Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

kuchi koʻmagida qoʻshimcha tezlanish olib harakatlanadi. 
Zero, osmondagi butun sayyora, yulduz va galaktikalar 
ham shu gravitatsiya hisobiga juda katta tezlik bilan uchib 
boradi. Fan tilida bunday harakat gravitatsion manyovr 
deb ataladi. Sizu bizga bilinmagani bilan, hozirda bizning 
Yer ham gravitatsiya evaziga soatiga 108 000 km tezlik 
bilan uchib ketmoqda!
Gravitatsion tuynuk changyutgichning uzun quvuriga 
oʻxshaydi. Chunki bu tuynuk har qanday jismni 
changyutgichday soʻrib oladi. Unga tushib olgan kema 
yorugʻlik tezligidan ham bir necha oʻn barobar katta 
tezlik bilan harakatlanadi. Xullas, 3 daqiqa oʻtar-oʻtmas 
“Koʻkkezar” 200 million km masofani bosib oʻtib, Venera 
orbitasiga kirib keldi. Bu Yer yaqinida hosil boʻlgan bir 
tuynukdan kirib Venera oldidagi boshqa bir tuynukdan 
chiqib kelishga oʻxshaydi. Hozircha bunday gʻaroyib 
kema koinotda yagona edi.


45
Venera Quyosh tizimida Merkuriydan keyingi ikkinchi 
sayyora hisoblanadi. Uni “Yerning egizagi” deb ham 
atashadi. Chunki Veneraning kattaligi ham, ogʻirligi ham 
Yerniki bilan deyarli bir xil. Lekin bu sayyorada Yerdagiday 
yashil oʻrmonlar-u moviy dengizlar yoʻq. Venera sathini 
ulkan vulqonlardan otilib chiqayotgan qaynoq lavalar 
egallab olgan.
– Naqadar chiroyli manzara, – dedi Ahmad sayyorani 
qoplab olgan qizgʻish, quyuq bulutlarni kuzatar ekan.
– Ha, bir zamonlar shu cheksiz choʻllar oʻrnida ulkan 
okeanlar boʻlganiga ishonish qiyin.
– Bir kun kelib sayyoralar ham oʻlar ekan-da?! – ajablandi 
Ahmad. Chunki u bir vaqtlar yashil sayyora boʻlgan, hozir 
esa taqir choʻlga aylangan Venerani oʻz koʻzlari bilan 
koʻrayotgan edi-da.
Bu vaqtda Margol kemani qoʻndirishga harakat 
qilayotgan edi. Ahmad boshqaruv rulini tutib turgan 
Margolga qarab dedi:
– Sayyoraning tungi qismiga emas, kunduzgi qismiga 
qoʻnishimiz shart!
Ahmad bekorga bunday demadi. Chunki Veneraning oʻz 
oʻqi atrofida bir marta aylanishi, yaʼni bir kuni bizning 243 
sutkamizga teng. Agar ular tungi Veneraga qoʻnishsa, tong 
otishini bizning hisobda bir yilga yaqin kutishlariga toʻgʻri 
keladi. Har qalay, kristallni kun yorugʻida qidirish osonroq.
– Harakat qilyapman. Lekin sayyoraning Quyoshga 
qaragan qismi 400 daraja issiq, shuni bilasanmi? – soʻradi 
Margol.
– Bilaman. Nima, salmirliklarning skafandri issiqqa 
dosh bermaydimi?
– Dosh beradi, ammo ozroq issiq boʻladi, chidaysan-da, 
– deya kulib javob berdi Margol.
Jajji doʻstining topqirligidan xursand boʻlgan Margol 


46
kemaning qoʻnishi uchun joyni izlab topdi.
– Ahmad, mana, men qoʻnish uchun juda qulay joy 
topdim. 10 soniyada sayyora sathiga qoʻnamiz...
“Koʻkkezar” Venera sathiga qoʻndi. Bir daqiqadan soʻng 
maxsus skafandr kiyib olgan fazogirlar kemadan tashqariga 
chiqishdi. Kutilmaganda Ahmad oʻzini juda yomon his qila 
boshladi.
– Margol, nimalar boʻlyapti?! Xuddi ustimdan tom bosib 
qolganday...
Ahmad shunday deb choʻkkalab oldi. Margol esa 
skafandrdagi muhim bir qurilma haqida oldinroq Ahmadga 
aytib qoʻymaganini esladi. Gap shundaki, Venera 
atmosferasi juda ham quyuq gazlardan iborat. Atmosfera 
bosimi Yerdagiga nisbatan 92-marta kuchliroq. Shu sababli 
uning sathida yurgan odam oʻzini ochiq havoda emas, 
okeanning ming metrlik tubida yurgandek his qiladi. 
Bunday bosimda Ahmad oyoqda tura olmasligi tabiiy edi. 
Margol skafandrdagi maxsus qurilmani ishga tushirganidan 
soʻng Ahmad birdaniga yengil tortdi. Oʻzini xuddi yerda 
yurgandek his qila boshladi. Chunki qurilma atmosfera 
bosimini sozlab turar edi.
– Ahmad, meni kechir, seni ogohlantirib qoʻyish 
yodimdan chiqibdi, – dedi Margol yosh doʻstining oʻrnidan 
turishiga koʻmaklasharkan.
– Hechqisi yoʻq, bahonada atmosfera bosimi qanday 
ekanini bilib oldim, – Ahmad shunday deb Margolning 
skafandriga yaxshilab razm soldi. – Margol, skafandrning 
yana boshqa xususiyatlari boʻlsa, menga hozir aytib 
qoʻying...
***
Fazogirlarni skafandrsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. 
Chunki hali hech kim skafandrsiz fazoga uchmagan.
Yerdan 10 km balandlikka koʻtarilib, ochiq fazoga 


47
chiqqan odam skafandrsiz bir daqiqa ham yashay olmaydi. 
Chunki bunday balandlikda kislorod boʻlmaydi-da! Ustiga-
ustak, fazodagi 150 darajali sovuq odamni bir zumda 
muzlatib qoʻyishi mumkin. Mana shuning uchun fazogirlar 
skafandr kiyishadi. Skafandrning ichida odam oʻzini xuddi 
yerdagiday his qiladi.
Ilk skafandrni 1775-yilda fransuz olimi Jan Batist ixtiro 
qilgan. Dastlabki skafandrdan gʻavvos harbiylar daryoni 
kechib oʻtishda foydalanishgan. XX asrga kelib olimlar 
fazoga uchish borasida jiddiy bosh qotira boshladilar. 
Ular fazoda havo yoʻqligini va fazogirlar uchun maxsus 
kiyim kerak boʻlishini yaxshi bilishardi. 1940-yilda 
fazogirlarning ilk skafandrlari sinovdan oʻtkazila 
boshlandi. Qizigʻi shuki, bu skafandrlarni birinchi boʻlib 
odamlarga emas, balki sichqon, kuchuk va maymun kabi 
jonivorlar kiygan ekan. 1961-yilda fazoga uchgan birinchi 
odam – Yuriy Gagarin skafandrni chinakamiga sinovdan 
oʻtkazib beradi.
Skafandr 17 qavatli germetik qoplama va matolardan 
tikiladi. Bu qoplamalar fazogirni sovuqdan, infraqizil 
nurlardan, koinotga tarqalib ketgan mayda-mayda 
zarralardan himoyalaydi. Asosiysi, skafandr ichida havo 
bosimi bir meʼyorda saqlanadi. Skafandrda bir necha 
soatga yetadigan kislorod baloni, hatto konditsioner ham 
bor. Bunday skafandrlarni jajji fazoviy kemaga oʻxshatish 
mumkin.
Bitta skafandr qoʻlqopi uchun sarflangan pulga 6 ta 
“Spark” rusumli avtomobil sotib olish mumkin. Butun 
boshli skafandr uchun esa 20 million AQSH dollarigacha 
mablagʻ sarflanadi.
Qahramonlarimiz Veneraning qaynoq sharoitiga 
moslashib olishganidan soʻng Margol kemaga qaytib


48
undan kristalni qidirishga moʻljallangan qurilmalarni olib 
chiqdi. Bu qurilmalar ichida uchar likopcha ham bor edi. 
U ertaklardagi uchar gilamga juda oʻxshar, unga oʻtirib 
Veneradagi istalgan manzilga bir zumda yetib borish mumkin 
edi. Xullas, yaxshilab qurollanib olgan qahramonlarimiz 
vaqtni boy bermay N
2
G ni izlashga kirishib ketdilar.
Margol burgʻilovchi qurilma bilan Venera sathining har-
har joyidan ming metrgacha chuqur qazib, chuqur tubidagi 
tuproq namunalarini laboratoriyada tekshirib olardi. 
Uning aytishicha, bu yoʻl bilan kristall bor joyni taxminan 
aniqlash mumkin. Afsuski, tuproq tahlillarining birortasi 
ijobiy chiqmadi. Nihoyat, Veneradagi 12 soatlik qidiruv 
ishlaridan soʻng Margol yakuniy xulosaga keldi:
– Yoʻq, kristallni Veneradan topa olmaymiz. Menimcha, 
vaqtni boy bermay Marsga uchishimiz kerak.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin