Dunyo aholisi geografiyasi


DUNYO AHOLISINI HUDUDLAR BO’



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə3/9
tarix16.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#131157
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.2 DUNYO AHOLISINI HUDUDLAR BO’YICHA TARQALISHI VA ZICHLIGI
Aholining joylashuvi - ma‘lum vaqt davomida aholining hududlar bo`ylab tarqalishi va aholi maskanlari torining shakllanishi jarayoni natijasidir. Yer sharida aholi yashab kelgan maskanlar, areallarning ko`pchiligi juda qadimdan boshlab shakllanib kelgan. Aholining yer yuzi bo`ylab joylashuvi qator omillar bilan bog`liq. Ularga tabiiy sharoit va aholi manzilgohlari shakllanishining tarixiy xususiyatlari, demografik o`tishning hozirgi bosqichi, rivojlanish darajasi va xo`jalik tarkibi kabi sotsial-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin. Aholining joylashuvida eng asosiy omil bu tabiiy sharoitdir. Dunyo aholisining asosiy qismi inson yashashi uchun qulay tabiiy sharoitga ega bo`lmagan mo`tadil, subtropik va tropik iqlim zonalarining qishloq xo`jaligi bilan shug‘ullanish imkoniyati bor hududlarida joylashgan.
Aholi joylashuvida asosiy tabiiy omil bu – suv resurslaridir, chunki insonning yashashi va xo`jalik yuritishida suv eng zarur. Dunyo aholisining 1/3 qismi dunyo okeani sohillari bo`ylab (okeandan 50 km uzoqlikkacha) joylashgan va mazkur hudud dunyodagi quruqlikning 12 foizini tashkil etadi xolos. Dunyo aholisining yarmidan ko`pi esa okeandan 200 km uzoqlikkacha bo`lgan hududda joylashgan. Yer shari bo`yicha Dunyo okeani sohillarida, daryo vodiylaridagi pasttekisliklarda yashovchi aholi salmog`i muntazam oshib bormoqda. XX asr oxiri XXI asr boshlarida dunyo qit‘alarining barchasida aholining 42-73 foizi dengiz sathidan 200 m baland bo`lgan pasttekisliklarda joylashgani aniqlandi.
Okean va dengiz sohillari, daryo vodiylaridagi pasttekisliklarda joylashgan aholisalmog`i dunyo aholisining tarkibida muntazam ortib bormoqda. Bu hol suv resurslarining inson xayoti uchun naqadar muhimligi bilan bog`liqdir. Shuni alohida qayd etish lozimki, jamiyat tarixida har bir davrda aholining ko`payishi va rivojlanishi, o`sha davrning ishlab chiqarish usuli va munosabatlariga, turmush darajasiga, yashash sharoitlariga bevosita bog`liq bo`lgan.
Jamiyat rivojlanishining birinchi bosqichida yer yuzi bo`yicha aholining ko`payishi juda sekin borgan. Aholi sonining ko`payib borishida va joylashuvida qabilalar joylashgan maskanlarning tabiiy sharoitlari, suv resurslari va iqlimi asosiy omil hisoblangan. Turli tabiiy ofatlardan ba‘zi qabilalar qirilib ketgan. Ayniqsa, sovuq iqlimli, qishi uzoq davom etuvchi hududlarda aholi sovuqdan, ocharchilikdan ko`plab halok bo`lgan. Ana shu bois Yevrosiyoning Shimoliy qismida aholi juda siyrak joylashgan. Amerika va Avstraliyada ham paleolit davrining oxirlarida juda kam aholi istiqomat etgan. Tabiiy sharoiti inson yashashi uchun qulay, suv resurslari mavjud hududlarda, ya‘ni, O`rta dengiz atroflarida Shimoliy Afrika, Yevrosiyo materigining janublarida esa aholi zichroq joylashgan.
Dunyo bo`ylab aholining joylashuvi haqidagi dastlabki ma‘lumotlar eramizdan 5 ming yil oldingi davrga taalluqli bo`lib, ushbu davrda dunyo aholisining 66 foizi (20 mln kishi) Osiyoda, 17 foizi (5 mln kishi) Afrikada, 10 foizi (3 mln kishi) Yevropada, 3 foizi (1 mln kishi) MDH davlatlarida, 3 foizi (1 mln kishi) Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasida hamda 1 foizi (0,5 mln kishi) Avstraliya va Okeaniyada joylashgan ekan. Eng qadimgi aholi maskanlari insonbyashashi uchun zarur biologik resurslar mavjud sharoitlarda, ya‘ni Osiyoning janubi va Shimoliy Afrikada, O`rta dengizdan to Tinch okeanigacha bo`lgan hududlarda joylashgan. Bu hududlarda aholi juda uzoq vaqt ovchilik bilan shug`ullangan va keyinchalik, cho`llashish jarayonlari kuchayib, aholining ovchilik bilan yashashi uchun imkoniyatlar qisqarib ketgan. Eramizning boshlarida aholi asta-sekin dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullana boshlaydi. Odamlar moddiy ne‘matlarni o`zlari mehnat qilib yaratishga o`tadilar va xo`jalik yuritishning ishlab chiqarish turi yetakchilik qila boshlaydi, ular ma‘lum joylarda o`troq bo`lib yashashga, o`tadilar maskanlar quradilar. Natijada, avval qishloq maskanlari, keyinchalik esa, shaharlar paydo bo`la boshlaydi. Aholining turmush tarzi, ovqatlanishi yaxshilana boradi. Inson hayotida ijtimoiy o`zgarishlar sodir bo`ladi, yozuv shakllanadi, fan va tibbiyot, madaniyat rivojlana boradi.
Aholining turmush tarsi yaxshilangach yuqorida qayd etilganidek o`lim hollari kamayadi, aholining o`rtacha umr ko`rish muddati ham uzayadi. Natijada, yer kurrasida aholi soni, aholi maskanlari ko`payib boradi. Aholi zichligi, ayniqsa, dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun tabiiy imkoniyatlari mavjud, sug`oriladigan yerlarda chorvachilik bilan shug‘ullanish imkoni bor hududlarga nisbatan yuqori bo`lgan. Masalan, Nil, Furot, Dajla, Gang, Xuanxe daryolari hamda O`rta dengiz sohillarida eramizning boshida aholi zichligi 1 km kv ga 10 kishini tashkil etgan. Ana shu davrda ko`chmanchi chorvachilik rivojlangan Osiyo hamda Afrikaning cho`l va chalacho`l zonalarida aholi zichligi 1 km kv ga 1 kishidan to`g`ri kelar edi.
Jamiyat taraqqiy etib borishi, ishlab chiqarish usullarining shakllanishi, jahon demografik vaziyatida qator o`zgarishlarga olib keldi. XIX-XX asrga kelib yer yuzi aholisi juda yuqori sur‘atlar bilan ko`paya borib, aholining yer yuzi bo`ylab joylashuvida ham o`zgarishlar sodir bo`ldi. Aholi zich hududlardan, ayniqsa, Yevropadan Amerika va Okeaniyaga ko`plab aholi ko`chib ketdi. Milodning dastlabki yillarida sayyoramiz aholisining 82,7 foizi Yevropa va Osiyo hududlarida joylashgan bo`lsa, 2000 yilga kelib esa bu ko`rsatkich 15 foizga kamaydi va 67,7 foizni tashkil etdi.
Amerika, Avstraliya va Okeaniyada istiqomat etuvchi aholi hissasi esa dunyo aholisi umumiy sonidan ortib bordi. Miloddan keyingi 1000 yilda dunyoda 305 million aholi istiqomat etgan bo`lsa, uning 63,9 foizi Xorijiy Osiyoda, 14,8 foizi Yevropada, 13,1 foizi Afrikada, 3,3 foizi MDH davlatlari hududida, 4,6 foizi Amerikada va 0,3 foizi Avstraliya va Okeaniyada yashagan. 2009 yilda esa dunyo aholisining 60,5 foizi Osiyo, 10,8 foizi Yevropa , 14,7 foizi Afrika, 13,5 foizi Amerika va 0,5 foizi Avstraliya va Okeaniyadagi davlatlarda istiqomat etadilar.
Aholi joylashuvining eng asosiy ko`rsatkichi aholi zichligidir. Aholi zichligi, 1 km kv ga to`g`ri keladigan doimiy aholi sonidir.
Aholi zichligi = P/Q:
P – hududning doimiy aholi soni;
Q – hududning maydoni (yirik suv havzalari maydoni hisobiga olinmaydi) [5].
Hozirgi davrda yer yuzi hududlari bo`ylab aholi juda notekis joylashgan. Sayyoramizda aholi juda zich (1 km kv ga 1000 kishi) yashaydigan hududlar bilan bir qatorda aholi yashamaydigan hududlar ham uchraydi. Bu yerlarda havo harorati juda past, suv yo`q va boshqa sabablar mavjud. Bunday hududlar yer sharidagi quruqlikning 10 foizini tashkil etadi. Ularga Shimoliy va Janubiy qutblar, balandligi 5000 metrdan ziyod tog`lar va sahrolar kiradi. Yer sharidagi quruqlikning 50 foizi esa aholi yashashi uchun tabiiy sharoit noqulay bo`lib, ularda aholi siyrak - 1 km kv ga 1 kishidan joylashgandir. Ushbu hududlarga tundra, o`rmon-tundra, shimoliy tayga, cho`l, chalacho`l va nam ekvotorial o`rmonlar kiradi. Quruqlikning 25 foizida aholi zichligi 1 km kv ga 1-10 kishini tashkil etib, bu yerlar aholi nisbatan siyrakroq joylashgan. Yer sharidagi quruqlikning qolgan 15 foizida esa aholi zichligi 1 km kv ga 10 kishidan oshadi [6].
Yer sharida aholi yashaydigan asosiy hududlar 78˚ shimoliy kenglik va 54˚ janubiy kenglik orasida joylashgandir. Yer yuzida aholi eng zich joylashgan hududlar juda qadimdan san‘at va madaniyat markazlari bo`lib kelgan Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Afrikadagi daryo vodiylari hamda Yevropadagi sanoat markazlari bo`lib, ular yer sharidagi quruqlikning bor-yo`g`i 7 foizini tashkil etadi. Bu hududda dunyo aholisining deyarli 70 foizi joylashgan. Yer shari aholisining 4/5 qismi tekisliklarda va 500 metrgacha bo`lgan balandliklarda joylashgan va bunday hududlar yer yuzidagi quruqlikning 28 foizini tashkil etadi [5].
Ma‘lumotlarga qaraganda, 2009 yil aholi zichligi 1 km kv ga Osiyoda 129, Afrikada 33, Amerikada 22, Yevropada 32, Avstraliya va Okeaniyada 4, dunyo bo`yicha esa 50 kishini tashkil etmoqda [6]. Agar aholi 1 km kv ga 50 kishiga to`g`ri kelsa, aholi zichligi yuqori hisoblanadi. XXI asr boshida sayyoramizda aholi zichligi yuqori ekan.
Dunyoda aholi zichligi bo`yicha birinchi o`rinda Yevropada joylashgan Monako davlati turadi. Bu davlatda 2009 yil 1 km kv ga 35382 kishi to`g`ri kelgan. Keyingi o`rinlarda Xitoy – Makaosi (21346 kishi), Singapur (7486 kishi), Xitoy –Gonkong (6403 kishi), Baxreyn (1754 kishi), Bangladesh (1127 kishi), Maldiv orollari (1057 kishi), Malta (1310 kishi) davlatlari turadi. Qayd etilgan davlatlarda aholi zichligi 1 km kv ga 1000 kishidan yuqoridir. Shuningdek, aholisi juda siyrak joylashgan davlatlar ham bo`lib, ularda aholi zichligi 1 km kv ga 2-3 kishini tashkil etadi. Bunday davlatlarga Afrikada joylashgan G`arbiy Saxara, Mavritaniya, Botsvana, Namibiya, Amerikada joylashgan Kanada, Gviana Fraki, Surinam, Osiyodagi Mongoliya, Yevropada joylashgan Islandiya, Avstraliya va Okeaniya hududidagi Avstraliya davlatlari kiradi.
Dunyoda aholi soni ko`payib borishi bilan mutanosib ravishda uning zichligi ham ortib boradi. Chunonchi, 1920 yilda dunyoning aholi yashaydigan quruqlik qismida 1 km kv ga 13 kishi to`g`ri kelgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1950 yili 18 kishini, 1999 yili 45 va 2017 yili 53 kishini tashkil etdi. Bunday jarayon dunyoning barcha hududlarida ham kuzatiladi.
Yevropa – dunyo qit‘alari tarkibida aholi zichligi bo`yicha birinchi o`rinda turadi. 2017 yilda Yevropa aholisining soni 745 million kishiga etdi. Aholi eng zich joylashgan hudud – Reyn daryosi vodiysidir. Bu yer juda hosildor lyossimon tuproqlardan tashkil topgan bo`lib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun qulaydir. Shuningdek, aholi zichligi Dunay daryosi vodiysida ham yuqoridir.
G`arbiy Earopa davlatlarida aholi zichlik ko`rsatkichi qit‘a bo`yicha yuqoridir. 2009 yili ushbu hududda aholi zichligi 1 km kv ga 170 kishini tashkil etgan. Shuningdek, Belgiya (354 kishi), Germaniya (230 kishi), Nidyerlandiya (398 kishi) davlatlari ham dunyodagi aholisi zich joylashgan davlatlar qatoridadir. Sharqiy vaJanubiy Yevropa davlatlarida ham aholi zichligi yuqoridir. 2009 yili ushbu hududbo`yicha aholi zichligi 1 km kv ga 116 va 118 kishini tashkil etgan. Shimoliy Yevropa qit‘asidagi aholi nisbatan siyrak joylashgan hududhisoblanadi. Hozirgi davrda 1 km kv ga 55 kishi to`g`ri kelmoqda. Islandiyada aholizichligi 1 km kv ga 3 kishini tashkil etadi. Estoniya (30 kishi), Finlyandiya (16 kishi), Latviya (35 kishi), Norvegiya (13 kishi) va Shvetsiya (21 kishi) davlatlarida hamaholi zichligi ko`rsatkichi dunyo aholi zichligi ko`rsatkichidan ancha pastdir, chunki, bu yerlar iqlimi sovuq bo`lib, qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun qulayemas.Yevropaning shahar va qishloq hudularida aholi zichligi keskin farqlanadi. Qit‘ada urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi aholi zichligi ortib borishidagiasosiy omillardandir.Yevropadagi aholi zichligi 1970 yili 1 km kv ga 94 kishini, 2005 yili – 123 kishini va 2009 yili – 132 kishini tashkil etgan.
Osiyo – aholi zichligi bo`yicha Yevropadan keyin ikkinchi o`rinda turadi. 2009 yili Osiyoda 1 km kv ga 129 kishi to`g`ri kelgan. Bu qit‘ada dunyo aholisining yarmidan ko`pi istiqomat etadi. Sharqiy Osiyoda Yaponiya, Xitoy, Koreya, Janubiy Osiyoda esa Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi davlatlar joylashgan bo`lib, ular dunyodagi aholi zichligi bo`yicha eng yuqori o`rinlarni egallaydi. Osiyo aholisining asosiy qismi Hindi Xitoy yarimorolida va Indoneziya orollarida joylashgan bo`lib, ularda aholi zichligi 1 km kv ga 400-500 kishiga teng. G`arbiy Osiyodagi Arabiston yarim orolida, Markaziy Osiyoda, ayniqsa, Mongoliyada aholi siyrak joylashgan bo`lib, 1 km kv ga 2-3 kishini tashkil etadi.
Osiyoda dunyo qishloq aholisining katta qismi istiqomat etib, ular qishloq xo`jaligi, ayniqsa, dehqonchilik uchun qulay yerlar - Xitoydagi yirik daryolar, Gang, Braxmaputra, Mekong vodiylarida, Koreyaning janubiy qismi, Yaponiya vaYava orollarida joylashgan. Bu hududlar maydoni 2,5 mln. km kv bo`lib, ularda taxminan 2 milliarddan ortiq aholi yashaydi. Aholi zichligi Hind va Ganga daryolari vodiylarida, Xuanxe va Yanszi daryolari deltalarida juda zich bo`lib, 1 km kv ga 1000-1500 kishini tashkil etadi.
Osiyo aholisining 2/3 qismi Xitoy va Hindiston davlatlarida joylashgan va ular aholi soni bo`yicha jahon davlatlari ichida birinchi va ikkinchi o`rinda turadi. 2005 yil ma‘lumotiga ko`ra Xitoyda 1 km kv ga o`rtacha 135 kishi to`g`ri kelgan; tog` va cho`l hududlarida aholining zichligi 1 km kv ga 1 kishi, dengiz sohillaridagi pasttekisliklarda – 1000 kishini tashkil etadi.
Hindiston hududi bo`ylab aholi nisbatan tekisroq joylashgan. 2005 yilda Hindiston aholisining zichligi 1 km kv ga 330 kishi 1975 yilda 182 kishini tashkil etgan. Hindistonning Himolay hududi va Tar cho`llarida aholi siyrak joylashgan.
Indoneziya hududida aholi bir xilda taqsimlanmagan. Yava orollarida aholi zichligi 1 km kv ga 1000 kishidan ortiq bo`lsa, Kalimantan va Yangi Gvineya orollarida bu ko`rsatkich 1 kishini tashkil etadi. Yaponiya davlati ham dunyodagi aholi zich joylashgan hududlarga kiradi. 1975–2005 yillarda Yaponiyada aholi zichligi 1 km kv ga 1000 kishini tashkil etgan; tog`li hududlarda va Xokkaydo orolida aholi siyrak joylashgan.
Osiyoda aholi doimiy yashamaydigan tog`li hududlar (Tibet, Hindikush, Himolay tog`lari), cho`llar va chalacho`llar (Rub-al-Xali, Takla-Makon, Gobi cho`llari, Devir dashti) ham mavjud. Afg`oniston, Suriya, Eron, Turkiya davlatlari hududlarida ham aholi juda siyrak joylashgan, chunki bu joylarning tabiiy sharoiti dehqonchilik uchun uncha qulay emas va aholi ko`proq ko`chmanchi chorvachilik bilan shug`ullanadi.
Afrika – sayyoramizdagi aholi nisbatan siyrak joylashgan hududdir. Qit‘a aholisining o`rtacha zichligi 1 km kv ga 1970 yili o`rtacha 12 kishini, 2005 yili – 29 kishini va 2009 yili o`rtacha 33 kishini tashkil etgan. 39 yil davomida aholi zichligi 2,7 marta oshgan. Afrikada aholining siyrak joylashuvi bir tomondan tabiiy sharoitning qishloq xo`jaligi uchun qulay emasligi, ichimlik va sug`orish uchun suv tanqisligi bo`lsa, ikkinchi tomondan Afrika davlatlarining juda uzoq davr Yevropa davlatlari mustamlakasi bo`lib kelganligidir, chunki, koloniya sharoitida aholining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sekin, o`ziga xos boradi. Ushbu jarayon esa aholining tabiiy o`sishiga, umr ko`rish muddatiga salbiy ta‘sir etadi. Natijada, aholi soni sekin ko ‘payadi va aholi zichligi ham shunga mos tarzda o`zgaradi. Juda ko`p Afrika davlatlarida aholi zichligi 1 km kv ga o`rtacha 10 kishi atrofida. Aholining eng yuqori zichligi Mavrikiy, Reyunon va Viktoriya ko`li atrofida joylashgan Ruanda va Burundi davlatlarida (1 km kv ga o`rtacha 400-450 kishi), aholi eng siyrak joylashgan yerlar esa Botsvana, Liviya va Namibiya davlatlarida (1 km kv ga 1 kishi) kuzatiladi.
Afrikada ham aholi joylashuvida suv resurslarining asosiy omil ekanligi yaqqol kuzatiladi. Nil daryosi vodiylarida, Gvineya qo`ltig`i, Tunis, Jazoir va Marokashning sohil bo`ylarida aholi zich va aksincha, Sahroi Kabir, Kalaxari va Liviya cho`llarida, shuningdek, tropic o`rmonlarda aholi juda siyrak, ba‘zi cho`llarda esa, umuman aholi yashamaydi.
Afrikaning ayrim hududlarida, ayniqsa, shimoliy qismida, aholi juda notekis joylashgan. Bu yerda aholi eng zich joylashgan - O`rta dengiz sohillari bilan aholisi juda siyrak Sahroi Kabir cho`li mavjud. Marokashning shimoli-g`arbida ushbu davlat aholisining 90 foizi istiqomat etadi va aholi zichligi 1 km kv ga o`rtacha 200 kishidan ortiq, janubi-sharqiy qismidagi tog` va cho`l hududlarida esa, aholi siyrak joylashgan va 1 km kv ga 1 kishini tashkil etadi.
Aholi joylashuvi bo`yicha Nigyeriya Afrikadagi o`ziga xos hudud sanaladi va bu yerda aholi nisbatan bir tekis joylashgan. 1962–2005 yillarda Nigyeriyada aholi zichligi 39 dan 148 ga etdi, yoki 3 barobarga oshdi. Aholi eng zich joylashgan hudud – Nigyeriyadagi Lagos aglomyeratsiyasidir. Misr davlatida esa aholi joylashuvi ancha notekis; aholining asosiy qismi Nil vodiysida yashab, zichlik 1 km kv ga 1000 kishidan ortiq. Qohira aglomyeratsiyasida ham aholi zich joylashgan. Misrning g`arbiy va sharqiy qismlarida aholi siyrak tarqalgan. Efiopiya, Kongo, Gambiya, Komor orollari, Ruanda, Uganda kabi davlatlarda ham aholi zichligi 1 km kv ga o`rtacha 60–350 kishini tashkil etadi.
Amerika – hamYer sharidagi aholi siyrak joylashgan hudud bo`lib, xozirgi davrda (2009 yil) 1 km kv ga o`rtacha 22 nafar aholi to`g`ri kelmoqda. Amerikada aholi joylashuvi uning aloxida hududlari bo`yicha farq qiladi. Shimoliy Amerikada esa AQSH va Kanada davlatlari joylashgan bo`lib, ularda aholi zichligi 1 km kv ga 2005 yilda 17 kishini tashkil etgan. Bu ko`rsatkich mos ravishda Kanadada – 3, AQSHda – 31 kishiga etgan. Amerikada aholi eng zich joylashgan davlatlar qatoriga Barbados, Puyerto-Riko, Salvador, Antil orollari kiradi.
Shimoliy Amerikada aholi Janubiy Amerikaga nisbatan siyrakroq joylashgan. AQSHning Atlantika okeani sohillaridagi Rod-Aylend, Nyu-Jyersi, Pensilvaniya shtatlarida aholi zich joylashgan va G`arbga borgan sari aholi zichligi kamaya boradi. Missisipi vodiysidan so`ng tog`li hududlar boshlanadi va bu yerlarda aholi juda siyrak bo`lib, 1 km kv ga 1 kishidan to`g`ri keladi. Tinch okeani sohillarida, ayniqsa, Kaliforniyada aholi zichligi yana ortib boradi. Kanadada ham aholi nisbatan siyrak joylashgan bo`lib, 1 km kv ga o`rtacha 3 kishidan to`g`ri keladi. O`ziga xos tomoni juda katta maydonni tayga va tundra zonalari egallagan. Kanadaning shimoliy qismi, arktik orollarda, AQSHga tegishli Alyaska yarim orolida ham aholi juda siyrak joylashgan.
Janubiy Amerikada ham aholi asosan suv resurslariga yaqin, okean sohillari bo`ylab joylashgan. Braziliyaning San-Paulo shtatida va sharqiy qismida, Parana pasttekisligida aholi nisbatan zichroq joylashgan bo`lib, 1 km kv ga o`rtacha 50-55 kishini tashkil etadi. Karib dengizi orolllari va Bermuda orollarida ham aholi zich 1 km kv ga o`rtacha 300-400 kishidan ortiq. Amazonka vodiysining tropik o`rmonlar va botqoqliklar bilan qoplangan qismi, baland And tog`lari va Atakama cho`lida esa aholi deyarli yashamaydi.
Aholi joylashuvi bo`yicha Lotin Amerikasi demografik vaziyatida XX–XXI asrlarda keskin o`zgarish bo`lgan. Ushbu davrda Lotin Amerikasi aholisi deyarli 8 barobarga ko`paygan. 1900 yilda mazkur hududda 65 mln. aholi yashagan bo`lsa, 2005 yilda aholi soni 530 mln.dan oshib ketgan va bu ko`rsatkich sayyoramiz aholisining 8,8 foizini tashkil etgan. Mazkur hududda aholi ko`payishi bilan uning zichligi ham ortib borgan; 2005 yilda Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlarida aholi zichligi 1 km kv ga o`rtacha 29 kishini tashkil etgan.
Avstraliya va Okeaniya – aholi zichlik ko`rsatkichi bo`yicha dunyoda eng oxirgi o`rinda turadi. XXI asr boshida (2009 yil) 1 km kv ga o`rtacha 4 kishi to`g`ri kelgan. Ammo qit‘aning ichida aholi zichligi keskin bir biridan farq qiladi. Avstraliyada qit‘a aholisining deyarli yarmi istiqomat etadi, ular juda siyrak joylashgandir. 2009 yilda bu davlatda aholi zichligi 1 km kv ga o`rtacha 3 kishini tashkil etgan. Avstraliya – dunyodagi aholi eng notekis joylashgan davlat bo`lib, unda butun hudud aholisining 2/3 qismi istiqomat qiladi va maydoni esa hudud maydonining 10 foizini tashkil etadi.
Aholi-jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va ayni paytda asosiy iste`molchisi hamdir.
Aholining tabiiy o`sishi: tug`ilish, o`lim va tabiiy ko`payish hodisalarining yig`indisidan kelib chiqadi. Bu hodisalar aholining to`xtovsiz tiklanib va avlodlarning yangilanib turishini ta`minlaydi.
Jahonda tug`ilish koeffisienti 21 ‰ bo`lgani holatda, bu ko`rsatkich – Gvineya Bisau, liberiya, KDR kabi davlatlarda 50 ‰.
Aksincha, GFRda, Xitoy Makaosida - 8‰, YAponiya, Tayvan, Litva, Avstriya, Belorussiyada - 9‰ (2007 y).
O`lim koeffisienti dunyo bo`yicha 9‰ bo`lgani holatida, bu ko`rsatkich Svazilendda 29‰, Botsvanada 27‰, angolada 22‰.
Aksincha, Katar, Quvayt, BAA kabi davlatlarda 2 ‰ ga teng (2007 y).
O`lim darajasi dastavval kishilar hayotining moddiy sharoitiga-ovqatlanishiga, mehnat va ro`zg`orning sanitariya-gigiena sharoitiga, sog`liqni saqlash ishlari taraqqiyotiga bog`liq.
Tug`ilish darajasi –jamiyatning sosial-iqtisodiy tuzilishiga (rivojlangan yoki qoloqligi), jamiyat va oilada kishilar o`rtasidagi o`zaro a`loqalarga bog`liq. Odatda kishilarning moddiy farovonligi va madaniyati o`sgan sari, ayollarning ishlab chiqarishga va ijtimoiy faoliyatga ko`proq jalb etilgan sari, bolalarning o`qish muddatlari uzaygan sari, nikoh yoshi kechikkan sari (ilgari 14 yoshda uylagan, 9 yoshdan kuyovga bergan) bo`lsa, hozirda ayrim mamlakatlarda 30 yoshdan o`tib oila qurmoqda. Masalan: Prosta Mariya filmida. G`arb mamlakatlaridagi korchalon xonimlar tug`ishni butunlay xohlashmayapti (implantasiya).
Dunyo aholisining jinsiy tarkibi:
YAngi dunyoda va Afrika, Avstraliyada erkaklar va ayollar soni deyarli teng. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Arabiston yarim oroli davlatlari va Liviyada erkaklar soni ko`p. Rossiya, SHarqiy va O`rta Yevropa davlatlarida aksincha, erkaklarga nisbatan ayollar soni ko`p. Masalan, BAA da 100 ayolga 147 ta, Quvaytda 152 ta erkak to`g`ri keladi. Butanda 100 erkakka 128 ta ayol, Ukrainada 116 ayol, Rossiyada 113 ayol to`g`ri keladi (2005 y).
Dunyo aholisining irqiy tarkibi % hisobida quyidagicha: jahon aholisining 42 % i yevropoid irqiga, 20 % i mongoloid irqiga, 7 % i negroid irqiga, 1 % i avstroloid irqiga, 30 % i aralash va o`tkinchi tiplarga mansub.
Aholining ko`payishiga urushlar, qahatchilik, kasalliklar ta`sir etadi. Hozirda dunyo aholisining tabiiy o`sishi yiliga 90 mln. kishi, ya`ni tabiiy ko`payish 2%ni tashkil etsa, O`zbekiston aholisi 2,9%ga o`smoqda.
Jahonda aholisining tabiiy o`sish koeffisienti eng past bo`lgan mamlakatlar: Estoniya (-0,2), Latviya (-0,5), Litva (-0,4), Belorussiya (-0,5), Ukraina (-0,6), Bolgariya (-0,5), Vengriya (-0,5) (2007 y.).
Dunyo bo`yicha aholining yillik tabiiy o`sishi 1,2 % ni tashkil etgani holda bu ko`rsatkich turlicha. Masalan: Nigerda 3,4 %, Moyottada 3,6% , YAmanda 3,2 % , SHarqiy Timorda 3,3 %, Marshal orollarida 3,3 % ni tashkil etadi (2007 y).
Hozirda dunyo aholisining tabiiy o`sishini 2 turga bo`lib o`rganiladi.
Aholi ko`payishining 1-tipi: “Demografik tanglik”. Bu tur uchun tug`ilish, o`lim va tabiiy ko`payish ko`rsatkichlarining nisbatan past ekanligi xosdir. Bunga Shimoliy Amerika va Evropa davlatlari misol bo`ladi. Masalan: GFR, Daniya, Italiya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya, Latviya. Bu mamlakatlarda tug`ilishning kamayishiga shahar aholisining tez ortishi (shaharlarda tug`ilish qishloqlardan kam bo`ladi), ayollarning ishlab chiqarishga ko`p jalb etilishi, erkaklar salmog`ining nisbatan kamligi (15 mln.kishiga Horijiy Yevropada), katta yoshdagilar salmog`ining ortib, kichik yoshdagilar salmog`ining kamayishi sabab bo`ladi. Aholining tabiiy ko`payishi har 1000 kishiga 4 ta va undan kam. Masalan: Germaniyada oilaning o`rtacha me`yori 2,7 kishi. Har 4 oilaning 1tasi farzandsiz. Rossiyada ham tabiiy ko`payish ancha past bo`lib, ko`p bolali oilalarning kamayishi kam bolali oilalarning ko`payishi kuzatilinmoqda. Oilaning o`rtacha me`yori 3,2 kishini tashkil etadi. Bu mamlakatlarda tug`ilishning va tabiiy ko`payishning o`sishiga qaratilgan demografik siyosat olib borilmoqda.
Aholi ko`payishining 2-tipi: “Demografik faollik yoki portlash. Bu turi uchun tug`ilish va tabiiy ko`payishning yuqori, juda yuqori va o`limning kamligi xosdir. Aholi ko`payishining bu turi rivojlanayotgan davlatlar uchun xos bo`lib, asosiy sabablari: mustaqillikdan keyingi hozirgi zamon tibbiyoti, sanitariya-gigiena yutuqlaridan keng foydalanish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, ekonomika taraqqiyot darajasining pastligi, qishloq xo`jaligining usturligi (bolalar ishi hisoblanadi), savodsizlik, sanitariya madaniyatining etarli emasligi, ayollarning oilada va jamiyatda erksizligi, nikohga erta kirishi, ko`p bolalikni rag`batlantiruvchi diniy, iqtisodiy (mat-geroy 10 ta bolali), milliy, mahalliy odatlar.
Tug`ilish va tabiiy ko`payish yuqori bo`lgan mamlakatlar asosan Osiyo, Afrika davlatlardir. Bularda oilaning o`rtacha miqdori 6 kishi. Aholining tabiiy ko`payishi 1000:30 kishi. 90 yillari tug`ilish (1000:54) va tabiiy ko`payish (1000:41) eng yuqori bo`lgan davlat Keniya bo`lgan. Aholi ko`payishining sur`ati shunday saqlansa 17 yilda mamlakat aholisi 2 barobar ko`payadi. Buyuk Britaniya aholisining 2 hissa ko`payishi uchun 630 yil kerak bo`ladi.
Demografik portlash XX asrning 60 yillari paydo bo`lgan. Demografik portlash asosan Horijiy Osiyo mamlakatlarida kuzatilinmoqda. Ma`lumki, aholisi soni 100 mln dan ortiq bo`lgan mamlakatlarning 7 tasi Osiyoda joylashgan. Bu mamlakatlarda demografik siyosat aholi tabiiy ko`payishini kamaytirishga qaratilgan (hatto konstitusiyaga kiritilgan).
Demografik siyosat – Ma`muriy (er bermaslik, ishga olmaslik, uy joy bilan yaxshi ta`minlamaslik yoki aksi), iqtisodiy (oylikni to`la bermaslik, sosial ta`minotni yaxshilamaslik, bezdetniy, geroy ona va h.k. yoki aksi) targ`ibot va boshqa tadbirlar aholining tabiiy ko`payishiga o`zi hohlagan yo`nalishda ta`sir ko`rsatishdir.

Dunyo aholisining tabiiy o`sishi regionlar bo`yicha:


Shimoliy Amerikada 1000/5 kishi.
Lotin Amerikasida 1000/ 19 kishi.
Horijiy Yevropada 1000/ 2 kishi.
Horijiy Osiyoda 1000/ 18 kishi.
MDH da 1000/7 kishi.
Afrikada 1000/ 30 kishi.
Avstraliya va Okeaniyada 1000/ 12 kishi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin