Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Uslublar haqida gapirib bering
2. Ilmiy uslubda sohaviy terminlarning qo`llanilishi haqida
3. Sohangizdan kelib chiqib sohaviy atamalarni ishlatgan holda ilmiy matn yarating
9-amaliy mashg‘ulоt Mavzu: Soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari. Reja: Maqola va tezis haqida tushuncha.
Taqriz va annotatsiya.
Rezume matni.
Maqola va uning turlari: Maqola publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda roy berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilgor ish tajribalari aks ettiriladi.
Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng masuliyatli maqolasi hisoblanadi. Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oquvchilarga yetkazish asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola malum bir masala yuzasidan yol-yoriq korsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yolini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi. Nazariy maqola va targibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy goya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oquvchining goyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy orinda boladi hamda muallif oz qarashlarini ortaga tashlaydi. Maqola sozi keng manoda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, toplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qollaniladi.
Taqriz matni Ozbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti Sh.R.Qobilov va boshqalar tomonidan Akademiya kunduzgi talim tinglovchilari uchun tayyorlangan Iqtisodiyot nazariyasi oquv dasturi hamda ushbu dastur asosida tayyorlangan ishchi oquv dasturiga