T A Q R I Z Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarida Taraqqiyotimizning har bir yonalishi boyicha maxsus adabiyotlar yaratish togrisida fikr yuritib, kopchilik darsliklar, oquv qollanmalari saviyasi talab darajasida emasligini qayd etgan edi. Yaratilgan darsliklar, qollanmalarning barchasi yangicha qadriyatlar va demokratik prinsiplar hamda biz barpo etishga intilayotgan erkin fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan munosabatlar sifatida ijtimoiy gumanitar fanlarning asosiy tadqiqot mavzulariga aylanishi lozim. Mualliflar tomonidan tuzilgan oquv dasturi yuqoridagi talablarni inobatga olib, taraqqiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti mohiyati va uning qonun-qoidalari, mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot hamda bugungi jahon xojaligi va unda Ozbekistonning orni kabi masalalarni organish ehtiyojidan kelib chiqqan. Oquv dasturi hamda u asosida tuzilgan ishchi oquv dasturi kirish, on tortta mavzuni oz ichiga olgan tort bolimdan iborat. Mualliflar tinglovchilarning iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni, umumiy asoslari, jamiyatda roy berayotgan demokratik islohotlar va modernizatsiya jarayonlari mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini idrok etishi hamda Ozbekiston va jahon mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotining oziga xos jihatlari, mohiyati, rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarni shakllantirish maqsadini kozlagan. Shuningdek, oquv dasturi Iqtisodiyot nazariyasi fanini organishda nazariya bilan amaliyotning uzviy boglanishi, Ozbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan hodisalar talqin etilishi va izohlanishi talablari ham inobatga olingan. Iqtisodiy bilimlarni berishda va tinglovchilarning mustaqil ravishda ozlashtirishlarida umumiylik va milliylikning uygunligini taminlash nazariyasi real iqtisodiy hayot bilan uzviy boglash nazarda tutilgan. Mualliflar har bir mavzuni organishda tinglovchilarning mustaqil ishlashlarini etiborga olib, yangi avlod adabiyotlari ham keltirganlar. Bu tinglovchilarning adabiyotlar bilan mustaqil ishlashlarida qulaylik yaratadi. Oquv dasturi tinglovchilarni amaldagi qonunlarni organishga ham undaydi. Mualliflar fan boyicha oquv dasturi va ishchi oquv dasturini iqtisodiyot nazariyasidagi ilgor tafakkur asosida tuzganlar. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga otish davri, mamlakatimizda demokratik 1991-yildan 2000-yilgacha bolgan muddatni oz ichiga oladigan birinchi bosqich, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilish, aholi turmush darajasining muntazam oshib borishini taminlash, 2001-yildan 2010-yilgacha bolgan muddatni oz ichiga olgan ikkinchi bosqich- mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish bosqichlari oz aksini topgan. Ishchi oquv dasturida esa mamlakatimizning hozirgi rivojlanish bosqichi Ozbekiston taraqqiyotining yangi rivojlanish strategiyasi, deb qarash, uning ahamiyatini ochib berish masalalari orin olgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Ozbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti, polkovnik Sh.R.Qobilov va boshqalar tomonidan tayyorlangan Iqtisodiyot nazariyasi fanini organish boyicha oquv dasturini chop etishga tavsiya etaman.