Avstraliya va Okeaniya. Avstraliya va Okeaniya – aholisi hozirgi kunda 43,7 millionga (2021 y.) yetdi. Bu ko`rsatkich dunyo aholisining 0,5 foiziga tengdemakdir. Mazkur hudud aholisi tabiiy o`sish hisobiga 1,1 %, migratsion o`sishhisobiga esa 7 foizdan ko`payib kelmoqda. Avstraliya va Okeaniya hozirgi kunda dunyo bo`yicha migratsion o`sish eng yuqori hudud hisoblanmoqda. Ushbujarayon ayniqsa, Avstraliya davlatining o`zida yuqori bo`lib, 12 %ni tashkiletmoqda. Qit‘a aholisining o`rtacha yillik o`sish sur‘ati 2000 – 2009 yillarda2,31% ga teng bo`lib asosiy qismi migrantlar hisobiga to`g`ri keladi.
Jahonda aholi zichligi eng yuqori va eng kam bo`lgan davlatlar
(foiz hisobida 2005-yil)
1. Singapur – 100% 1. Ruanda – 6%
2. Belgiya – 97 % 2. Butan – 7%
3. Quvayt – 96 % 3. Burundi – 9%
4. G`arbiy Sahroi Kabir – 96 % 4. Oman – 13%
5. Venesuela – 93 % 5. Uganda – 15%
Urbanizasiya darajasi 90 yillari rivojlangan davlatlarda 72 % ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 33 % ni tashkil etadi. Urbanizasiya darajasi avvalo mamlakatning taraqqiyot darajasiga bog`liq.Ayni paytda shaharlarda ekologik holatni yomonlashuvi suburbanizasiyaga sabab bo`lmoqda.
Urbanizasiya darajasiga qaramay dunyo aholisining yarmidan ortig`i qishloqlarda yashamoqda. Hozirda dunyoda qishloqlarning umumiy soni 20 mln.ga etdi.Qishloqlarda aholi g`uj va tarqoq joylashadi.Qishloqlarda aholining g`uj bo`lib yashashi Rossiya, Horijiy Evropa, Xitoy, Yaponiya uchun xos. Tarqoq joylashishi esa fermer xo`jaliklar rivojlangan mamlakatlarda AQSH, Kanada, Avstraliya uchun xos.
Dunyoda jami 4000 ga yaqin etnik birliklar mavjud bo`lib, ular soniga va tiliga ko`ra klassifikasiyalanadi. Eng katta xalq-xitoylar 1,1 mlrd. kishi bo`lsa, eng kichigi vedd yoki botoku qabilalari 1000 kishini tashkil etadi.
Etnik chegaralar bilan siyosiy chegaralar mos tushganda bir millatli davlatlar tashkil topadi. Masalan: Bolgariya, Vengriya, Polьsha, Yaponiya, orol davlatlar va h.k. Ikki millatli mamlakatlarga Kanada, Belgiya. Ko`p millatli davlatlarga federativ davlatlar kiradi. Bunday mamlakatlarda milliy nizo va munosabatlar murakkab bo`ladi. Masalan: Rossiya, sobiq YUFSR, JAR, Hindiston, Indoneziya va h.k.
Dunyo aholisi diniy tarkibiga ko`ra 3 ta jahon diniga va bir necha milliy dinlarga bo`linadi:
1. Xristian dini 3 mazhabga: katolik, protestant va pravoslavga bo`linadi. 1 mlrd. kishi e`tiqod qiladi. Markazi-Vatikan.
2. Islom dini. 1mlrd. ga yaqin kishi e`tiqod qiladi. Asosan Osiyo, SHimoliy va Sharqiy Afrika davlatlarida tarqalgan. Markazi-Makka.
3. Budda dini Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda. 250 mln kishi e`tiqod qiladi.
Milliy dinlarga: Hindistonda induizm, Xitoyda konfutsianlik va daosizm, Yaponiyada sintoizm, Mongoliyada lamachilik (shuning uchun aholi o`smayapti, har 2 bolaning biri monax, barcha erkak aholining 40% i monax). Agar lamachilik bo`lmaganda Mongoliya aholisi 10 mln kishiga etar edi.
Din aholini ko`payishiga ham ta`sir etadi. Masalan: Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida erkaklarga 14 yoshdan, ayollarga 12 yoshdan nikoh qurish diniy ruxsat etilgan. Ular katoliklar mazhabiga kiradi.
Jahon dinlarining muqaddas joylari:
Xristian dinining katolik mazxabi uchun – Vatikan, Xristian, musulmon va iudaistlarning muqaddas sajdagohi – Yerusalim, musulmonlarning muqaddas sajdagohi – makka va Madina, Buddistlarning muqaddas sajdagohi – Lumbin (Nepal), Induistlarning muqaddas markazi – Baranas (Varanasi) va Ganga, Daosistlarning muqaddas sajdagohi – Pekin kabi joylar hisoblanadi. Lamachilarning diniy markazi – Lxasa (Xitoy).