Dullo quronov galaktikada bir



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/41
tarix16.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#113656
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Galaktikada bir kun PDF Lotin

DIREKTOR BILAN UCHRASHUV
Ertasiga tongdan fazogirlarimiz jiddiy reja tuza 
boshladilar. Chunki ular ikki kunlik vaqtni shunchaki 
havoga sovurib yuborishgandi. Ammo endi ularning puli 
koʻp, demak, xaritani topish imkoni ham katta. Ular bitta 
tezkor taksi yollab sayyoradagi eng yirik muzey binolariga 
borishni reja qilib olishdi.
Birinchi boʻlib tunab qolgan mehmonxonaga eng yaqin 
muzeyga kirishdi. Oʻzlariga eng yaxshi gidni yollashdi. 


109
Bu gid ularni muzeydagi eksponatlar bilan tanishtirdi. 
Haqiqatda, bu muzeydagi koʻp eksponatlar moʻjizaning 
oʻzi edi. Ular galaktikamizning turli sayyoralaridan olib 
kelingan boʻlib, orasida qadimiy kompyuterlar, droidlar, 
uchar qurilmalarning boʻlaklari, qimmatbaho buyumlar
taqinchoqlar, portretlar, kiyimlar, xullas, yoʻq narsaning 
oʻzi yoʻq edi.
– Mana bu noyob eksponat afsonaviy Yer sayyorasidan 
olib kelingan, – deb qoldi gid.
Bu vaqtda Ahmad boshqa eksponatlarga mahliyo boʻlib 
turgandi, “Yer” soʻzini eshitishi bilan tezda gid koʻrsatgan 
tomonga qaradi. Gid esa Leonardo da Vinchi chizgan 
“Mona Liza” portretini koʻrsatayotgan edi. – Uni Yerning 
buyuk musavviri Leonardo chizgan.
– Bu – soxta surat, – dedi Ahmad.
– Aslo soxta emas. Haqiqiy!
– Agar bilsangiz, haqiqiysi Parijdagi Luvr muzeyida 
saqlanadi.
– Esingda boʻlsa, bolakay, Yer hisobi boʻyicha 1911-yilda 
kartinani Vinchenso ismli odam oʻgʻirlagan. Ammo bir 
yarim yildan soʻng portret topilib, muzeyga qaytarilgan. 
Xullas, oʻsha qaytgan portret, aslida, soxtasi. Haqiqiysi 
mana shu! Oʻsha Vinchenso esa galaktikaga mashhur oʻgʻri 
edi. U odam qiyofasiga kirib “Mona Liza”ni oʻgʻirlashga 
muvaffaq boʻlgan.
– Voy, qalloblar-ey! Yer mulkini qaytarib bering!
– Oʻzingni bos, bolakay, uni biz yaqindagina naq yuz 
million koinot lungiga sotib olganmiz.
Ahmad boshqa gapira olmadi. U doim Luvrga borib 
“Mona Liza”ni koʻrishni orzu qilardi. Lekin Yerdan 
shuncha uzoqqa kelib uning haqiqiysini koʻraman deb hech 
oʻylamagan ekan...
– Janob gid, galaktika xaritasining boʻlagi ham shu 


110
binodami? – soʻradi Margol.
– A, xaritami, u markaziy binoda. Shaxsan muzey 
direktori nazoratida turadi.
– Markaziy bino qayerda?
– Sayyoramiz markazida, albatta. Bu yerdan 6 soatlik yoʻl.
Fazogirlarimiz shu joyda muzey boʻylab sayohatni 
toʻxtatib, markaziy binoga otlanishdi. Qariyb 6 soatga 
choʻzilgan safardan soʻng balandligi osmonga tutashib 
ketgan muzey binosiga borishdi. Bu safar ular giddan toʻgʻri 
xarita boʻlagining oldiga olib borishni soʻrashdi. Xarita 
2117-qavatda joylashgan boʻlib, juda qattiq qoʻriqlanar 
ekan. Ular xaritani faqat zirhli oyna ortida turib 5 metr 
masofadan koʻra oldilar, xolos. Aslida, bu boʻlak ham 
ulardagi bir parcha qora matodan farq qilmasdi.
– Hurmatli gid, bizni muzey direktorining oldiga olib 
bora olasizmi? – soʻradi Margol.
– Nimalar deyapsiz, muzey direktori shu sayyoraning 
rahbari hisoblanadi. Siz tugul, uning yoniga oʻzim ham 
bora olmayman, – sayyohlarning savolidan ajablandi gid.
– Unda, ayting-chi, qanday qilib u bilan koʻrishish 
mumkin? Biz juda olisdan kelganmiz.
Bilmadim, lekin sizlarga direktor kotibini koʻrsatib 
qoʻyishim mumkin.
– Unda boshlang.
Ular bino boʻylab yana ham yuqoriroqqa koʻtarilishdi. 
Soʻng katta bir zalga kirishdi. Shunda gid uzoqdan 
pingvinga oʻxshab ketadigan direktor kotibini koʻrsatdi. 
Fazogirlar vaqtni boy bermay uning yoniga shoshilishdi.
– Janob kotib, muhim gapimiz bor edi.
– Eshitaman, – bir uyum qogʻozni qoʻltiqlab shoshib 
borayotgan kotib sayyohlarga oʻgirib ham qaramadi.
– Bizlarni direktor bilan koʻrishtiring, iltimos.
– Yoʻq, direktor juda band. – Kotib endi toʻxtab hayron 


111
boʻlganicha sayyohlarga razm soldi. – Ustiga-ustak, 
direktor duch kelgan bilan uchrashavermaydi, – kotibning 
ensasi qotgani sezildi.
Shundan keyin qahramonlarimiz ham oʻzlarining 
kiyim-boshiga bir-bir qarab olishdi. Chindan ham boshqa 
sayyohlar bilan taqqoslaganda ularning kiyimi juda juldur 
koʻrinardi. Ammo Ahmad bunga parvo qilmay shoshib 
ketayotgan kotibning qarshisiga chiqib uning yoʻlini 
toʻsdi.
– Yoʻq, siz ularga Yerdan mehmon kelibdi deng, – dedi 
Ahmad ishonch bilan. U nega bunday deganini oʻzi ham 
bilmaydi. Ammo direktor Yerdan odam kelganini eshitsa 
uchrashishga yoʻq demasligini sezib turardi.
Kotib Ahmadga qarab biroz oʻylanib qoldi. Soʻng xoʻp 
degandek boshini egib ichkariga kirib ketdi. U zum oʻtmay 
chiqib:
– Direktor sizlarni kutyapti, ‒ dedi.
Direktorning xonasi ham katta muzeydan farq qilmasdi. 
U mehmonlar bilan iliq salomlashdi. Soʻng nima maqsadda 
kelganliklarini soʻradi. Margol esa hamma boʻlgan voqeani 
aytib berdi.
– E-he, shuncha sarguzashtni boshdan oʻtkazdik deng. 
Ammo kechirasizlar-u, xaritani bera olmayman.
– Hammasi tugaganidan soʻng uni qaytarib olib kelishga 
vaʼda beraman! – dedi Margol oʻrnidan turib.
– Hech iloji yoʻq. U sayyoramizdagi eng noyob eksponat!
Shu payt Ahmadning xayoliga ajoyib fikr kelib qoldi.
– Demak, u butun galaktikadagi eng noyob narsa ekan-
da?
– Yoʻq, nega endi? Biz muzeyga olib kelishni orzu 
qiladigan narsalar koʻp.
– Masalan?
– Masalan, Duradu kemasining qanoti. Duradu 


112
galaktikadagi ilk yulduzlararo uchar kema boʻlib, uni shu 
xaritani tuzgan qadimgi meriyaliklar yasashgan. Kema 
galaktikada yagona boʻlgan eng mustahkam va sirli 
metalldan ishlangan. 100 million yil oldin Duradu Qumsoat 
tumanligi ichidan oʻtayotganda uning dum qismidagi qanot 
sinib tushadi. Chunki kema qancha mustahkam boʻlmasin, 
tumanlikning ichidan oʻtish imkonsiz edi. Fazogir kemani 
bazoʻr eng yaqin sayyoraga qoʻndiradi. Qoʻnish vaqtida esa 
kema ichida yongʻin chiqadi. Fazogirning oʻzi arang qutulib 
qoladi. Ammo Duradu portlab ketadi. Biroq oʻsha fazogir 
kemaning bir boʻlagi tumanlik qaʼrida ekanini aytgan. 
Bilasanmi, bolakay, agar oʻsha qanot topilsa, meriyaliklar 
million yillar davomida sir saqlab kelgan noyob metallning 
siri ham ochiladi.
– Demak, qanot hozir ham Qumsoat tumanligining 
qaʼrida ekan-da? – soʻradi Ahmad.
– Ha, shunday! Ammo hozirda tumanlikka yetib borish 
deyarli imkonsiz, yetib borilgani bilan, tumanlikning ichiga 
kirishning sira iloji yoʻq. Buning uchun kema oʻsha noyob 
metalldan tayyorlanishi shart.
– Agar biz oʻsha qanotni keltirib bersak-chi?
– Bolakay, nimalar deyapsan? Bu haqida orzu ham qila 
koʻrma!
– Yoʻq, siz savolimga javob bering.
– Nima qilardim, uni xaritaga alishtirishim mumkin.
– Kelishdik, qoʻl tashlang, – Ahmad shunday deb 
direktorga qoʻl choʻzdi. Direktor ham oʻylanib oʻtirmay 
Ahmadning qoʻlini siqdi.
Qahramonlarimiz shu kunning oʻzida Qumsoat 
tumanligining aniq koordinatalarini bilib olishgach, muzey-
sayyorani tark yetishdi. Kun davomida ularning ortidan 
qolmay kuzatib yurgan Obmaning josusi ham shu kuni oʻz 
kemasiga qaytdi.


113
Obma josusdan boʻlib oʻtgan voqealarni batafsil soʻrab 
oldi. U endi “Koʻkkezar”ning izidan bora olmasligini 
yaxshi bilardi. Zero, salmirliklarning kemasi tumanlikka 
kamida 10 yilda yetib boradi. “Yaxshisi, ularni shu yerda 
kutaman. Shunda Duraduning qanotiga ham oʻzim egalik 
qilishim mumkin”, – oʻyladi Obma.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin