Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar


Madaniyatda milliylik va umuminsoniylik



Yüklə 498,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix27.07.2023
ölçüsü498,59 Kb.
#137714
1   2   3   4   5   6   7   8
Madaniyatda milliylik va umuminsoniylik.
Jahonda 1600 dan ortikrok millat yashaydi. Ular uchun bizning Ona sayyoramiz 
umumiy vatan bo`lib xisoblanadi. Ana shu umuminsoniyat jamoasining hamjixat yashashi, birgalikda va yonma-yon faoliyati natijasida 
butunjahon madaniyati va sivilizatsiyasi shakllangan. 
Shu bilan birga, muayyan xudud, davlat va mintakalarda ham bir kancha xalqlarning azal-azaldan yonma-yon yashab 
kelayotganligining guvohimiz. Albatta, ular orasida tabiiy ravishda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar jarayoni boradi. Bu 
jarayonlar, o`z navbatida, umuminsoniy va baynalmilal madaniy tamoyillar asosida amalga oshadi. Madaniyatlarni bir-biriga 
yaqinlashtiradi, ular o`rtasidagi umumiy jixatlarning kamol topishiga olib keladi. Ana shu umumiylik bilan aloxidalik, ya’ni 
butunjahon madaniyati va biror-bir xalqqa xos bo`lgan madaniyat o`rtasidagi muntazam aloqa ham insoniyat tarixi va taraqqiyoti 
uchun muxim xisoblanadi. 
Bu soxada umumbashariyatga xos bo`lgan jixatlarni biz madaniyatdagi umuminsoniylik, millatning o`zigagina xos bo`lgan 
xususiyatlarni esa madaniyatning milliyligi deb ataymiz. Aslida esa milliylik va umuminsoniylik bir butun madaniyatning ikki tomoni, 
bir-birini taqozo etuvchi jixatlardir. Madaniyat ana shu ikki jixatning uzviy aloqasi va bir butunligi orqali namoyon bo`ladi. Milliylik 
madaniyatning joni, uning millat bilan bog`liq yashash usuli, millatning unda namoyon bo`ladigan ruxidir. Umuminsoniylik esa 
madaniyatning butun jahonga xosligi, ana shundan kelib chiqadigan umumbashariy xususiyatlari, jamiyat rivojining barcha davr va 
xududlarga xos umumiy tamoyillaridir. 




Milliy madaniyatlar bir-birini boyitadi. Ular o`rtasidagi o`zaro ta’sir tabiiy ravishda xalqlar va millatlarning bir-biri bilan 
iqtisodiy, siyosiy, axloqiy soxalardagi hamkorligi uzviy bog`liqdir. Birok bir milliy madaniyatni boshqa xalqlarga zurlab targ`ib etish, 
joriy qilish ijobiy natijalarga olib kelmaydi. 
Milliy madaniyatning gullab-yashnashi xalqlarning sivilizatsiyalashgan taraqqiyot yo`lidan borishi va o`ziga xos sivilizatsiya 
yaratishida muxim ahamiyatga ega. 

Yüklə 498,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin