Respublikamizning jahon sivilizatsiyasiga xos yo`ldan borishi umuminsoniy
qadriyatlarning ustuvorligi, milliy qadriyatlarga
sodiklik, insonparvarlik va vatanparvarlikning uyg`unligi, xalqaro qonun-qoidalar va andozalarni hurmat qilish, ulardan hayotimizning
barcha soxalarida keng foydalanishni takazo etmokda. Mustaqillik yillarida mamlakatning sivilizatsiyali
taraqqiyot tamon borishi
I. Karimov tomonidan asoslab berilgan O`zbekistonning o`z istiqloli va taraqqiyot yo`lining butun jahonda e’tirof etilayotganligida
yaqqol ko`rinmokda. Bu ma’noda taraqqiyotning o`zbek modeli deb nom olgan rivojlanish tamoyili mamlakatimiz
sivilizatsiyali
taraqqiyotining asosiy jixatlarini o`zida ifodalaydi.
Milliy mustaqillik yillarida madaniyatimizning bundan keyingi rivojlanish istiqbollari uchun puxta zamin yaratildi. Bu, avvalo
kuydagilarda namoyon bo`ladi:
- boy madaniy merosimizni har tomonlama chuqur o`rganish imkoniyatlarining yaratilganligida;
- Qadrlar tayyorlash milliy dasto`rining ishlab chiqilganligi va sobitkadamlik bilan amalga oshirilayotganida;
- milliy madaniyatlarning ravnak topishi va bir-birini boyitishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganida;
- jahon madaniyati rivojiga o`lkan xissa qo`shgan ulug` ajdodlarimiz merosini keng targ`ib etishda;
- mamlakatimizda ilm-fan va texnika saloxiyatini rivojlantirishga aloxida e’tibor berilayotganida;
- inson intellektual saloxiyatining ortib borayotganida, yurtimiz obodonchiligi yo`lida ko`plab
tadbirlarning amalga
oshirilayotganida.
Dostları ilə paylaş: