan vaqtiga kochiriladi: Machitdan shom azoni eshitildi (Sh.Toshmatov). Azonga yaqin bir iloj qilib qochibdi (P.Tursun); 5) narsaning nomi shu narsaga xos bolgan belgi aloqadorligi asosida kochadi: tulki-ayyor, mugombir odam, iflos-betayin, jirkanch kishi; 6) harakat, oyin obyekti shu oyinning nomi sifatida kochadi: uloq-uloq chopmoq va boshqalar. Sifat va fel turkumiga mansub sozlar doirasida ham metonimiya hodisasi mavjud bolib, ularda kochma mano belgining yoki harakatning aloqadorligiga asoslanadi. Masalan: qisqa yol - qisqa nutq, qisqa ovoz, begubor osmon-begubor odam, begubor kongil; bola boqmoq-kishini hunar boqadi, bogni boqsang bog bolur.
Sinekdoxa narsa va hodisaning nomi bilan uning qismini atash yoki qismining nomi bilan shu qism mansub bolgan butunni atash orqali yangi mano hosil qilish usulidir. Masalan: Tirnoq sozining farzand manosida ishlatilishi (U tirnoqqa zor edi) qism nomi bilan butunni ifodalashnishidir. Qol sozi bilan uning bir qismini, yani barmoqning atalishi esa (Qoliga uzuk taqdi) butun nomi bilan qismning nomlanishidir. Ajratib korsatilgan sozlarning quyidagi gaplardagi manolariga etibor bering: Rux samovar. Egamberdi, Sen darrov ot sol! (A.Qodiriy) Mirzo kechqurun samovarga chiqdi, ikkita choy ichdi (A.Qahhor). Devorlarda Tamara oz qoli bilan tikkan kashtalar osilgan edi (M.Muhammedov). U yenglariga chiroyli qizil kashtalar tikilgan ukraincha oq shoyi kofta kiygan edi (P.Tursun).