127
qaytamiz. Qaroqchilar oʻzlarining asosiy kemalari bilan
qaytib kelgunicha biz Miks qoʻshini bilan himoyalanishga
ulguramiz.
– Miks qoʻshini bizga yordam berarkanmi? –
ishonqiramadi direktor.
– Yoʻq, ular sizga emas, bizga yordam berishadi. Miks
qoʻmondoni Dordon har qanday vaziyatda yordamga shay
ekanini aytgan. U bir soʻzli harbiy.
Ahmadning taklifi bu vaziyatda eng maʼquli edi.
Direktor ham muzey, ham sayyohlar manfaatidan kelib
chiqib bu taklifga koʻndi. Ammo ular katta qoʻshin bilan
ortga qaytmaguncha xaritani bermasligi va adolat yuzasidan
qanotni ham olmasligini aytdi.
“Koʻkkezar” ekipaji majlis tugashi bilan Miks
sayyorasiga uchib ketdi. Direktor 30 daqiqadan keyin Obma
bilan bogʻlanib, xotirjam ohangda mehmonlarning qochib
ketganini aytdi. Bir kunning oʻzida ikkinchi marotaba chuv
tushgan Obma sharmandalarcha ortga qaytishga majbur
boʻldi. Endi u Koinot muzeyiga qaroqchilarning katta
qoʻshini bilan qaytishga qasd qilgandi.
Dostları ilə paylaş: