Tezaurus (yun. thesauros — xazina, boylik) — 1) muayyan tildagi barcha soʻzlarni qamrab oladigan, ularning matnda qoʻllanish holatlarini toʻlatoʻkis aks ettiradigan lugʻat. Jonli tilning lugʻat tarkibi doimo oʻzgarib turishi sababli Tezaurus faqat oʻlik tillar materiallari asosida yoki oldindan belgilab olingan yozma yedgorliklar uchun tuzilishi mumkin. Muayyan yozuv yodgorliklaridan leksikani yoppasiga terib olishga asoslangan lugʻatlar (mas., yunon, lotin tillariga tuzilgan lugʻatlar) shunday lugʻatlardan hisoblanadi. Turkiyshunoslikda A. K. Borovkov, E. I. Fozilov, A. Najiblarning 13—14-a. lar turkiy yozma yedgorliklari asosida tuzilgan lugʻatlari ham glossariy, ham Tezaurus belgilariga ega. Soʻz tanlash prinsipiga koʻra yozuvchilar yoki ular ijodiga mansub ayrim asar tili boʻyicha tuzilgan lugʻatlar ham Tezaurus hisoblanadi;
2) bironbir ilmfan sohasiga oid lugʻaviy birlik (soʻz) lar mavzu tartibida joylashtirilgan va ana shu birliklar oʻrtasidagi semantik (turjins, sinonimik va b.) munosabatlar aks ettirilgan ideografik lugʻat. Bunda soʻzlar alifbo tartibida emas, balki bir mavzu, bir tushunchaga aloqador soʻzlarning barchasi bir joyda beriladi: kerakli soʻzlar tushunchaga qarab qidiriladi. Nazariy jihatdan Tezaurus leksika semantik tizimining ehtimoliy modellaridan biridir. Amadda undan yozuvchi individual lugʻatini boyitish vositasi sifatida foydalaniladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. O`zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari qaysilar va ularni sanab bering
2. Tilning lug`at tarkibi. O`zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug`atlarga misollar keltiring
3. Akademik, ommabop va o`quv lug`atlari. Sohaviy lug`atlarda terminlar qo`llanilishiga misollar bering
5-amaliy mashg`ulot Mavzu: Terminlarning yasalishi. Reja: 1. Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi. 2. Sohaviy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi 3. Sohaviy terminlarning semantik usul bilan yasalishi Ilmiy adabiyotlarda takidlanishicha, malum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qollaniladigan va asosan osha soha kishilari tushunadigan maxsus sozlar terminlar atamalar sifatida qaraladi.
«Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda deb qayd etishadi «Ozbek tili leksikologiyasi» asarining mualliflari. Bazi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid soz va iboralarnigina emas, barcha uy-rozgor asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki otmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid sozlarni ham kiritadilar.
Demak, «atama» sozini «termin» tushunchasi manosida qollaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va malum bir fan sohasiga tegishli bolgan birliklarni anglashimiz lozim.
Shu manoda kasb-hunarga oid sozlar atamalardan farqlanadi. Ozbek tilshunosligida atamalarni organishga doir kopgina ishlar amalga oshirilgan. Koplab ilmiy kitoblar, risolalar, lugatlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lugatlarning nashr etilishi fanimizning katta yutugi hisoblanadi. Ozbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi ozbek alifbosiga otish togrisida»gi Qonunning qabul qilinishi, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qomitasi olib borayotgan yirik hajmidagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga kotarilishiga sabab boldi.
Atamalarning ozbek tilida son jihatdan kopchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bolib organishni taqozo qiladi. Chunki ozbek atamashunoslari S. Ibrohimov, S. Akobirov, Olim Usmon, R. Doniyorov, H. Shamsiddinov, A. Madvaliyev va boshqalar takidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini korsatishga, ularni malum bir tartibga keltirishga komaklashadi, sohalarga bolib organishni osonlashtiradi.
Atamalarni dastlab ikki katta guruhga ajratish togri boladi:
1. Umumiylik xususiyatiga ega bolgan atamalar.
2. Xususiylik xususiyatiga ega bolgan atamalar.