Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

KOINOT XARITASINING
BIRINCHI BOʻLAGI
***
Maanen Yerga eng yaqin yulduzlardan biri boʻlsa-da, 
tungi osmondan uni teleskopsiz topa olmaysiz. Sababi, 
u mittigina oq yulduz boʻlib, oʻzidan yorqin nur tarata 
olmaydi. Shunga qaramay, u galaktikamizdagi eng qari 
yulduzlardan biri hisoblanadi. Milliard yillar ilgari 
Maanen ham bahaybat yulduz boʻlgan. Uning atrofida 
sayyoralar ham koʻp edi. Vaqt oʻtib yulduz oʻzining asosiy 
yoqilgʻisi – vodorod gazini sarflab boʻlgach, yadrosi siqila 
boshlagan. Yulduzning oʻzi esa bir necha 10 barobarga 
kattalashib, qizil rangli gigant olov sharga aylanadi. 
Million yillar davomida bu olovli shar ham atrofga tarqalib, 
yoʻq boʻlib ketadi. Undan faqat shu mittigina oq yulduzcha 
qoladi, xolos. Qachonlardir bizning Quyosh ham Maanen 
kabi mitti yulduzga aylanadi. Oʻshanda uning atrofidagi 
sayyoralar, hatto Yerning ham kuli koʻkka sovuriladi. Lekin 
siz qoʻrqmasangiz ham boʻladi. Chunki, olimlarning hisob-
kitobiga koʻra, Quyoshning qizil olovga aylanishi uchun 
hali bir necha milliard yil oʻtishi kerak ekan.
Miks shu Maanen yulduz tizimida saqlanib qolgan 
yagona sayyora edi. Miks oʻz yulduzidan ancha olisda 
boʻlgani sabab qizil olovdan omon qolgan. Bizning 
qahramonlar unga qoʻnganlarida bu joyda biror tirik 
mavjudotning yashashi mumkinligiga ishonqiramadilar. 
Sababi, sayyora iqlimi juda-juda sovuq boʻlib, uning sathi 
faqat muz qoyalardan iborat edi.
– Miksliklar allaqachon qirilib ketgan yoki boshqa 
sayyoraga koʻchib oʻtishgan boʻlishsa kerak, – dedi Margol 
“Koʻkkezar”dan tushar ekan.


71
– Hoynahoy, bu yerga anchadan beri mehmonlar 
kelmagan. Shuning uchun ham miksliklarning taqdiri 
haqida hech kim bilmaydi, – Margolning gapini tasdiqlab 
qoʻydi Ahmad.
– Yoʻq, mendagi uskunalar sayyorada hayot borligini 
koʻrsatyapti, – dedi Moki boshidagi antennani aylantirarkan.
Shu payt Moki hayot alomatlari borligini tasdiqlovchi 
turli toʻlqinlarni tutib oldi. Keyin bu toʻlqinlarni oʻz 
kompyuterida tahlil qila boshladi. 3-4 soniya oʻtar-oʻtmas:
– Toʻlqin uzatilayotgan joy unchalik uzoq emas, – dedi. 
– Yuringlar, men yoʻlni aniqladim.
Ular uchar likopchaga oʻtirib Moki koʻrsatgan yoʻl 
boʻylab uchib ketdilar. Yoʻl davomida qahramonlarimiz 
Miksning goʻzal manzarasini tomosha qilib ketishdi. 
Miks sathi billurga oʻxshash ulkan muz togʻlardan iborat 
edi. Maanen yulduzi kichkina boʻlgani sabab sayyoraning 
kunduzi ham unchalik yorugʻ emas, xuddi Yerdagi shom 
pallasiga oʻxshardi. Shunday boʻlsa-da, mitti oq yulduzning 
nurlari sayyoradagi muzliklarga oʻzgacha jilo berib turar, 
bu noyob manzara, ayniqsa, Ahmad bilan Margolni 
hayratlantirardi.
Qahramonlarimiz uchar likopchada bir necha daqiqa yoʻl 
bosishganidan soʻng Moki aytgan manzilga yetib keldilar. 
Umuman, Miksning hamma joyi bir-biriga oʻxshardi. Mana, 
ular yetib kelgan joy ham sayyorada koʻp uchraydigan 
ulkan muz togʻlarining biri edi.
– Toʻlqin shu togʻning ichidan uzatilyapti, – dedi Moki 
qoʻli bilan togʻga ishora qilib.
– Menimcha, ular ham zagunliklarga oʻxshab togʻ ichiga 
uy qurishgan, – Margol shunday deb skafandrga oʻrnatilgan 
durbin bilan atrofga diqqat qilib nazar soldi. – Lekin u yerga 
toʻsatdan yaqin borib boʻlmaydi. Axir, bizni qanday kutib 
olishlarini bilmaymiz-ku. Bu juda xavfli!


72
– Balki, Moki infratovush orqali ularga xabar yuborar, 
nima deysiz? – dedi Ahmad.
– Bu juda zoʻr gʻoya! – dedi Margol.
***

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin