Mavzu: Til va terminologiya Reja: 1.Ozbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari. 2.Tilning lugat tarkibi. Ozbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lugatlar. Akademik, ommabop va oquv lugatlari. 3.Sohaviy lugatlarda terminlar. 4.Tezaurus haqida malumot. Respublikamiz oz mustaqilligiga, ona tilimiz esa Davlat tili maqomiga erishgan bugungi kunda turli fanlar, jumladan, ozbek tilshunosligi oldida yangidan-yangi vazifalar kondalang bolmoqda.Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiytexnik tub ozgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, ozbek tilida ham yangi terminlar paydo bolmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi manolar kasb etmoqda.
Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi. Songgi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq organish, terminlar yaratish va ularni qollashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari boyicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya boyicha terminologik tizim ham oziga xos orinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtayi nazardan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmetlar va tushunchalar paydo bola boshladi. Bu hol til lugat tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning, asosiy masalalaridan biri bolib qoldi. Alohida takidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal yetish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun yemas, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir.
Termin tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumistemoldagi sozdan farqlash uchun yetarli:
1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bolmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir soz yoki birikmadir;
2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan tarif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda malum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yol qoyuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq korsatish mumkin.
Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi togri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumistemoldagi sozlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qollanishi malum darajada nazorat ostida boladi. Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshladi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilgan.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.
Terminologik lug‘atlarni strukturalash va ularni malumotlar bazasida loyihalash ahamiyatga ega. Mashina tarjimasida terminografiya alohida organilishi uning lingvistik taminotda asosiy qism ekanligini korsatadi. Mashina tarjimasida terminlarning alohida sohaviy lugatlari yaratilishi, tarjimaning sifatini oshiradi. Terminologiya hamisha ozgarib boruvchi soha bolgani uchun rivojlangan davlatlarda bu yonalish jiddiy tadqiq etilgan. Ammo ozbek tilshunosligida kompyuter terminografiyasi deyarli organilmagan. Terminografiyada quyidagi masalalar organiladi:
1) u yoki bu terminning ikkinchi bir tilda aynan mavjud bolmasligi;
2) terminlarning soz birikmalari tarzida ifodalanishi;
3) matnning uslubini aniqlash va ilmiy terminlarning manolarini uslubga kora ozgarishi;
4) muayyan soha doirasida bir leksemaning turli manoda qollanilishi.
5) muayyan terminning bir necha sohada turli shaklda ifodalanishi Masalan, texnika sohasida qollaniladigan inglizcha pin termini ot soz turkumi sifatida quyidagi manolarga ega: barmoq, shtift, shpilka, shplint va h.k., shuningdek, ushbu leksema boshqa soz turkumi sifatida ham turli manolar kasb etadi: hayotini buzmoq, sozidan ilib olmoq va h.k. Olimlar fan va texnikaga oid terminlarni standartlashtirishga oid fikrlarni beradilar. Muayyan terminning istemolga kirib kelishida uning yaratuvchisi yoki ijtimoiy hodisalari tasirida bazi terminlarning orniga boshqa birining qollanish holatlarini inkor etib bolmaydi. Lingvistik taminotda terminlar lugatining nisbatan toliq berilishi tarjima sifatini oshirishga xizmat qiladi.