Toshkent moliya instituti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri Iqtisod fanlari doktori, professor T.Jorayev Annotatsiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa oziga xos xususiyatlari nuqtayi nazaridan tavsifnomasi. Annotatsiya boshlangich hujjatda soz boradigan savolga javob beradi.
Annotatsiya turlari. Mazmuni va maqsadli vazifasi boyicha - bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz tavsifnomasini beradi)
- tavsiyali (matnning istemolchilarning muayyan auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan tavsifini va bahosini beradi)
Mazmunni toliq qamrab olishi boyicha - umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi)
- ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan
jihatlardagi tavsifini beradi)
- guruhli (mavzusi boyicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)
Annotatsiyani tuzishga qoyiladigan asosiy talablar 1. Kompozitsiyasi mazmunan mantiqiy boladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Malumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotatsiya tusiga bogliq boladi.
3. Tili londaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertatsiya, maqolaga annotatsiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. Ortacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda 800 1000.
Annotatsiyani tuzishdagi asosiy xato axborotning kopligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi!
Ortiqcha narsalar: kirish sozlari va gaplari, murakkab gaplardan qoching!
Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezume) Hozirgi paytda koplab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga topshirayotgan shaxslardan rezume yuborishlarini talab qilishadi. Rezume ozi nima degani? Rezume fransuzcha résumé sozidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh manosini bildiradi. Rezume ishga topshirayotgan inson togrisida malumotni taqdim etadi, yani uning ismi, malumot darajasi, ish tajribasi, qiziqishlari va hokazo.
Rezume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.Ozbek tilida bunday hujjat tarjimayi hol va shaxsiy malumotnoma deb ham atalishi mumkin, lekin rezumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezume, asosan, ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezumeda ish izlovchi shaxs togrisida qisqacha malumot yoziladi. Ish beruvchi eng birinchilardan bolib aynan rezumega etibor qaratadi. Yani ishga topshirgan insonni kormasdan va bilmasdan turib rezume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun, rezume ishga topshiruvchi shaxs togrisida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bolgan malumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezume ishni qolga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga otish imkoni bolmaydi!