Suv toʻldirilgan hovuzda hosil boʻlgan girdobni
koʻrganmisiz? Bu girdob suvga qoʻshib undagi hamma
narsani yutib ketishi mumkin. Bilasizmi, koinotda ham ana
shunday “girdob”lar mavjud. Olimlar bu “girdob”larni
Qora tuynuk deb atashadi.
Qora tuynuk olamdagi eng sirli, eng gʻaroyib jism
hisoblanadi. U tim qora koʻrinishda boʻlib, ulkan
yulduzning portlashidan soʻng yuzaga kelgan. Qora tuynuk
koinotdagi yulduzlarni, sayyoralarni, hatto yorugʻlikni
ham soʻrib oladi. Uning ichiga tushgan narsa izsiz gʻoyib
boʻladi. Baʼzi olimlar Qora tuynukni koinotning darchasi
deb hisoblashadi. Yaʼni bu tuynukdan boshqa sirli olamga
oʻtish mumkin ekan. Lekin haligacha bu gʻaroyib tuynukning
asl siri aniqlanganicha yoʻq.
Qora tuynuk judayam zich, judayam qudratli yulduzdir.
Tasavvur qiling, noʻxatday keladigan Qora tuynuk Yer
sayyorasini osongina yutib yuborishi mumkin.
Bizning Somon yoʻli galaktikamiz markazida ham Qora
tuynuk mavjud. Shu gʻaroyib tuynuk boʻlmaganida, bizning
galaktika koinotga sochilib ketgan boʻlar edi. Barcha yulduzlar
qatori Quyoshimiz ham Qora tuynuk atrofida aylanib turadi.
138
2016-yilda bir guruh yapon astrofiziklari olamshumul
kashfiyot qilishdi. Ular galaktikamiz markaziga yaqin joyda
yana bir kichikroq Qora tuynuk bor ekanini aniqlashdi.
Bizning qahramonlarimiz esa shu ikkinchi Qora tuynuk
tomon yoʻlga otlanishgan edi.
Fazogirlar uzoq vaqt davom etgan bahsdan keyin bir
toʻxtamga kelishdi. Oʻsha kuni Dordonning shaxsiy
kemasi tagʻin “Koʻkkezar”ga ulandi. Kemalar suv, oziq-
ovqat, kislorod va turli uskunalar bilan toʻldirilib, uzoq
safarga hozirlik koʻrildi. Ertasiga Qora tuynuk tomon
uchib ketishdi.
Bir necha haftaga choʻzilgan qidiruv ishlaridan keyin
Qora tuynuk yaqinida kichikroq bir yulduz borligi
aniqlandi. Bu yulduz deyarli soʻnib boʻlgan, oʻzidan juda
past harorat va kuchsiz yorugʻlik taratib turardi. Moki
yulduzning nurlarini kompyuterda tahlil qilib, uning yoshi
naq 13 milliard 600 millionda ekanini aniqladi. Tez orada bu
yulduz yaqinida judayam qadimiy Batkech nomli sayyora
ham borligi maʼlum boʻldi. Bu voqea esa fazogirlar qalbida
yana umid uchqunlarini paydo qildi.
Batkech sayyorasida galaktikada saqlanib qolgan eng
qadimgi batke xalqi yashar edi. Batkech ancha sovuq va
qorongʻi sayyora boʻlib, koʻp shaharlari xarobaga aylanib
ketgan. Aholi ham juda kam – koʻpchilik sayyorani tashlab
ketgan yoki ogʻir sharoitga dosh bermay nobud boʻlgan edi.
Fazogirlar surishtira-surishtira bir qari tarixchining uyini
topib kelishdi. Tarixchi juda kichkina gavdali, shalpillagan
quloqlari uzun, juda qarib ketganidan yuzi burishib osilib
qolgan, munchoqdek kichkina koʻzlaridan boshqa narsasi
koʻrinmasdi. Avvaliga tarixchi ularni uyiga kiritmadi.
Ammo Dordon unga yegulik va suv vaʼda qilganidan soʻng
mehmonlarni ichkariga chorladi. Tarixchining aft-angoriga
boqib uning juda qari ekani va sillasi quriganini sezish qiyin
139
emasdi. U Dordon bergan yegulikni yeb, suvdan ichganidan
soʻng biroz tetiklashdi. Hammaga bir-bir razm solib chiqdi.
– Nega keldingiz? – soʻradi tarixchi.
– Koinot xaritasining izsiz yoʻqolgan toʻrtinchi boʻlagini
qidirib yuribmiz, – javob berdi Dordon. Soʻng shu kungacha
boʻlib oʻtgan voqealarni qisqacha soʻzlab berdi.
– Bitta kitob yozsa boʻladigan tarixiy voqealar sodir
boʻlibdi-ku. – Yuzini burishtirib jilmayishga harakat qildi
tarixchi. – Ammo men oʻsha kitobni yozmayman. Menga
endi tarixning qizigʻi qolmadi. Chunki hammasi bir chaqaga
qimmat narsalar ekanini anglab yetganimga ham bir asrdan
koʻp boʻldi. Baribir, asl tarixni hech kim yozmaydi, hatto
bilmaydi, bilolmaydi ham... – Tarixchi yana bir nimalar
dedi, ammo uning soʻnggi gaplariga tushunishning sira
imkoni boʻlmadi. Keyin u bir nuqtaga qarab turib qoldi.
Soʻng dedi: – Siz bormoqchi boʻlgan oʻsha Oltin baliq
yulduzi koinotda borligini aniq bilasizmi oʻzi?
– Bu nima deganingiz, ana, osmonda yaraqlab turibdi-
ku! – hayron boʻldi qoʻmondon.
– Har doim ham koʻrgan narsalarimiz haqiqat
boʻlavermaydi. Siz koʻrayotgan oʻsha nur yulduzdan qolgan
sharpa boʻlsa-chi?!
– Sharpa deysizmi?!
Bir qarashda tarixchining savollari ahmoqona tuyulishi
mumkin. Ammo bu savollar chindan-da asosli edi...
***
Siz osmonda koʻrgan yulduzlarning hammasi ham
mavjud boʻlavermaydi. Yaʼni, aslida, ular yuz yillar oldin
soʻnib qolgan boʻlishi ham mumkin. Juda qiziq, shunday
emasmi? Buni tushunish uchun yorugʻlikning tezligi haqida
bilim kerak boʻladi.
Yerga eng yaqin yulduz Quyoshdir. U bizdan oʻrtacha
140
150 million km uzoqlikda joylashgan. Yorugʻlik nuri esa
bir soniyada 300 ming km masofani bosib oʻtadi. Demak,
Quyoshdan taralgan nur Yergacha sakkiz daqiqada yetib
keladi. Yaʼni siz koʻrib turgan yorugʻlik Quyoshdan shu
zahoti emas, balki sakkiz daqiqa ilgari yoʻlga chiqqan.
Al-Toyir yulduzi ham Yerga eng yaqin yulduzlardan biri
hisoblanadi. Undan taralgan nur bizga oʻn olti yilda yetib
keladi.
Koinot esa juda-juda katta. Baʼzi yulduzlarning nuri
Yergacha million, hatto milliard yildagina yetib kelishi
mumkin.
Endi oʻzingiz tasavvur qiling: vaqti kelib biror yulduz
portlasa va mayda-mayda zarralarga aylanib yoʻq
boʻlib ketsa, biz buni shu zahoti koʻra olamizmi? Yoʻq,
albatta! Yulduz portlaguniga qadar taratgan nurlarni biz
yana million yillar davomida koʻrib turaveramiz. Yaʼni
biz uning portlaganini million yildan keyin bilamiz!
Demak, baʼzan osmonda yulduzni emas, uning sharpasini
koʻramiz, xolos.
– Yoʻq, biz bormoqchi boʻlgan yulduz aniq mavjud,
– dedi Ahmad suhbatga qoʻshilarkan. – Koʻrinishiga
qaraganda, u hali yosh yulduz – yana bir necha milliard yil
davomida nur sochib turadi.
– Ha, shunaqami? – tarixchi kutilmaganda chaqqonlik
bilan boʻynini ikki metrga choʻzib, boshini Ahmadga
juda yaqin olib keldi. – Demak, sen ekansan-da bu tarixiy
voqealarning boshida turgan odam bolasi?
– Men shunchaki... salmirliklarga yordam bermoqchi
boʻldim, xolos, – dedi biroz dovdirab qolgan Ahmad bunga
javoban.
– Boʻldi, bas! – qoʻmondonning jahli chiqdi. – Siz oʻzi
bizga yordam berasizmi-yoʻqmi?
141
– Yoʻq, men xaritaning qayerda ekanini bilmayman.
Uni oʻsha xaritani tuzgan yosh yigit galaktikaning qaysidir
burchagiga yashirib, soʻng ortga qaytayotganida kemasidan
ayrilgan, keyinroq oʻzi ham halok boʻlgan.
– Nega u oʻzi yaratgan xaritani bunchalik sir saqlagan?
– Meriyaliklar koinotdagi eng qadimgi xalq boʻlgan. Ular
ilm-fanda juda taraqqiy etishgan. Aslida, xaritani meriyalik
olimlar emas, bir oʻspirin bola tuzib chiqqandi. U favqulodda
oʻtkir zehnli boʻlib, kattalar bilmagan narsalarni bilardi.
Hatto misli koʻrilmagan katta tezlikda uchadigan Duradu
kemasini ham oʻsha bola yasagan. Bola Duraduga minib
butun galaktikani aylanib chiqqan va mukammal xarita
yaratgan. Ammo kutilmaganda uning xaritasidan yovuz
kuchlar xabar topadi. Ular xaritani koʻlga kiritib galaktika
boʻylab bosqinchilik, xunrezlik qilishni rejalashtiradi.
Shunda bola meriyalik olimlar bilan kelishib, xaritani toʻrt
qismga boʻlib tashlaydi. Elchilar xaritaning uchta qismini
olib galaktikaning uchta tarafiga qarab ketgan. Qolgan bitta
qismni esa bola oʻzi shaxsan yashirishga qaror qiladi. U
xaritani olib uzoq safarga chiqadi. Ammo ortga qaytmaydi.
Xullas, bola bu sirni oʻzi bilan olib ketgan.
Tarixchining hikoyasidan soʻng Margol va Ahmad
tushkunlikka tushib qoldi. Rostdan ham tarixchi aytgan
gaplar toʻgʻri boʻlsa, endi xaritani izlash befoyda edi.
Ularning qalbidagi umid chirogʻi deyarli soʻnib qolgandi.
– Lekin sizlar xaritani qidirishdan toʻxtamang. Sezib
turibman, shu odam bolasining taqdiriga Salmir sayyorasini
halokatdan qutqarish bitilgan. Yoʻqsa, sizlar bu yergacha
yetib kela olmagan boʻlardingiz, – tarixchi shunday deb
biroz oʻylanib qoldi. – Siz Qutb yulduziga uching. U yerda
Koinot kutubxonasi bor. Kutubxonaning keksa xodimi
Koʻrsichqon koʻp narsani biladi. U kutubxonadagi barcha
kitobni oʻqib chiqqan. Lekin uning koʻzi koʻrmaydi, qulogʻi
142
esa deyarli eshitmay qolgan. Ammo oʻsha Koʻrsichqondan
biror joʻyali gap chiqishi aniq!..
Dostları ilə paylaş: |