59
nomi bilan mashhur boʻlgan yulduz turkumi boʻlib, u jami
32 ta yulduzdan tashkil topgan. Bu turkumni Yerdan turib
oddiy koʻz bilan ham koʻrish mumkin. Gamma Oltin baliq
yulduzi esa galaktikadagi eng yorqin yulduzlardan biri
hisoblanadi. U bizning Quyoshimizdan 500 ming marta
yorqinroq!
– Ana xolos! – Margolning kayfiyati tushib ketdi.
– “Koʻkkezar” bilan bu masofani uch oyda bosib oʻtish
mumkin. Faqat xarita topib, yoʻnalishni toʻgʻri belgilab
olish kerak. Lekin men u yoqlarga bora olmayman. Tezroq
uyga qaytishim kerak, – dedi Ahmad.
– Balki, seni Yerga tashlab, oʻzim Oltin baliq yulduziga
ucharman.
– Men ham sizga hamroh boʻlsam degandim, – gapga
qoʻshildi Moki, – kristallni topishda juda asqataman.
– Ana, yordamchi ham tayyor! Ahmad sen faqat bizga
yoʻnalishni belgilab bersang boʻlgani, –
dedi Margol
Ahmadga qarab.
– Qanday qilib, axir, qoʻlimda xarita yoʻq-ku. Bizning
olimlar hali u yerlarni oʻrganmagan. Men gravitatsiya
toʻlqinlari qayoqqa olib chiqishini bilmayman, – dedi
Ahmad xoʻrsinib.
Ahmadning eʼtirozi oʻrinli edi. Chunki manzilga olib
boradigan yoʻlni toʻgʻri belgilash uchun shu yoʻldagi barcha
osmon jismlarini, ularning hajmi va massasini bilish kerak.
Aks holda, istalgan gravitatsiya toʻlqiniga shoʻngʻishning
oqibati yomon boʻlishi mumkin. Yaʼni kema bir tuynukdan
kirib, koinotning umuman
boshqa joyidan chiqishi va
fazogirlar cheksiz koinotda adashib qolishlari mumkin. Shu
sababli butun galaktikadagi yulduzlarning joylashish oʻrni
koʻrsatilgan xarita boʻlmasa, aytilgan manzilga yetib borish
mushkul.
– Boshim qotdi, endi sayyoramizning taqdiri nima
60
kechadi?! – Margolning koʻzlariga yosh keldi.
Shu payt Mokining bosh qismidagi chiroqlar yonib-
oʻcha boshladi. Shaharning himoya tizimi esa ishlab ketib,
katta karnaylardan “xavf yaqin… xavf yaqin…”
degan
ovoz jaranglay boshladi.
– Sayyoraga nomaʼlum uchar qurilma yaqinlashib qoldi,
– dedi Moki himoya tizimini tekshirib.
– Hoynahoy, bu qaroqchi gikslar boʻlsa kerak! Izimizni
topishibdi-da! – dedi Margol tahlikali ovozda.
– Endi nima boʻladi?! – soʻradi xavotirga tushgan
Ahmad.
– Qani, yuringlar, sizlarni maxfiy tunnel orqali
kemangizga
olib boraman, – dedi Moki shu payt.
Yuqorida raketa dvigatelining ovozi eshita boshlagandi.
Ular Mokiga ergashib maxfiy tunnyelga kirishdi. Bir necha
daqiqa tunnyel ichidagi poyezdga oʻxshash transportda
yurib “Koʻkkezar” turgan joydan chiqib kelishdi.
– Tezroq, hamma kemaga chiqsin, – dedi sheriklaridan
tez chopayotgan Margol.
Birinchi boʻlib kemaga yetib kelgan Margol lyukni
ochib Ahmadni ham bir urinishda tortib oldi. Soʻng oʻylab
oʻtirmay Mokini ham kemaga chiqardi. Ular kemaga oʻtirib
tezlik bilan uni oʻt oldirishdi. Endi uchmoqchi boʻlishganida
uzoqdan ular tomon uchib kelayotgan gikslarning qiruvchi
kemasi koʻrindi.
– Hoziroq uchmasak, ular oʻq uzishni boshlaydi, – dedi
Moki.
Margol “start” tugmasini bosdi. “Koʻkkezar” tezlik bilan
yuqoriga koʻtarila boshladi. Ammo qiruvchi kema ham
ularning ortidan qolmayotgan edi.
– Ahmad, Yerga qarab ucha olmaymiz.
Ular baribir
ortimizdan taʼqib qilishadi, – dedi Margol imkon qadar
tezlikni oshirishga harakat qilib.
61
Margolning gapi toʻgʻri ekanini Ahmad ham juda yaxshi
bilardi. Sababi, qaroqchilar ularning ortidan Yergacha yetib
borsa yerliklarga ziyon yetkazishi mumkin. Ammo qayoqqa
qarab uchishlari kerak?!
– Unda qayoqqa uchamiz?!
– Bilmadim, Quyosh tizimidan chiqib ketishimiz kerak!
Shu payt qiruvchi kema
bir nechta raketa uchirib
hujumga oʻtdi. Bu raketalar “Koʻkkezar”ning ketidan
qolmay taqib eta boshladi. Shu sabab “Koʻkkezar” ekipaji
yanada tezroq uchib raketalarga chap berishga harakat
qilardi. Shu tobda Ahmadning oʻylab oʻtirishga bir soniya
ham vaqti yoʻq – har onda raketalar “Koʻkkezar”ga kelib
urilishi mumkin. Chorasiz qolgan Ahmad,
qanchalar
xatarli boʻlmasin, yoʻlda uchragan birinchi gravitatsiya
tuynugiga kirib ketishga qaror qildi. Ikki soniya oʻtar-
oʻtmas “Koʻkkezar” eng yaqin gravitatsiya tuynugiga
yetib keldi-da, unga shoʻmgʻib koʻzdan gʻoyib boʻldi.
Obmaning josuslari esa nima boʻlganini ham tushunmay
hang-mang boʻlib qolishdi.
Chunki koinotda biror-bir
kema bu qadar tezkorlik bilan gʻoyib boʻlishiga hali ular
guvoh boʻlishmagandi.
“Koʻkkezar” gravitatsiya toʻlqinida 15 daqiqa suzganidan
soʻng toʻlqinning narigi boshidagi boshqa bir tuynukdan
chiqib keldi. Biroq shu 15 daqiqada “Koʻkkezar” Quyosh
tizimidan 17 yorugʻlik yiliga uzoqlashib, Al-Toyir yulduzi
tizimiga yaqinlashib qolgandi.